Mavzu: biologik xilma-xillikni muhofaza qilish


O`zbekistonda biologik resurslarni va bioxilma-xillikni muhofaza qilish tadbirlari



Yüklə 125,69 Kb.
səhifə7/9
tarix22.03.2024
ölçüsü125,69 Kb.
#181600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI MUHOFAZA QILISH

2.2 O`zbekistonda biologik resurslarni va bioxilma-xillikni muhofaza qilish tadbirlari
O‘zbekiston Respublikasida bioxilma-xillikni muhofaza qilish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to‘laqonli amalga oshiriladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, muhofaza etish va qo‘llash sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, joylardagi davlat hukumati organlari, shuningdek, maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari – Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Xalqaro darajada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining taraqqiyoti Umumjahon tabiatni muhofaza etish uyushmasi, xususan, Umumjahon muhofaza etiladigan tabiiy hududlar komissiyasi (WCRA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Biroq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar butligi va samarali ekologik menejmentni davlat miqyosida ta’minlash hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi.
Muhofaza etiladigan hudud bu biologik xilma-xillikni qo‘llabquvvatlash hamda tabiiy resurslar va ular bilan bog‘liq madaniyat elementlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan, bunday maqsadga xos bo‘lgan qonuniy va ma’muriy boshqaruv tartibiga bo‘ysungan quruqlik yoki dengiz qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilindi, u muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi.
Ushbu qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ularning maqsad va tartiblaridan kelib chiqib, quyidagi toifalarga bo‘linadi:
1) davlat qo‘riqxonalari;
2) kompleks (landshaftli) buyurtmaxonalar;
3) tabiiy bog‘lar (milliy bog‘lar, mahalliy milliy bog‘lar);
4) davlat tabiat yodgorliklari;
5) alohida tabiat obyektlari va komplekslarini muhofaza qilish, qayta ishlab chiqarish va tiklash uchun hududlar (buyurtmaxonalar, tabiiy pitomniklar, baliq xo‘jaligi zonalari);
6) muhofaza etiladigan landshaftlar (kurort zonalari, rekreatsion zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo‘yi polosalari, suv obyektlarini sanitar muhofazalash zonalari, yerusti va yerosti suvlarining shakllanish zonalari);
7) alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar (o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari).
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) yangi klassifikatsiyasi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining tavsiyalarini hisobga oladi va iqtisodiy hamda ekologik manfaatlar birligini ta’minlovchi qo‘riqlanadigan hududlar turli rejimlari yagona ekologik tizimini yaratish imkonini beradi. “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunda “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi, “Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi, “Xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq yerlar to‘g‘risida”gi va yana bir qator konvensiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalish kuchaytirildi.
Yangi qonunning asosiy farq qilish belgilariga quyidagilar kiradi:
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xalqaro klassifikatsiyalanishi;
– muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga fuqarolarning kirishlari asosiy shartlari belgilangan;
– fuqarolar o‘z-o‘zini boshqarish organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlari va fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilishni va foydalanishni tashkil etishda ishtirok etishlarining qoidalari ko‘zda tutilgan;
– muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasporti va boshqarish rejasi to‘g‘risida talablar kiritish;
– kompleks landshaftli buyurtmaxonalar alohida IV kategoriyasiga kiritilgan, qonunchilikda bu avval bo‘lmagan;
– tabiiy bog‘lar ikki turini yaratish mumkinligi ko‘zda tutilgan, respublika ahamiyatidagi milliy tabiiy bog‘lar va mahalliy ahamiyatdagi tabiiy bog‘lar hamda xususiy buyrtmaxonalar va tabiat pitomniklari;
– tabiat davlat yodgorliklari klassifikatsiyasi kiritildi;
– tabiat pitomniklarini, o‘rmonlarni himoyalash ma’lum kategoriyalari bilan hududlarni va ovchilik xo‘jaliklarining tan olinishi;
– davlat biosfera rezervatlari tushunchasining kiritilishi;
– davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish mumkinligi ko‘zda tutilgan.
3-Jadval


Yüklə 125,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə