Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

1-boshlovchi: 
Istiqlol bu – istiqbol 
Nurli hayot degani. 
Qo‘rg‘on butun, el-yurt tinch 
Vatan obod degani. 
2-boshlovchi: 
Ulg‘ayaman, shu niyat 
Bo‘lsin mening keragim. 
Istiqbolga munosib 
Farzand bo‘lmoq tilagim. 
(O‘quvchilar Qambar otaning “Baxt qomusi”, Dilshod 
Rajabning “Bizning bosh qomus kitob” she’rlarini navbat bilan 
aytadilar). 
 
1-boshlovchi:
- Bu yil “Xalq bilan muloqot, inson 
manfaatlari” yili ekan, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik 
ishlari, avvalo, xalq uchun, inson manfaatlari uchundir.
1-o‘quvchi
: - Har bir bola o‘z ismiga, millatiga ega bo‘lish 
hamda o‘z ota-onasini bilish va ularning vasiyligi huquqlariga 
ega. (“Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiyadan, 7-modda). 
2-o‘quvchi:
Maktabimiz bog‘iga 
O‘tkazdik biz yosh nihol. 
Parvarishlab qaradik 
Nihol ko‘rmasin zavol. 
3- o‘quvchi: 
Biz ham nihol singari 
O‘smoqdamiz erkin, shod. 
Faxrlanar biz bilan 
Ona-Vatan umrbod. 
4- o‘quvchi: 
Ota va onamizning 
Bizlar ko‘rar ko‘zimiz 
Ona O‘zbekistonning 
Kelajagi – o‘zimiz. 
5- 
o‘quvchi:

Bizning 
huquqlarimiz 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida to‘liq ko‘rsatilgan. Har bir inson 
o‘zi va bolalarining xavfsizligini ta’minlash huquqiga ega. U 
xavfsiz muhitda yashashga haqli. 


23 
6-o‘quvchi: –
Hammamiz yaxshi hayot kechirish huquqiga 
egamiz. Biz yaxshi yashashimiz, dam olishimiz uchun kiyim- 
kechak, daftar, qalam va barcha kerakli narsalarga ega bolishga 
haqlimiz.
7-o‘quvchi:--
Yashash huquqi har bir insonning uzviy 
huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir. (24- 
modda). 
8- o‘quvchi: -
Biz kasalliklardan davolanish huquqiga 
egamiz. Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish 
huquqiga egadir. (40- modda) 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə