Xalqaro huquq


Xalqaro huquqda qochoqlar



Yüklə 19,76 Kb.
səhifə2/3
tarix29.11.2023
ölçüsü19,76 Kb.
#141296
1   2   3
XALQARO HUQUQ

Xalqaro huquqda qochoqlar


Fuqarolikka ega bo‘lish. Fuqarolikka ega bo‘lishning ikkita asosiy usuli mavjud.
Birinchisi filiatsiya, ya’ni birlamchi usul bo‘lib, bunda fuqarolikka ega bo‘lish huquqi tug‘ilish bilan birga paydo bo‘ladi.
Ikkinchisi naturalizatsiya usuli deb ataladi va ushbu hosila usuliga ko‘ra, boshqa bir davlat fuqarosi yoxud apatrid (fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) hisoblangan shaxslarga fuqarolik beriladi.
Fuqarolarning aksariyat qismini tug‘ilishiga ko‘ra fuqarolar tashkil etadi. Fuqarolikka ega bo‘lish to‘g‘risidagi qonunchilikning ikkita prinsipi ma’lum: qon huquqi (jus sanguinis) va tuproq huquqi (jus soli).
Birinchi prinsipga muvofiq, shaxs tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, ota-onalari fuqaroligiga ega bo‘ladi. Ota va ona turli fuqarolikka ega bo‘lgan hollarda ushbu masala milliy qonunchilikka muvofiq va ko‘pincha ota-ona roziligi asosida hal etiladi. Tuproq huquqi prinsipiga ko‘ra, shaxs qaysi davlat hududida tug‘ilgan bo‘lsa, o‘sha davlatning fuqaroligiga ega bo‘ladi.
Amaliyotda ana shu ikki prinsipning muayyan jihatlarini o‘zida birlashtirgan aralash tizimlar tobora keng tarqalmoqda. 1991-yil 28-noyabrdagi «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Rossiya Federatsiyasi qonuniga muvofiq, fuqarolikka qon huquqi prinsipi asosida ega bo‘linadi, bola qayerda tug‘ilganligidan qat’i nazar, ota-onasi fuqaroligini oladi (14-modda). Ammo ota-onalar hech qanday fuqarolikka ega bo‘lmagan hollarda tuproq huquqi prinsipi qo‘llanilishi mumkin (17-modda). «Tashlandiqlar», ya’ni ota-onalari noma’lum bolalar ham xuddi shu asosda fuqarolikka ega bo‘ladi (16-modda). Ota-onalari noma’lum bolalarning mahalliy fuqarolik prezumpsiyasi ko‘pchilik davlatlarga xosdir.
Naturalizatsiya, asosan, shaxsning arizasiga ko‘ra fuqarolikka qabul qilinishi, demakdir. Naturalizatsiyaning boshqa xil ko‘rinishlari asrab olish, optatsiya, ko‘chish, davlat xizmatiga o‘tish kabilar. Ko‘pincha chet ellik shaxs bilan nikohga o‘tish hollarida fuqarolikka ega bo‘lish muammoga aylanadi. Ilgari qabul qilingan tartibga ko‘ra, bunday hollarda ayol o‘z fuqaroligini yo‘qotar va erining fuqaroligiga ega bo‘lardi.
Hozirgi kunda davlatlarning aksariyat ko‘pchiligi jinsiy tenglik pozitsiyasini ma’qullagan holda, ayolning bunday nikohga kirishi uning fuqaroligiga ta’sir qilmasligi qoidasiga asoslanmoqda. Shu bilan birga, 88
nikohga kirish chog‘ida fuqarolikka ega bo‘lishning imkon qadar soddalashtirilgan tartiblari ko‘zda tutilayotir. «Rossiya Federatsiyasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, nikohga kirishda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga ro‘yxatdan o‘tish bilan ega bo‘lish mumkin.
Bunday amaliyot 1957-yildagi Turmush qurgan ayol fuqaroligi to‘g‘risidagi konvensiyaga mos bo‘lib, unga ko‘ra, nikohga o‘tish va shuningdek nikohni bekor qilish ayolning fuqaroligiga hech qanday ta’sir etmaydi. Chet ellik xotin soddalashtirilgan tartib bo‘yicha o‘z erining fuqaroligini olishi mumkin.
Fuqarolik tegishli shaxsning xohish-istagisiz berilmasligi kerak.
Majburiy tarzda fuqarolik berilishi tegishli shaxs o‘zi fuqarosi bo‘lgan davlat tomonidan diplomatik himoyaga olinishi uchun yetarli asos hisoblanadi. Ba’zan qonunchilik qaysidir shaxsning alohida xizmatlarini munosib taqdirlash maqsadida, unga o‘z fuqaroligini berishni ham ko‘zda tutishi mumkin.
Fuqarolikka ega bo‘lishning alohida turi – reintegratsiya bo‘lib, u ilgari yo‘qotilgan fuqarolikning qayta tiklanishidir. Ko‘pchilik mamlakatlar huquqida fuqarolikni tiklashning soddalashtirilgan tartiblari mavjud.
Mehnatkash-migrantlar (ko‘chmanchilar)ning huquqiy maqomi.
Mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolari fuqarosizlarning alohida toifasini tashkil etadi. Ularning soni barcha mamlakatlar bo‘yicha hisoblaganda 50 million kishidan ortiqdir.
Xalqaro Mehnat Tashkiloti 1939-yildayoq Mehnatkash-migrantlar to‘g‘risidagi konvensiyani qabul qilgan, 1975-yilda esa yana bir konvensiya qabul qilindi. Ko‘p o‘tmay, 1977-yilda Yevropa Kengashi Mehnatkash-migrantlarning huquqiy holati to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasini qabul qilgan bo‘lsa, 1990-yil 18-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi Barcha mehnatkash-migrantlar va ular oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qabul qildi.
Migrant deganda, o‘zlari fuqarosi hisoblanmagan davlatda haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanadigan, shug‘ullangan yoki shug‘ullanayotgan shaxslar tushuniladi. Konvensiyaning asosiy mazmun-mohiyati umum e’tirof etgan inson huquqlarining migrantlarga ham taalluqli ekanini tan olishdan iboratdir.
Konvensiyadagi bir qator qoidalarda migrantlar maqomining o‘ziga xos jihatlari aks etgan. Ular orasida «nasl-nasabi daxldor davlatlar» talabi bo‘yicha kiritilgan qoidaning e’tiborli jihati shundaki, unga ko‘ra, davlatlar migrantlarning madaniy o‘ziga xosligi hurmat qilinishini 89
ta’minlaydi va ularning nasl-nasabi daxldor davlat bilan madaniy aloqalarni amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Yüklə 19,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə