Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHONLI TARIXIDA



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHONLI TARIXIDA 
MUHIM O‘RIN TUTUVCHI TARIXIY SANA VA 
BAYRAMLARGA OID TADBIRLAR SSENARIYLARI 
 
2-SENTABR – BILIMLAR KUNI 
 
“ASSALOM, MAKTAB”
 
Sahna O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami 
munosabati bilan BAYRAM shiori asosida bayramona bezatilgan. 
1-boshlovchi: 
Sening bilan shodman, goho gado men,
Sen yig‘lagan kuning bo‘lgum ado men. 
Jonajon tilim, o‘tli sado men,
Sen mening jonimsan, jonimsan, Vatan!
2-boshlovchi
: Sen bo‘stonsan, go‘zal bo‘ston cho‘lim ham,
Sensiz hayotim, sensiz yo‘lim ham 
Sensiz qurib qolar, hatto ko‘lim ham,
Sen mening jonimsan, jonimsan, Vatan!
Chashma bo‘yidagi Jambuling go‘zal,
Gulga oshiq bo‘lgan bulbuling go‘zal. 
Erka o‘g‘lonlaring – jon-diling go‘zal. 
O‘tmishing buyugim, buyuk Vatanim! 
 
1-boshlovchi
: – Assalomu-alaykum, mehri daryo, qalbi 
dunyo hurmatli ustozlar, qadrli mehmonlar, jondan aziz 
farzandlarini maktab quchog‘iga otlantirgan aziz ota-onalar va 
bilim sari intilayotgan o‘quvchilar! Kechamizga xush kelibsiz. 
2-boshlovchi
: – Assalomu-alaykum, mustaqil yurtimning 
baxtiyor yoshlari, erkatoylari, hur diyorda yashayotgan aziz 
yurtdoshlar, zamondoshlar, kechamizga xush kelibsiz! 
1-boshlovchi
: - Bugun biz bu yerga “Bilimlar kuni” 
munosabati bilan yig‘ilgan ekanmiz, ushbu tadbirni ochib berish 
uchun so‘zni maktabimiz direktori__ ga beramiz. 
(Tabrik so‘zlari) 
2-boshlovchi: - 
Hozirgi kunda ham mamlakatimizda 
bayram shukuhi davom etmoqda. Kuni kecha mustaqilligimizning 
25 yilligi keng nishonlandi. Har yili mustaqillik bayrami va 
“Bilimlar kuni” arafasida o‘nlab yangi qurilgan maktablar 



o‘quvchilar ixtiyoriga topshiriladi. Quvonchga to‘la jajji yuraklar 
yangi qurilgan maktablar haroratidan bahra oladilar. Shuningdek, 
har yili maktabga borgan 1-sinf o‘quvchilari muhtaram 
Prezidentimizning maxsus sovg‘asi bilan taqdirlanadi. Bu milllat 
bolalariga g‘amxo‘rlikning yorqin namunasidir.
Yurtboshimizning jajji farzandlarga ko‘rsatayotgan e’tibori, 
sizlarni hamisha “a’lo” baholarga o‘qishga, barkamol avlod bo‘lib 
yetishishga va kelajakda shu aziz Vatanning munosib farzandlari 
qatorida o‘rin olishga da’vat etadi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə