Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

1-boshlovchi:
-Aziz ustozlar, navbatni Siz tarbiyalagan, ilm-
u hunar o‘rgatayotgan o‘quvchilarga beramiz. 
1-o‘quvchi: 
Sizning ta’limingiz olmagan kim bor? 
Siz-ku yuraklarda ilk ziyo yoqqan. 
Olimmi, shoirmi va yo san’atkor,
Ilk bor sizga tomon ustoz deb boqqan. 
2- o‘quvchi: 
Bitta harf dardida riyozat chekib,
Oqibat ko‘kka ham chiqolgan inson. 
Ne ajab sizlarni baxtiyor etib,
O‘rnidan dast turib, bosh egsa shu on.
3- o‘quvchi: 
Buyuk Alisherdek lutf etgan misol,
Savod o‘rgatdingiz qancha ranj bilan. 
To‘lab bo‘larmikan bu qarzni alhol 
Uzib bo‘larmikan yuzta ganj bilan?! 
(O‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan raqsni namoyish etadi). 
 


13 
1-boshlovchi:
- Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida 
chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg‘ulari 
paydo bo‘ladi. 
Siz, murabbiy inson uchun,
Har bir ilm-u irfon uchun. 
Rahnamosiz bizlar uchun 
Qalbi daryo, muallimlar. 
2-boshlovchi:
- Xalqimiz naqlida: “Bir yildan keyingi hayot 
haqida qayg‘urmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek. O‘n yildan keyingi 
hayot haqida qayg‘ursang, daraxt ek. Agar yuz yildan keyingi 
hayot haqida qayg‘urmoqchi bo‘lsang – ta’lim-tarbiya ber”, - 
deyilgan. 
Tinmas edik berib savol,
Nima to‘g‘ri nima halol? 
Qalbimizga joylab odob,
Yoritdingiz go‘yo oftob. 
Ey, mehribon, aziz ustoz,
Sizga ta’zim, sizga e’zoz.
1-boshlovchi:
- Hurmatli ustozlar, oldingizda turgan sharlar 
ichiga savollar yashiringan, marhamat, ulardan xohlaganingizni 
tanlab savollarga javob bersangiz (sharlar ichiga quyidagi savollar 
yashiriladi). 
1. Birinchi o‘qituvchingiz kim edi? 
2. Nima uchun ushbu kasbni tanlagansiz? 
3.Yoshligingizda qanday kasb egasi bo‘lishni xohlardingiz? 
4.O‘quvchilik davringizdagi eng esda qolarli qiziqarli 
voqeani aytib bering. 
5.Agar sehrli shamchiroq topib olsangiz-u, undan faqat 
birgina tilak so‘rash kerak bo‘lsa nimani so‘rardingiz? 
(“Aziz ustozlar” qo‘shig‘i ijro qilinadi.) 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə