Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə9/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Odam irqi – muayyan geografik hududda shakllangan va tashqi ko‘ri-nishni ifodalaydigan irsiy belgilar to‘plami o‘xshashligi bilan aj-ralib turuvchi odam populyasiyalari tizimi. Boshqacha aytganda, irq – kishilarning kelib chiqishi, morfologik belgilari hamda jismoniy xususiyatlari, masalan, yuzining tuzilishi, tanasining nisbati, teri-sining rangi, sochining shakli va rangi o‘xshash bo‘lgan guruhi yoki ta-rixan shakllangan hududiy birligi [18; 19; 101].
Mazkur belgilarga ko‘ra jahon aholisi, ya’ni insoniyat uchta asosiy irqqa bo‘linadi: evropeoid (oq tanli), mongoloid (sariq tanli) va neg-roid (qora tanli). Turli irq vakillarida tana va soch rangi har xil bo‘lishi organizmdagi melanin moddasi miqdori va ta’siriga bog‘liq.
Irqlarning har biri o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega, bi-roq ular tashqi, ya’ni ikkinchi darajali belgilardir. Odamning mo-hiyatini tashkil etuvchi boshqa xususiyatlar barcha irqlarda bir xil va shu sababli millatchi yoki irqchilarning «oliy millat» yoki «oliy irq» haqidagi g‘oyalari soxta ilmiy yoki asossizdir [18; 19; 258].
Evropeoid bola bilan birga tarbiyalangan negroid yoki mongoloid bola aqli va iqtidori bo‘yicha undan sira qolishmaydi. SHuningdek, sivilizatsiya markazlari mil. avv. III-II ming yillikda Osiyo va Afri-ka qit’asida gullab yashnagan, bu vaqtda Evropa varvarlik (yovvoyilik) davrini boshdan kechirgan. SHunday ekan, har bir xalqning madaniyat darajasi uning biologik xususiyatiga emas, balki xalq yashayotgan ij-timoiy-iqtisodiy va ekologik shart-sharoitlarga bog‘liqdir.
Ta’kidlash joizki, biologik evolyusiya tufayli qadimgi odamlar va hayvonlar o‘rtasida o‘ziga xos o‘xshashlik va farqlar vujudga kelgan. Odam tanasidagi aksariyat moddalar (oqsillar, nuklein kislotalar), hujayralar, anatomik-morfologik va fiziologik tuzilmalar, ular tomonidan bajariladigan funksiyalar va embrionning rivojlanishi hayvonlar organizmiga o‘xshashlikdan darak beradi. Qadimgi odamlar bilan hayvonlar xulq-atvorida ham o‘xshashliklar bo‘lgan, biroq odam-da ikkinchi signal tizimi – so‘z (nutq) yordamida o‘zaro muloqotga kiri-shish, mehnat qilish hamda tafakkur (bilish) qobiliyatlarining paydo bo‘lishi ularni hayvonlardan farqlaydigan eng muhim jihatga aylan-gan [148].
Odamda tafakkurning vujudga kelishi uni tabiatga yuksak daraja-da, mehnat esa amaliyot darajasida qarshi qo‘yadi, natijada odam bilan tabiat o‘rtasida doimiy ziddiyatlar yuzaga kelib turadi.
Demak, kishilik jamiyati taraqqiyotida biologik omillar, ya’ni yashash uchun kurash, irsiy o‘zgaruvchanlik va tabiiy tanlanish o‘ziga xos o‘rin tutgan, shu asosda irqlar va xalqlar shakllangan. Biroq hozirgi insoniyat tabiiy muhitdan borgan sari uzoqlashmoqda, undan ajralib qolmoqda (begonalashmoqda), natijada odamning biologik evolyusiya-si deyarli to‘xtab qolmoqda.
Odam tabiatning farzandi sifatida atrof-muhit bilan uzluksiz o‘zaro uyg‘un munosabatda bo‘lishi shart. Zamonaviy jamiyat sharoitida bu masala o‘ta nozik, jiddiy muammoga aylandiki, odam (jamiyat) va biosfera (tabiat) o‘rtasidagi munosabatlar evolyusiyasini bilish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish tabiat va jamiyat koevolyusiyasiga (birgalikda, o‘zaro bog‘liq holda mavjud bo‘lishi va rivojlanishiga), o‘zaro aloqadorlik (munosabatlar) qonuniyatlarini ochishga, kelgusi taraqqiyotini bashorat qilish hamda ekologik ong, tafakkur va mada-niyatni maqsadga muvofiq shakllantirishga imkon beradi.


Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə