Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

2-boshlovchi:
Ta’rifga so‘z yetarmu,
Mehribon muallimim. 
Fikri dono, aqli teran,
Jonajon muallimi! 
1- boshlovchi:
Ushlatib qo‘limga qalam,
Ilkima berib kitob. 
Yo‘lchi yulduz bo‘lganmu,
Mehribon muallimim! 
2-boshlovchi: 
So‘zingiz hikmat erur 
Dilimizni yoritgay. 
Yo‘limizni yoritgay,
Jonajon muallimim! 
(
O‘quvchilar ijrosida “Ustozlar” qo‘shig‘i ijro etiladi)
1-boshlovchi: 
Haq yo‘lida kim sanga bir harf o‘qitdi ranj ila,
Aylamak oson emas oning haqqin ming ganj ila. 
2-boshlovchi:
- To‘g‘ri aytasiz, bizga bilim bergan, o‘qishni 
va yozishni o‘rgatgan, hayot ilmini bergan ustozlar oldida biz bir 
umr qarzdormiz. 
1- boshlovchi: -
Xalq orasida “Ustoz otangday ulug‘”, 
“Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim, so‘ramagan o‘ziga zolim” 
degan maqollar bor. Biz bilmagan narsamizni ustozdan so‘rasak, 
ular bizga o‘zi bilgan hamma narsani o‘rgatadi, saboq beradi. 
Endi sinfimiz o‘quvchilari o‘z ustozlariga atab yod olgan 
she’rlarini aytishadi. 
1-o‘quvchi:
Ilk bor qadam qo‘ygach maktabga 
Ustoz sizdan mehr ko‘rgandim. 



Husnixat yozishni va o‘qishni ham 
Ustoz sizdan o‘rgandim! 
2-o‘quvchi:
Ongim mutloq o‘zgardi shunday 
Siz harf o‘rgatgan kundan.
Dil so‘zimni aytsam cho‘g dildan,
Men o‘qishni sizdan o‘rgandim. 
3-o‘quvchi:
O‘rgatdingiz mehr- muruvvat,
Ko‘rsat deya xalqqa xizmat. 
Ko‘p qildingiz bunday nasihat,
Men yashashni sizdan o‘rgandim. 
4-o‘quvchi:
Paydo qilib qalbda odobni,
O‘qitdingiz turfa kitobni. 
Qalbda ko‘ring endi shitobni,
Men har ishni sizdan o‘rgandim. 
(
Ustozlar haqida qo‘shiq ijro qilinadi

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə