Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə6/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Монография-2 кисм lotin

O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar qandaydir vaqt oralig‘ida odam popul-yasiyasida kechadigan jarayon­larni tavsiflaydi. Tug‘ilish, o‘lish, ko‘pa-yish va kamayish tezligi odam populyasiyasining asosiy o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari hisoblanadi [147; 148; 202; 245]
Tug‘ilish yoki tug‘ilish tezligi – muayyan populyasiyada vaqt birligi ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (individlar) soni. Tug‘ilish (tug‘ish) miqdori – bir yilda 1000 nafar aholiga nisbatan tug‘ilgan chaqaloq-
lar soni (tug‘ilish koeffitsienti – promille) bilan o‘lchanadi.
O‘zgaruvchan ko‘rsatkichlar qandaydir vaqt oralig‘ida odam popul-yasiyasida kechadigan jarayon­larni tavsiflaydi. Tug‘ilish, o‘lish, ko‘pa-yish va kamayish tezligi odam populyasiyasining asosiy o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari hisoblanadi.


Tug‘ilish yoki tug‘ilish tezligi – muayyan populyasiyada vaqt birligi ichida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (individlar) soni. Tug‘ilish (tug‘ish) miqdori – bir yilda 1000 nafar aholiga nisbatan tug‘ilgan chaqaloq-lar soni (tug‘ilish koeffitsienti – promille) bilan o‘lchanadi.
O‘lish yoki o‘lim tezligi – muayyan populyasiyada vaqt birligi ichida o‘lgan (nobud bo‘lgan) individlar soni. O‘lim (o‘lish) miqdori (‰) – bir yilda 1000 nafar aholiga nisbatan o‘lgan (nobud bo‘lgan) individlar soni (o‘lim koeffitsienti – promille) bilan o‘lchanadi. Odam populya-siyalarida individlarning o‘lish jadalligi turlicha bo‘lib, u har xil tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tibbiy ekologik omillar ta’siriga bog‘liq holda kechadi. Masalan, O‘zbekistonda 2018 yilda 154,7 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 nafar kishiga nisbatan o‘lim koeffitsienti 4,7 promilleni tashkil etgan. Vafot etganlar-ning 60,3 foizi – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,7 foizi – o‘simtalardan, 6,5 foizi – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatla-nishlardan, 5,6 foizi – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 4,0 foizi – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 1,5 foizi – yuqum-li va parazitar kasalliklar hamda 12,4 foizi – boshqa kasalliklardan vafot etgan [279].
Odam populyasiyalarida individlarning ko‘payish yoki kamayish tezligi na­faqat tug‘ilish yoki o‘lish jadalligiga, balki ularning vaqt birligi ichida ko‘chib kelish va ko‘chib ketish tezligiga ham bog‘liq bo‘la-di. Masalan, O‘zbekistonda odam populyasiyasi soni aholining respub-likadagi boshqa hududlar va xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketish yoki ko‘chib kelish hisobiga doimo o‘zgarib turadi. Masalan, 2018 yilda respublika bo‘yicha ko‘chib kelganlar soni 160 ming nafar kishini (157,2 ming nafar kishi respublika hududlaridan, 2,8 ming nafar ki-shi xorijiy mamlakatlardan), ko‘chib ketganlar soni esa 176,2 ming na-far kishini (157,2 ming nafar kishi respublika hududlariga, 19 ming nafar kishi xorijiy mamlakatlarga) tashkil etgan. Migratsiya saldosi minus 16,2 ming nafar kishini tashkil qilgan. Demak, aholining ta-biiy o‘sishi muayyan vaqt davomida yangi tug‘ilgan va ko‘chib kelgan indi-vidlar yig‘indisi, aholining tabiiy kamayishi esa muayyan vaqt davo-mida o‘lgan va ko‘chib ketgan individlar yig‘indisi bilan tavsiflana-di. SHuningdek, odam populyasiyasining yashirin, ammo yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan o‘sishini o‘smirlar yoki qariyalar emas, balki 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan individlar (ayollar) soni ta’minlaydi. Masalan, O‘zbekistonda aholining o‘rtacha yosh ko‘rsatkichi past ekanligi hisob-ga olinsa, mamlakatda odam populyasiyasining o‘sish istiqbollari ju-da katta ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi [279].

Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə