Operatsion sistema


bir masalali va ko'p masalali



Yüklə 21,49 Kb.
səhifə2/3
tarix01.04.2023
ölçüsü21,49 Kb.
#103958
1   2   3
Operatsion sistema tushunchasi

bir masalali va ko'p masalali;

  • bir foydalanuvchili va ko'p foydalanuvchili.

    Bir masalali operatsion sistemalar foydalanuvchiga bir vaqtning o'zida kompyuterda faqat bitta amaliy vazifani hal etishga imkon beradi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, bunday sistemalar, odatda, bitta dasturni asosiy tartibda va yana bitta qo'shimcha dasturni asosiy dastur tarkibida ishga tushirish imkoniyatini beradi. Masalan, asosiy tartibda matn protsessorini, qo'shimcha sifatida chop etish dasturini ishga tushirish mumkin.
    Ko'p masalali operatsion sistemalar bir vaqtning o'zida bir necha dasturni ishga tushirish imkoniyatini beradi. Bu dasturlar bir-birlariga monelik qilmagan holda parallel ishlaydilar. Masalan, bir dastur odam bilan shaxmat o'ynashi, ikkinchisi modem orqali boshqa kompyuterlardagi axborotlarni tekshirishi, uchinchisi musiqa eshittirishi mumkin.
    Bir masalalik operatsion sistemalar sodda, ixcham va kichik resursli kompyuterlarda ishlatilgan, lekin ular ko'p masalalik operatsion sistemalarga ishlash qulayligi nuqtayi nazaridan yut-qazdilar va shuning uchun ham, ular tez amaliyotdan olib tash-landi.
    Bir foydalanuvchili operatsion sistemalar kompyuterda faqat bir kishining ishlashiga imkon beradi. Bu holda, albatta, bir necha foydalanuvchi kompyuterdagi axborotlardan foydalanish uchun navbat bilan ishlashi mumkin va barcha axborot hamma foydalanuvchi uchun ochiq bo'ladi.
    Ko'p foydalanuvchili operatsion sistemalarda har bir foy­dalanuvchi umumiy axborotlardan va parolini kiritib faqat o'ziga tegishli bo'lgan shaxsiy axborotlardan foydalanishi mumkin. Ba'zi ko'p foydalanuvchilik operatsion sistemalar (masalan, UNIX) bir vaqtning o'zida bir kompyuterda bir necha foydalanuvchi ishlashiga imkoniyat beradi.
    Har qanday operatsion sistemadan quyidagi sifatlarning bo'lishi talab etiladi:

    1. Ishonchlilik. Sistema o'zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo'lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu xatoni tuzatishga harakat qilishi, hech bo'lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.

    2. Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o'z ishiga boshqa foydalanuvchilarning monelik qilishini xohlamaydi.,Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma'lumotlarini o'zgalar xatolari ta'siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.

    3. Samaradorlik. Odatda, operatsion sistemaning o'zi EHM ning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixti-yoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o'zi ancha ixcham bo'lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali bosh-qarishi lozim.

    4. Qulaylik. Operatsion sistemada ko'p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladi. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim jihati hisoblanadi.

    Hozirgi kundagi operatsion sistemalarning quyidagi xarakterli tomonlarini ajratish mumkin:

    • ma'lumotlarni xotirada saqlashni tashkil etish vositasi — fayl sistemasidan foydalanish;

    • imkoniyatlari turlicha chegaralangan ko'p foydalanuvchilik jihatining mavjudligi;

    • vaqtni taqsimlash asosidagi ko'pmasalalilik.

    Har qanday operatsion sistema, asosan, quyidagi 3 ta vazifani bajaradi:

    1. qurilmalarni (printer, klaviatura, disk yurituvchi va boshqalar) boshqarish;

    2. dasturlarni boshqarish (yuklash, bajarish va boshqalar);

    3. buyruqlar va ko'rsatmalarni bajarish.


    Yüklə 21,49 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə