O'zbekiston qo'riqxonalari aloxida muhofaza qilinadigon xududlar reja



Yüklə 18,31 Kb.
tarix31.05.2023
ölçüsü18,31 Kb.
#114598
Reja O\'zbekistonda muhofaza qilinadigan hududlar


O'ZBEKISTON QO'RIQXONALARI ALOXIDA MUHOFAZA QILINADIGON XUDUDLAR


Reja:

1. O'zbekistonda muhofaza qilinadigan hududlar.


2. O'zbekiston qo'riqxonalari.
3. Muhofaza qilinadigan hududlar bioxilma-xilligi.

Insoniyat rivojlanishi bilan uning tabiatga bo`lgan munosabati ham o`zgarib bormoqda. Shuning uchun ham har bir davlat o`z mamlakatining tabiiy boyliklarini asrash maqsadida muhofaza qilinadigan hududlarini tashkil qilgan. Bu hududlarni esa Davlat qo`mitasining boshqarmalari boshqaradi.


Bugungi kungacha yer yuzida turli noyob hayvonlar insonning noto`g`ri munosabati va tazyiqi oqibatida butunlay yo`qolib ketgan va yo`qolish havfi ostida turibdi. Buning misoli sifatida XX asrgacha yo`q bo`lib ketgan tur, stellerov sigiri, qalin junli karkidon, xaltali bo`ri, sayyor kaptar, dronit, gigant dinoris kabi hayvonlarini misol qilib keltirish mumkin. [1,177b] Bu ko`rsatkich faqat yer yuzida emas, balki mamlakatimizda ham mavjud. Jumladan: turon yo`lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig`i kabi hayvonlar umuman yo`q bo`lib ketdi, qoplon, sirtlon, to`xta tuvaloqlar esa yo`q bo`lib ketish havfi ostidagi hayvonlardir. [2,8b] Ana shunday ayanchli oqibatlarning oldini olish va bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun alohida muhofaza qilinadigan hududlar tashkil etilgan. Xususan, respublikamizda alohida muhofaza qilinadigan hududlarning quydagi asosiy guruhlari mavjud.
Bular quydagilar:
– Davlat qo`riqxonalari. Bugungi kunda «Alohida muhofaza qilinadigan hududlar» tizmida qo`riqxonalar markaziy o`rinni egallab, ularning umumiy maydoni 2164 kv.km.ni tashkil etadi. Davlat qo`riqxonalari qadimiy va eng kuchli tartibda muhofaza qilinadigan hududlardan bo`lib, doimiy harakatda bo`lgan muhofaza qilinadigan mintaqalarni nomoyon etadi. Bu hudud ayrim o`simlik va hayvon turlarini yoki ekotizmlarni himoya qilishga qaratigan. Ularda har qanday xo`jalik faoliyati man qilinadi (nazorat qilinadigan ilmiy tadqiqot ishlaridan tashqari). Respublikamizda qo`riqxonalar soni 9 ta bo`lib ular Zomin, Chotqol Surxon, Qizil-Qum, Baday-To`qay, Zarafshon, Nurota, Kitob, Hisor kabi davlat qo`riqxonalardir.
-Milliy bog`lar. Hududlarni muhofaza qilishning bu turi 1976-yilda Zomin va 1990-yilda Ugam-Chotqol milliy bog`larining tuzilishi tufayli joriy etilgan. Milliy bog`lar muhofaza qilinadigan hududning 30% ni tashkil etib, 6061 kv.km. maydonni egallaydi. Milliy bog`larning asosiy maqsadi bioxilma-xillikni saqlash, tabiatdan oqilona foydalanish (turizm, aholi dam olishi, qishloq xo`jaligi, o`rmon mahsulotlarini tayyorlash) hududni kuchli himoya qilishdir. Respublikamizda milliy bog`lar soni 2 ta ular yuqoridagilardir.
-Davlat buyurtmaxonalari. Doimiy bo`lmasdan, ayrim paytlarda mavsumli qo`riqlash tartibiga ega bo`lgan mintaqalarni o`z ichiga oladi. Davlat buyurtmaxonalari qisqa vaqt (5-10 yilga) tashkil qilinadi. Maydoni 12186,5 kv.km. bo`lib, bugungi kunda o`ndan ortiq davlat buyrtmaxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularning vazifasi turli hayvonlarni yetkazib berish, ko`paytirish va himoya qilishdan iborat. Mamlakatimizda Qorako`l, Qamabcho`l, Sayg`oq, Sudoche, Qo`shrabod, Qoraqir, Sarmishsoy, Arnasoy, Dengizko`l, Muborak, Oqtov, Nurobodlardan darak berib, ularni muhofaza qilish, zararlanishdan saqlash, ichki va tashqi turizmni rivojlanishi uchun xizmat qilishdan iborat. Bugungi kunda yurtimizda ko`plab tabiat yodgorliklari mavjud bo`lib Vardanzi, Yozyovon, Qirqqiz, Parpi ota, Peshag`orlar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, Jayron ekomarkazi va Chotqol biosfera rezervati tashkil etilgan.

a) muhofaza qilinadigan hududlar:


Qo`riqxonalar (TMQXI bo`yicha I daraja): 1. Zomin; 2. Chotqol; 3. Surxon; 4. Qizil-Qum; 5. Boday-To`qay; 6. Nurota; 8. Kitob; 9. Hisor.
Milliy bog`lar (TMQXI bo`yicha II/IV daraja): 10. Zomin; 11. Ugam-Chotqol.
Buyurtmaxonalar (TMQXI bo`yicha IV daraja): 12. Qorako`l; 13. Qarnabcho`l; 14. Sayg`oq; 15. Sudochi; 16. Qo`shrabod; 17. Qoraqir; 18. Arnasoy; 20. Dengizko`l.
Tabiat obidalari (TMQXI bo`yicha IV daraja): 21. Vardanzi; 22. Yozyovon.
Noyob hayvonlarnin ko`paytirish: 23. Jayron ekomarkazi; 24. qorako`l.

b) Muhofaza qilinadigan turlar:


Tuyoqli hayvonlar: 1-qizilqum yovvoyi qo`yi; 2-xongul; 3-jayron; 4-to`ng`iz; 5-bug`u; 6-sibr echkisi; 7-morxo`r;
Yirtqich hayvonlar: 8-qashqir, chiyabo`ri; 9-silovsin; 10-bo`rsiq; 11-oq tirnoqli ayiq; 12-O`rta Osiyo qunduzi; 13-oq sichqon; 14-savsar; 15-to`qay mushugi; 16-tulki; 17-olaqo`zan; 18-ilvirs;
Kemiruvchilar: 19-tolay tovushqoni; 20- qizil sug`ur; 21-ondatra; 22-ko`k sug`ur; 23-nozik barmoqli yumronqoziq; 24-relekt yumronqoziq;
Qushlar: 25itolg`i; 26-oq qo`ton; 27-oq boshli qumoy; 28-burgut; 29-boltayutar; 30-qoravoy; 31-tuvaloq, dudak; 32-kaklik; 33-cho`l burguti; 34-xo`jasavdogar; 35-kaljo`rchi; 36-jingalakdor birqozon; 37-himolay ulari; 38-qirg`ovul; 39-tasqara; 40-qora laylak; 41-qor tasqarasi.
Biologik xilma – xillik atamasi nisbatan yangi hisoblanadi. Bioxilma – xillik deganda sayyoramizdagi barcha tiriklikning xilma – xilligi yoki hayvonlar o’simliklar mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekotizmlarning xilma-xilligi.
Bioxilma – xillik uchta darajada tahlil qilinadi.

Barcha turlarning xilma-xilligi-o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va shu jumladan zamburug’lar.


Genetik xilma-xillik tur ichida genetik materiallarning xilma-xilligi


Ekotizmlar xilma-xilligi barcha landshaftlarning xilma-xilligi


Yuqorida ko’rsatilgan darajalar bioxilma – xillik komponentlarini shakllantiradi.


Biologik xilma – xillik bu jamiyatning iqtisodiy, ekologik va madaniy-estetik talablarni qondiradi.
Hozirgi zamonda bioxilma – xillikga antropogen ta’siroti natijasida eksponensial kuchayib borayapti va bu jamiyatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «Biologik xilma-xillikni saqlash» Milliy strategiya va xarakat dasturi qabul qilib (1998), xalqaro hamjamiyat oldida o’zining milliy biologik resurslarini muhofaza qilish uchun javobgarligini e’lon kildi.
O’zbekistonda saqlab qolingan to’qayli maydonlarda barpo qilingan uchta qo’riqxonaning biri - Zarafshon qo’riqxonasidir. U 1975 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning maydoni Samarqand viloyatining Cho’pon-Ota tepaliklaridan boshlanib, Zarafshon daryosining o’ng qirg'ogi bo’ylab oqimga qarshi 47 kilometrga cho’zilgan. Eni esa 300-1500 metrlar oralig'ida. Qo’riqxonaning yer maydoni 2352 ga bo’lib, shundan 851 gektari o’rmon bilan qoplangan. Qo’riqxonaning tashkil etilishidan maqsad, yo’qolib borayotgan kenja tur - Zarafshon tillarang qirg'ovuli sonini ko’paytirish, qimmatbaho dorivor o’simlik hisoblangan chakandani hamda to’qay landshaftlarini himoyaga olishdan iborat.
Zarafshon qo`riqxona biologik xilma-xilligini zamburug`lar, lishayniklar, mikroorganizmlar, o`simliklar, hayvonlarni o`z ichiga oladi
Qo’riqxona hududida 300 ga yaqin o’simlik turlari mavjud bo’lib, shulardan 59 turi dorivor, 23 turi esa texnik o’simliklar hisoblanadi. Bular qirg'ajiyda, chakanda, echkitol, majnuntol, suvtol, yulg'un, qizil do’lana, jing'il va boshqalar. Nam yerlarda shirinmiya, qo'g'a, kendir qamishi va boshqalar uchraydi. Boychechak va sarvinjon o’simliklari o’zbekiston Respubiikasi "Qizil Kitob" iga kiritiigan.
Qo`riqxonaning hayvonot olami xilma-xildir. Qo`riqxonada 30 tur sutemizuvchilar, 190 tur va kenja tur qushlar yashaydi. Sudralib yuruvchil;ar tarkibi 8 turni, suvda va quruqlikda yashovchilar esa 2 turni tashkil qiladi. Qo`riqxona xududidan o`tuvchi ko`p sonli kanallar va irmoqlardagi baliqlar 8 turdan iborat. Qalin chakandazorlarda tulki, chiyabo`ri, sahro va qamish mushuklari, tolay quyoni, jayra, bo`rsiq, tipratikan, qum sichqon va boshqalar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suv iloni, guldor chipor ilon, o`q ilon, chol toshbaqasi, sariq ilon va ko`pgina kaltakesak turlari mavjud.
Zarafshon qo`riqxonasi ba`zida ornitologiya qo`riqxonasi deb ham atashadi, chunki uning asosiy faunasi qushlardan tashkil topgan. Qo`riqxonada uchraydigan 190 tur qushlardan 10 tasi doimiy yashaydi, 30 tur qushlar esa u yerda uya qurib yashaydi va ko`chadi, 36 tur qushlar u yerda qishlaydi, 108 turi uchib utish davrida doimiy ravishda qunim topadi va 6 turi esa ba`zida-ba`zida qunib o`tadi.
Hozirgi vaqtda qo’riqxonada qo’riqlash rejimi tashkil qilingan, biotexnik tadbirlar o’tkazilmoqda , ilgari insonlar xo’jalik faoliyati ta’sirida buzilgan o’rmonlarning aloxida qismlari qisman o’z holiga tiklanmoqda. Lekin bu tadbirlar o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlab qolish uchun yetarli bo’lmayyapti. Boshqa faqat qo’riqxonalari kabi Zarafshon qo’riqxonasida ham xududning qurishi sodir bo’lmoqda, bu esa daraxt va butalarning qurib qolishiga olib kelmoqda.
Qo’riqxona tashkil qilinishiga qaramasdan antropogen xususiyatga ega bo’lgan salbiy omillar qirg’ovullarga hamon ta’sir qilishda davom etib kelyapdi.
Jumladan, ular uya qo’rish va tuxum qo’yish davrida dalalarda mol boqishi, noqonuniy ovlash ayniqsa qo’riqlanadigan zonada va undan tashqarida ko’p ovlanadi, qirg’ovullar esa qo’riqxona xududidan tez-tez chiqib turadi. Kimyoviy preparatlarning jadal qo’llanilishi ayniqsa g’o’za deffolyatsiyasi davrida ko’plab qushlarning qirilib ketishiga olib keladi. Ba’zi yillarda xatto oziqa muhiti yetarli bo’lgan sharoitda ham chakanda va jiydalarning hosildorligi kam bo’lsa (qorli davrlarda uning asosiy qishki oziqasi) qirg’ovullarning noqulay qishlashiga olib keladi. Bu yillarda o’simlik zararkunandalarining ko’payishi natijasida bu o’simliklar hosildorligi kamaymoqda va bu oziqa muhitiga raqobat ko’chaymoqda.
Ushbu ekologik muammolarni echish yullaridan biri va eng muhimi bu–ekologik–oqartuv ishlarni yulga quyishidir. Bu yuo’nalishining mohiyati ekologik ta’lim va tarbiyani, madaniyat rivojlantirishga jamiyatning ekologik ongini qayta qurishdek asosiy vazifani bajarish bulib xisoblanadi.
Jamiyatning ekologik ongni har doim, insoniyat tarixiy rivojlanishining hamma bosqichlarida mavjud bo’lib, ma’lum vaqtda inson va tabiat urtasidagi o’zaro munosabatlar to’g’risidagi tushunchalarni ob’ektiv tarzda ifodalangan.
Ekologik ongning aynan shu turi olimlarning fikricha odamlarning tabiat olami bilan o’zaro ta’siri xususiyatlarni aniqlangan.
Yuqorida aytilganini inobatga olib xulosa qilish mumkin, Zarafshon qo’riqxonasi atrofidagi yashovchi aholining urtasida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ekologik ta’lim va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish kerak.
Xulosa o`rnida shuni aytish kerakki, mamlakatimizda olib borilayotgan bunday islohatlarga faqat mas`ul xodimlar emas, balki har bir fuqoro ham o`z hissasini qo`shishi shart. Jumladan, maktab o`quvchilari va o`qituvchilari tabiatni muhofaza qilish, shu bilan bir qatorda uning bir bo`lagi bo`lgan hayvonot olami borasidagi tadbir va ommaviy kechalarga befarq bo`lmasdan, ularda faol ishtirok etishi, turli ekoharakatlarda faol qatnashishlari lozim.
Yüklə 18,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə