Xalqaro huquq



Yüklə 19,76 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü19,76 Kb.
#141296
  1   2   3
XALQARO HUQUQ


XALQARO HUQUQ.
5.1. Xalqaro huquqda «aholi» tushunchasi va fuqarolik Xalqaro huquqda «fuqarolik» tushunchasi. Har bir inson shu davlat fuqarosimi, chet el fuqarosimi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsmi bundan qat’i nazar, o‘zi istiqomat qilayotgan davlat hududida shu davlat bilan muayyan huquqiy aloqada bo‘ladi. Barcha insonlar istiqomat qilayotgan shu davlat qonunlariga, ijtimoiy va huquqiy tartibga to‘liq rioya qilishlari lozim.
Shaxsiy ustunlik deganda, davlatning o‘z aholisi hisoblangan barcha shaxslarga nisbatan oliy hokimiyat kuchiga egaligi tushuniladi. Har qanday davlat aholisi o‘z huquqiy maqomi bo‘yicha quyidagi uchta muhim toifaga bo‘linadi:
1) fuqarolar;
2) chet elliklar;
3) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
Fuqarolik jismoniy shaxs bilan davlat o‘rtasidagi o‘zaro huquq va majburiyatlarni belgilab beruvchi huquqiy munosabatdir. Agar federal davlat qonunchiligida federal fuqarolikdan tashqari, federatsiya subyekti fuqaroligi ham ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda xalqaro huquqiy tartibga solish doirasida faqat federal fuqarolik hisobga olinadi. Bu, jumladan kanton va obhina (jamoa)lar fuqaroligi mavjud bo‘lgan Shveysariya fuqaroligiga, shuningdek ayrim respublikalari (Tatariston, Boshqirdiston) o‘zining alohida fuqaroligini joriy etgan Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga tegishlidir.
1992-yildagi (1993-yildan kuchga kirgan) Maastrixt shartnomasi bilan belgilangan Yevropa Ittifoqi fuqaroligi masalasi nisbatan murakkabroqdir. Unga ko‘ra, «a’zo davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan har bir shaxs Ittifoq fuqarosi hisoblanadi». 1997-yil 23-maydagi Belorussiya va Rossiya Ittifoqi Nizomiga muvofiq, «Ittifoq fuqaroligi joriy etiladi.
Rossiya Federatsiyasining har bir fuqarosi va Belarus Respublikasining har bir fuqarosi bir vaqtning o‘zida Ittifoqning fuqarosidir».
1948-yildagi Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasida qayd etilgan umumiy prinsipga ko‘ra, birinchidan, har bir inson fuqaro bo‘lish huquqiga ega; ikkinchidan, hech kim mantiqsiz ravishda, 86
o‘zboshimchalik bilan o‘z fuqaroligidan yoki fuqaroligini o‘zgartirish huquqidan mahrum etilishi mumkin emas.
Fuqarolikni tartibga solishda ichki huquq muhim o‘rin tutadi.
O‘zining ustunlik kuchidan foydalangan holda, davlat fuqaro huquqlarini, fuqarolikni olish va yo‘qotish tartib-qoidalarini belgilaydi. Fuqarolik bo‘yicha Rossiya qonunchiligi xalqaro andozalarga muvofiqlashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va 1992-yildagi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risidagi qonun1 mamlakatimizning bu boradagi asosiy hujjatlaridir.
Xalqaro huquqda «diplomatik himoya» tushunchasi. Davlatning o‘z fuqarolariga nisbatan xalqaro miqyosdagi majburiyati boshqa davlatda bo‘lib turgan chog‘ida ularni himoya etishdan iborat bo‘lib, u diplomatik himoya deb ataladi.
Diplomatik himoya biron-bir davlat xatti-harakati bilan uning hududida bo‘lib turgan boshqa davlat fuqarosiga nisbatan zarar yetkazilgan taqdirda, quyidagi shartlar asosida qo‘llanilishi mumkin: birinchidan, ana shu xatti-harakatlar xalqaro huquqqa zid bo‘lsa; ikkinchidan, odatdagi himoya vositalari (sud va boshqalar)dan foydalanish natija bermagan yoki berishi mumkin bo‘lmagan hollarda; uchinchidan, zarar xususiy shaxs xatti-harakati bilan yetkazilgan bo‘lsa-yu, davlat buzilgan huquqlarni tiklash borasida zarur choralarni ko‘rmasa;
to‘rtinchidan, chet el fuqarolarining ichki milliy qonunlarga amal qilmaslik hollari kuzatilganda.
Aksariyat hollarda diplomatik himoyani diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari amalga oshiradi. Mustasno hollarda Tashqi ishlar vazirligi va hatto hukumat mazkur masala bilan shug‘ullanishga kirishishi mumkin. Masalan, Belorussiya va Rossiya Ittifoqi Nizomiga muvofiq (18-modda) Ittifoq fuqarosi «o‘zi fuqarosi bo‘lgan Ittifoqning ishtirokchi davlatiga qarashli diplomatik vakolatxonalar mavjud bo‘lmagan uchinchi mamlakat hududida Ittifoqning boshqa ishtirokchi davlatiga qarashli diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalari tomonidan ana shu davlat fuqarolari bilan bir xil sharoitlarda himoya qilinish» huquqiga egadir.
1 Qarang: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢɧɢɧɝ ɮɭԕɚɪɨɥɢɝɢ ɬʆԑɪɢɫɢɞɚ»ɝɢ ԕɨɧɭɧ
// ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ Ɉɥɢɣ Ʉɟɧɝɚɲɢɧɢɧɝ ɚɯɛɨɪɨɬɧɨɦɚɫɢ. – 1992. ʋ 9.
– 333-ɦ.
87
5.2. Fuqarolikka ega bo‘lish va yo‘qotish usullari.

Yüklə 19,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə