Naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varag’I



Yüklə 18,98 Kb.
tarix07.04.2023
ölçüsü18,98 Kb.
#104510
3.4.3 akkreditivlar bilan hisob-kitoblar



3.4.3: Akkreditivlar bilan hisob-kitoblar
Akkreditiv to’lovlar naqd pulsiz hisob-kitoblar turiga mansub hisoblanadi. Akkreditiv so’zi lotinchada “accredo”-ishonaman degan ma’noni anglatadi. Akkreditivlarga quyidagicha ta’rif berish mumkin:

  • Naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varag’I;

  • Tomonlar o’rtasida tuzilgan shartnomaga ko’ra amalga oshiriladigan o’zaro hisob-kitob turi. Bunda qarz beruvchi o’ziga tegishli to’lovlarni akkreditiv topshirig’ida ko’zda tutilgan shartlar va muddatlarda tegishli bank orqali olib turadi;

  • nomiga yozib berilgan shaxsga kredit muassasasidan koʻrsatilgan summani olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qogʻoz. Bundan tashqari akkreditivlar turli shaharlarda joylashgan korxonalarning mulkiy munosabatlarida (joʻnatilgan mahsulotlar uchun tovar-transport hujjatlari asosida haq toʻlash), xalqaro hisob-kitoblarda (ayniqsa, mamlakatlararo eksport-import munosabatlarida) keng qoʻllaniladi.

Hisob kitobning akkreditiv shakli nisbatan murakkabroq, hamda qimmatroq bo’lib,banklar bunday operatsiyalarni amalga oshirsalar, boshqa to’lov shakllariga qaraganda ko’proq komissiya ushlab qoladilar. Shu va boshqa sabablarga ko’ra akkreditiv importerlar uchun manzur bo’lmagan to’lov shaklidir. Va aksincha, eksporterlar uchun bu avans shaklidan keyin turuvchi eng yaxshi hisob-kitob shakli hisoblanadi.
Akkreditiv shakldagi hisob-kitoblarda to’lovchining topshirig’iga ko’ra mablag’larni qabul qiluvchi foydasiga to’lovni amalga oshirish uchun mablag’ ma’lum muddatga deponentlanadi. Akkreditivlar qoplangan va qoplanmagan turlarga ajraladi. Qoplangan akkreditivda shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ sotib oluvchi tomonidan mijozning bankda ochilgan 22602 – “Mijozlarning akkreditivlar buyicha depozitlari” hisobvarag‘ida deponentlanadi. Qoplanmagan akkreditivda esa sotib oluvchi shartnomada ko‘rsatilgan summani o‘zining hisobvarag‘idan alohida hisobvaraqqa deponentlamaydi, balki mijozning banki uning hisobvarag‘ida mablag‘ bo‘lmagan taqdirda to‘lov kafolatini oladi.
Akkreditiv bilan hisob – kitoblarni amalga oshirishda qator ijobiy va salbiy jihatlar mavjud bo‘lib, uning salbiy jihatlari asosan mablag‘ to‘lovchining zimmasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu salbiy holatlar quyidagicha:
– pul to‘lovchining hisobvarag‘idan mablag‘ni akkreditiv hisobvarag‘iga deponent qilinishi natijasida ushbu mablag‘ning oborotdan vaqtinchalik chiqib ketishi (odatda akkreditiv summasi 20 – 30 kunga deponent qilinadi);
– to‘lovchi ta’minlanmagan akkreditivdan foydalangan holda ham olingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uning talabiga to‘liq mos kelmagan hollarda to‘lovni amalga oshirishga rad javobini berolmasligi yoki ushbu jarayonning vaqtni olishi hamda qo‘shimcha hujjatlarning talab etilishi ortiqcha ishlarni keltirib chiqaradi;
– yuqorida akkreditiv bo‘yicha hujjatlarning aylanishidan ham ko‘rinib turibdiki, ushbu jarayon bir muncha murakkabroq.
Akkreditivlar bilan hisob – kitoblarda mol jo‘natuvchiga qator qulaylik jihatlari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
– akkreditiv shartnomasi tuzilgandan keyin tovarlarni ishlab chiqarishga kirishishi mumkin. Chunki ushbu tovarlarni sotib oluvchi tayin va undan tegishli iqtisodiy foyda kelishi kafolatlanadi;
– jo‘natilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lov kafolatlangan. Chunki ta’minlangan akkreditivda pul to‘lovchi tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ni alohida hisobvarag‘iga deponentlab qo‘yadi. Ta’minlanmagan akkreditivda esa tovar va xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘ pul to‘lovchining banki tomonidan kafolatlanadi.
Yüklə 18,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə