Ii bo‘lim. Odam evolyusiyasi va ekologiyasi 4-bob. Odam evolyusiyasi va odam



Yüklə 9,36 Mb.
səhifə11/110
tarix11.12.2023
ölçüsü9,36 Mb.
#144765
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Монография-2 кисм lotin

Ikkinchi bosqich ovchilar va teruvchi-yig‘uvchilar jamiyati tosh davrida, ya’ni toshdan yasalgan turli asbob-uskunalardan foydalanish zamonida shakllangan. Bu bosqich shartli ravishda uch davrga bo‘linadi:
1. Paleolit yoki qadimgi tosh davri – tosh, yog‘och va suyaklardan tay-yorlangan qurollarni (asbob-yarog‘larni) ishlatgan qazilma odamlar mavjud bo‘lgan davr. Paleolit davri taxminan 1 mln yil oldin Homo habilis hamda Homo erectus arxantroplar yashagan davrdan gominidlar evolyusiyasi yakunlangan, ya’ni Homo sapiens to‘liq shakllangan davrga-cha – mil. avv. XII-X ming yillikka qadar davom qilgan. Bu davrda odam ishqalash orqali olovni kashf qilgan, oddiy toshdan pichoq, bolta, sanchqi, nayza, bigiz, kurakcha va qirg‘ichlar yasagan, urug‘ jamoasi, ilk diniy e’tiqod va san’at paydo bo‘lgan.
2. Mezolit yoki o‘rta tosh davri – taxminan mil. avv. XII-VII ming yilliklarni o‘z ichiga qamrab olgan. Bu davrda odam populyasiyasi soni 3-5 mln nafardan 26 mln nafar kishigacha ko‘paygan. Mezolit davrida odam silliqlash (pardozlash), arralash (kesish) va parmalash (teshish) kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan, kamon (o‘q-yoy), nishtar (o‘q-nayza), bu-merang (o‘roqsimon otish quroli), tuzoq-qopqon, suyakdan qarmoq va boshqa baliqchilik anjomlari, savat, sol va qayiq yasagan. Hayvonlar-ni qo‘lga o‘rgatish (it, echki va sh.k.) va o‘simliklarni madaniylashti-rish boshlangan.
3. Neolit yoki yangi tosh davri – mil. avv. VIII-III ming yillikni, ya’ni tirikchilik uchun egulik narsalar yig‘ib-terib yurish, ovchilik qilish davridan dehqonchilik va chorvachilik xo‘jaligini yuritishga o‘tish davrini o‘z ichiga oladi. Bu davrda odam populyasiyasi 26 mln na-
fardan 70-90 mln nafar kishigacha ko‘paygan [83; 187; 227].
Ilk paleolit davridagi Homo habilis arxantroplar faoliyatining izlari juda kam saqlanib qolgan. Qazish o‘tkazilgan joylarda ilk tosh qurollari ko‘plab topilgan. Arxantroplarning vaqtinchalik man-zilgohlarida mehnat qurollari bilan birgalikda ko‘p hayvonlar suyak-lari – ovchilik oqibatlari ham aniqlangan. Ular o‘zlarining istiqo-mat joylarida egulik narsalarni yig‘ish-terish va ovchilik qilish bi-lan oziq-ovqat mahsulotlarini izlab topgan (4.6-rasm), ob-havo, iq-limning noqulay ta’siridan asosan g‘orlarda saqlangan.
Olimlar arxantroplarning tinim bilmay oziq-ovqat mahsulotla-rini izlab topish jarayoni nihoyatda qiyin kechganligini aniqlagan. Arxeologik tadqiqotlar natijasidan ma’lumki, ovchilar va teruvchi-yig‘uvchilar o‘rtacha 50 nafar kishidan iborat bo‘lgan kichik guruhlarga bo‘linib yashagan. Bu ularga yig‘ish-terish ishlarida, mamont (qirilib ketgan sutemizuvchi), bizon (yovvoyi qoramol) va kiyiklarni ovlashda sa’y-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.



4.6-rasm. Ovchilar va teruvchi-yig‘uvchilar faoliyati


Arxantroplar, ya’ni zinjantrop, rudolf odami, fergantrop, pi-tekanprop, sinantrop hamda geydelberg odami jismoniy va aqliy jihatdan hozirgi odamlardan ancha farq qilgan. Ular tabiat qo‘ynida hayot kechirgan, tayyor tabiiy ne’matlarni o‘zlashtirgan, chorvachilik yoki dehqonchilikni bilishmagan, diniy tasavvurga ega bo‘lmagan.


O‘rta paleolit davrida iqlimning birdan sovishi, so‘ngra global isishi sodir bo‘ladi. Bu davrda Homo erectus va Homo neanderthalensis paleoantroplarning ov (mehnat) qurollari ancha takomillashadi, ular olovdan keng foydalana boshlaydi, o‘choqlar atrofida to‘planib, ilk turar-joyga asos solishadi: ibtidoiy podadan kishilik jamiyatiga o‘tish davri boshlanadi. Paleoantroplar har qanday o‘txo‘r yoki yirtqich hayvonni iste’mol qilib, ekologik tizimlarning bir necha trofik bosqichlariga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ekologik jihatdan «imtiyozli» turga aylanadi. Ularning atrof-muhitga ta’siri asosan mahalliy ko‘lamlarda, hozirgi aborigenlar [24] kabi sodir bo‘lgan.
Ekotizimlarda mohir ovchi-odamlarning paydo bo‘lishi bir qator yirik sut emizuvchilar soniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Odamlar eko-tizimdagi bir ozuqa qatlamini (guruhini) yo‘q qilib, boshqasiga o‘ti-shadi. Paleoantroplarning tirik tabiatga ta’siri, eng avvalo, ular o‘rnashgan qulay joylarda – daryolarning sohillari (vodiylari), den-giz va ko‘llarning qirg‘oqlarida ro‘y beradi: mahalliy o‘simliklar, ay-
niqsa hayvonot dunyosiga salbiy ta’sirlar kuchayadi (4.7-rasm).



4.7-rasm. YOvvoyi otlarni ovlash

Paleontologik tadqiqotlar natijasida Evropa, Osiyo va Amerika qit’alarida o‘nlab, ehtimol, yuzlab hayvonot turlarining butunlay qirilib ketishiga «ovchi odamlar» faoliyati asosiy sabab bo‘lganligi aniqlangan (4.8-rasm).



4.8-rasm. Mamont ovlash


Paleoantroplarning o‘simlik mahsulotlari bilan birga go‘shtli ovqatlarni ham tanovul qilishga odatlanishi ularning jismoniy ku-chi va miyasining rivojlanishiga, hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish hamda olovdan foydalanish ko‘nikmalarining shakllanishiga imkon beradi. Bunday sharoit paleoantroplarda sekin-asta zehn va farosat o‘sishini ta’minlaydi: ov va boshqa mehnat qurollari yanada takomillashadi, ulardan foydalanib, nafaqat oziq-ovqat, balki o‘simliklar tolasi va hayvonlar terisidan kiyim-kechaklar tayyorlash jarayoni boshlanadi.
Paleoantroplar uzoq davrlar mobaynida o‘zlarini tabiat bilan birgalikda his qilgan, uni ilohiy kuchga ega maskan, deb hisoblagan. Odamlarning tabiatga bunday munosabati, birinchidan, u yashash joyi, oziq-ovqat va kiyim-kechaklar manbai ekanligi, ikkinchidan, tabiiy hodisalarning sodir bo‘lish sababi anglashilmasligi, ya’ni ilohiy kuchlarga ishonish tufayli vujudga kelgan.
Paleoantroplarning atrof-muhitga qarashlari va munosabatlari ularning g‘ayri tabiiy kuchlarga sig‘inishida o‘z ifodasini topgan. Bunday sig‘inishlar animizm (har bir narsaning joni, ruhi bor, ularni ranjitmaslik, xafa qilmaslik kerak, degan e’tiqod tufayli atrof-muhitdagi mavjudotlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lingan, zarar etkazilmagan) va totemizm (urug‘-aymoq, qabila bilan muayyan hayvon yoki o‘simlik, ba’zan – tabiat hodisalari, jonsiz narsalar o‘rtasida o‘ziga xos ilohiy munosabat borligiga ishonish, ularning o‘zi, nomi yoki belgisi, ya’ni totemga sig‘inish nasl-nasab birligini ifodalagan; odam o‘lganidan keyin ruhi ilohiy qarindoshi bo‘lgan boshqa mavjudotga o‘tadi, totem esa o‘z urug‘-aymog‘iga yordam beradi, degan e’tiqod tufayli tirik mavjudotlarga nisbatan nojo‘ya hatti-harakat e’tirozsiz ta’qiq etilgan – tabu qo‘yilgan) kabi tasavvur yoki dunyoqarashlar orqali namoyon bo‘lgan.
So‘nggi paleolit davrida odamzodning ibtidoiy podadan kishilik jamiyatiga o‘tishi yakunlanib, Homo sapiens (kromanon) neoantroplar shakllanadi, ularning nafaqat tog‘li, balki keng ko‘lamli tekislik hu-dudlariga ko‘chib o‘tishiga imkon beruvchi yumshoq iqlim sharoiti yuza-ga keladi. Bu davrda ibtidoiy odamlarning tirik tabiatga ta’siri yanada kuchayadi: yirik hayvonlarning ko‘p turlari qirilib ketadi; mavjud turlarning yalpi soni kamayadi; kichik hayvonlarni yakka tar-tibda ovlash boshlanadi; baliqchilik keng tarqaladi, itni xonakilash-tirish boshlanadi va sh.k.
Olimlar SHimolda tundra va tundra o‘rmonlarining kengayishini ibtidoiy odamlar ta’siri, ya’ni ularning olovdan keng foydalanishi va mamontlarni ko‘p ovlashi bilan bog‘liq bo‘lgan, deb hisoblashadi. SHuningdek, Afrikada Sahroi Kabir va Kalaxari cho‘llarining paydo bo‘lishi ibtidoiy odamlarning bu joylarga kelib o‘rnashish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrda Afrikadagi yirik sut emizuvchi hayvonlar-ning 30 foizi, SHimoliy Amerikadagi 100-300 mln bosh yirik hay-vonlarning 2/3 qismi «ovchi odamlar» ta’sirida yo‘q bo‘lib ketgan.
O‘rta Osiyodagi yirik Qizilqum va Qoraqum cho‘llarining paydo bo‘lishi Tibet, Oltoy va Tyan-SHan tog‘lari ko‘tarilganidan keyin vu-judga kelgan geomorfologik hosila (qadimgi Orol-Kaspiy dengizi-ning tagi), daryolarning geologik ishi (qadimgi daryolar vodiylarida doimiy oqim bilan kelib yig‘ilib to‘plangan tog‘ jinslari) va iqlim (aridizatsiya – hududning namlanish darajasi pasayishi) kabi omil-lar bilan izohlanadi. Ehtimol, bu cho‘llarning kengayishi ham ibti-doiy odamlar faoliyati, ya’ni antropogen omil bilan qandaydir dara-jada bog‘liqdir? CHunki bu davrda O‘rta Osiyo hududi asosan quruqlik, qisman suvlik va muzliklardan iborat bo‘lgan [105]. Hozirgi Qi-zilqum va Qoraqum cho‘llaridan bir paytlar ko‘plab daryolar, ularning irmoqlari oqib o‘tgan, xilma-xil biologik turlarga boy ekotizimlar, qisqasi, ibtidoiy odamlar yashashi uchun qulay tabiiy sharoitlar mav-jud bo‘lganki (4.9-rasm), bu haqda paleogeografik dalillar mavjud.





Yüklə 9,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə