Operatsion sistema



Yüklə 21,49 Kb.
səhifə1/3
tarix01.04.2023
ölçüsü21,49 Kb.
#103958
  1   2   3
Operatsion sistema tushunchasi


Operatsion sistema tushunchasi
Aksariyat hollarda operatsion sistemaga ikki xil ta'rif berishadi: "Kompyuter qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar majmui" va "Kompyuterdagi boshqa dasturlarni boshqaruvchi dasturlar majmui". Dasturiy ta'minotni asosiy tashkil etuvchisi hisob-lanadigan, operatsion sistema tushunchasiga to'liq ta'rif berish qiyin. Chunki, bir tomondan, sistema so'zi turli soha mutaxassislari tomonidan keng qo'llaniladi va turlicha talqin qilinadi;%operatsiya so'zi esa to'g'ridan-to'g'ri tarjimada "amal" degan ma'noni anglatsa-da, uning tub mohiyatini bu birgina so'z bilan aniq tavsiflab bo'lmaydi. Ikkinchi tomondan, operatsion sistema faqatgina kompyuter qurilmalari va dasturlarini boshqaruvchi dasturlar majmui emas, balki unga boshqa talablar ham qo'yilishi mumkin.
U holda foydalanuvchi operatsion sistemani qanday tushunishi kerak?
Kompyuter ishga tushirilganda, odatda, uning qurilmalari bilan bir qatorda maxsus dastur ishga tushadi.
Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi qulay interfeysli muloqotni ta'minlaydi va u operatsion sistema (qisqacha OS) deb yuritiladi.
Odatda, operatsion sistema tashqi xotira — diskda joylashadi va shuning uchun disk operatsion sistemasi (qisqacha DOS) deb yuritiladi.
Operatsion sistemani qiyosiy misol yordamida tushuntirishga harakat qilamiz. Kompyuter operatsion sistemasi ishini zamonaviy uyda istiqomat qiluvchining ayrim imtiyozlari bilan qiyoslash mumkin. Masalan, televizor ko'rmoqchi bo'lsangiz, quvvat tugmasini bosishingiz, suv tarmog'idan suv olmoqchi bo'lsangiz esa jo'mrakni burashingiz yetarli. Odatda, elektr qanday hosil qilindi yoki nima uchun televizordan qo'shiq taralmoqda, toza suv qayerdan va qanday oqib kelmoqda kabi savollar bilan boshingizni qotirib o'tirmaysiz. Agar keng ko'lamdagi xizmat ko'rsatish tarmoqlari majmui, qurilmalari va xizmatchilari bo'lmaganda edi, sizga bu resurslarni (misolimizda suv, elektr toki va televizion texnologiya) olish uchun ko'pdan ko'p ishlarni bajarish lozim bo'lar edi. Masalan, katta orolda yolg'iz qolgan kishi suv olishi uchun o'zi quduq qazishi; o'tin sifatida yoki qurilishga yog'och olish uchun daraxtlarni kesishi, yo'nishi; oziq-ovqat uchun o'zi bug'doy ekishi va shu kabi ishlarni bajarishi kerak boiadi.
Dastlabki EHM ishlab chiqarilgan davrda oddiy arifmetik amalni bajarish uchun ham katta hajmdagi ishlar bajarilar edi (ifodada ishtirok etgan har bir ma'lumotni aniq bir adresda joylash; amal bajariladigan hamda natija yoziladigan barcha adreslarni ko'rsatish, javobni qanday olishni aniqlashtirish va boshqalar talab etilar edi, chunki ular dasturda ko'rsatilishi zarur edi-da). Bu kabi ishlarni osonroq hal etish uchun turli xil yordamchi dasturlar ishlab chiqildi, ishlab chiqilgan dasturlarni tartib bilan bajarishni ko'rsatish uchun yana qo'shimcha dasturlar ishlab chiqildi. Keyinchalik turli foydalanuvchiga kerak bo'lgan turli dasturlarni tanlash va boshqarish uchun yana yordamchi dasturlar ishlab chiqildi. Shu tariqa yillar davomida dasturchilar yagona nom bilan birlashtirilgan, ya'ni operatsion sistema deb atalgan dasturlar majmuini ishlab chiqishdi.
Shunday savolga javob beraylik: mazkur yordamchi dasturlar majmui bo'lmasa, amallar EHM da qanday bajarilgan bo'lar edi?
Bunday holda foydalanuvchidan katta hajmdagi ish daftari tutib, unda tanlangan axborot EHM xotirasining qaysi joyiga kiritilishi, dastur, boshlang'ich ma'lumotlar va natijaviy axborotlar qayerda joylashishini ko'rsatish kabi ma'lumotlarni yozib yurishi talab qilinadi. Agar siz EHM ning tashqi qurilmalari (klaviatura, printer, disk yurituvchi va boshqalar)ni ishlatmoqchi bo'lsangiz, har safar ana shu qurilmalar bilan aloqani tiklovchi, ularni boshqaruvchi maxsus dastur tayyorlashingiz kerak bo'ladi. Shuningdek, qurilmalar ishlashi bilan bog'liq turli ishlarni nazorat qilishingiz lozim bo'lar edi. Demak, yordamchi dastur-larning xizmati beqiyos ekan.
Ta'kidlash lozimki, kompyuterlarning texnikaviy holatiga ko'ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo'ladi, shunday bo'lsa-da, ularning vazifasi bir: foydalanuvchi qulay interfeysga ega bo'lishi uchun ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda ishlashini ta'minlashdan iborat.
Operatsion sistema foydalanuvchi bilan muloqot o'rnatadi, boshqa dasturlarni bajarishga yo'llaydi, kompyuterning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi joylar va hokazo) taqsimlaydi. U foyda­lanuvchiga dasturlarni ishga tushirish, turli ma'lumotlarni ularga yo'llash va olish, dastur ishini boshqarish, kompyuter va ularga birlashtirilgan qurilma parametrlarini o'zgartirish, resurslarni qayta taqsimlash imkoniyatini beradi. Sodda qilib aytganda, shaxsiy kompyuterda ishlash — operatsion sistema bilan muloqot demakdir.
Shaxsiy kompyuter operatsion sistemalaridan butun dunyoda millionlab kishilar foydalanadilar. Hozirgi axborot texnologiyalari davrida kompyuterning operatsion sistemasi bilan tanishish telefonda qo'ng'iroq qilish va televizorni elektr manbayiga ulash ko'nikmasi, ma'lumotnoma va lug'atlardan, pochtadan va bankdan foydalanish ko'nikmalari kabi zarur bo'lmoqda.
Biror bir operatsion sistemaning tavsifi bir nechta kitoblarni to'ldiradi, uni toiiq o'rganish uchun esa yillar zarur bo'ladi. Baxtimizga, operatsion sistemalardan unumli foydalanish uchun juda ham kam narsani, ya'ni uning umumiy ishlash tamoyillari va asosiy amallarni bajarishni bilish kifoya. Chunki, hozirgi operatsion sistemalar juda ko'p amallarning bajarilishida biz bilishimiz shart bo'lmagan vazifalarni, masalan, o'qiydigan kallaklarni aniq bir sektorga qanday o'matishni, aniq bir yo'ldan axborotni o'qishni, diskdagi bo'sh joyni topishni va unga fayl yozishni qanday amalga oshirilishini bizdan berkitadi.
Shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi operatsion sistema CP/M (Control Programm for Microcompyuters) deb nomlanib, u 1973-yilda Digital Research kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Operatsion sistemalar juda ko'p bo'lib, ularga quyidagilarni misol qilish mumkin: MS DOS, PRO DOS, OS/2, FreeBSD, MICROSOFT WINDOWS, UNIX, LINUX, MAC OS.
Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari bir necha parametrlar bilan farq qiladi. Xususan, operatsion sistemani quyidagi sinflarga boiish mumkin:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə