1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida



Yüklə 155,79 Kb.
səhifə1/18
tarix19.04.2023
ölçüsü155,79 Kb.
#106214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
1-Amaliy mashg\'ulot(2)


1-mavzu. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida

1.1. Korxonalar mohiyati va faoliyatning asosi


1.2. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari
1.3. Korxona faoliyatining ichki va tashqi muhiti

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaql ravishda xo‘jalik faoliyati yurituvchi sub’ekt bo‘lib, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste’molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.


Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:

  • ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

  • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o‘rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar;

  • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

  • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo‘ini bo‘lib, o‘z-o‘zini moliya bilan ta’minlash, o‘z-o‘zini boshqarish, ya’ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.



O‘quv topshiriqlari
1- ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari
Guruh a’zolarining har biri
- o‘z sheriklarining fikrlarini xurmat qilishlari lozim;
- berilgan topshiriqlar bo‘yicha faol, hamkorlikda va mas’uliyat bilan ishlashlari lozim;
- o‘zlariga yordam kerak bo‘lganda so‘rashlari mumkin;
- yordam so‘raganlarga ko‘mak berishlari lozim;
- guruhni baholash jarayonida ishtirok etishlari lozim;

  • "Biz bir kemadamiz, birga cho‘kamiz yoki birga kutilamiz" qoidasini yaxshi bilishlari lozim.



2-ilova
1. Bitta gap bilan savolga javobni shakllantiring.
Iqtisodiyot, korxona, sanoat tarmoqlari, iqtisodiy siyosat, iqtisodiyotning bosh masalasi tushunchalari qanday bog‘liklikda namoyon bo‘ladi?
2. Ushbu tushunchalarning mazmunini yoriting.

Yüklə 155,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə