Mavzu: Migratsiya va qochoqlar muammosi



Yüklə 7,31 Kb.
səhifə1/2
tarix21.10.2023
ölçüsü7,31 Kb.
#129979
  1   2
Mavzu Migratsiya va qochoqlar muammosi-azkurs.org


Mavzu: Migratsiya va qochoqlar muammosi

Mavzu: Migratsiya va qochoqlar muammosi



Mikro Iqtisodiyot

Toshkent - 2023

Bajardi: 22-1 guruh talabasi


I.akbaraliyev
REJA:
1
1
1
Migratsiya
Aholi migratsiyasi
Migratsiya muammolari
Migratsiya
(lotincha: migratio — koʻchaman, joyimni oʻzgartiraman):
1) Aholining bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi (qarang Aholi migratsiyasi);
2) Hayvonlarning yashash muhiti sharoiti yoki rivojlanish sikli oʻzgarishi bilan bir geografik hududdan ikkinchisiga koʻchishi (qarang Hayvonlar migratsiyasi);
3) Kimyoviy elementlarning yer qobigʻida yoki yer yuzasida oʻz joyini oʻzgartirishi (qarang Elementlar migratsiyasi);
4) Energiyaning bir zarrachadan boshqasiga oʻtishi (qarang Energiya migratsiyasi);
5) Kapitalning qoʻshimcha qiymat olish va siyosiy maqsadlarda bir mamlakatdan boshqasiga muntazam chiqib turishi
Aholi migratsiyasi
Aholi migratsiyasi – aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi.
XX asr oxiri va XXI asr boshlarida dunyoda aholi migratsiyasi kuchaydi. Agar oldinlari migratsiya ma`lum bir hududlardagina (Afrika, Osiyo, AQSH, G`arbiy Yevropa) ro`y bergan bo`lsa, endilikda migratsiya tobora xalqaro global jarayonga aylanib bormoqda.
Dunyo bo`ylab migratsion jarayonlarning ortishi ko`plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o`zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko`rsatish mumkin.
Migratsion jarayonlarni boshqarishda ushbu jarayonlarning asosiy yo`nalishlarini aniqlab olish muhim ahamiyatga ega. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining 5 ta yo`nalishini ajratib ko`rsatish mumkin:
Rivojlanayotgan davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya
Sanoati rivojlangan davlatlar doirasidagi migratsiya;
Rivojlanayotgan davlatlar orasidagi migratsiya
Sobiq sotsialistik davlatlardan sanoati rivojlangan davlatlarga migratsiya
Ilmiy xodimlar, malakali mutaxassislarning sanoati rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga migratsiyasi
BMTning statistik ma`lumotlariga qaraganda, Yevropa aholisi 2050 yilga borib, 128 mln.ga kamayadi, bunda Italiya – 16 mln., Germaniya – 23 mln., Rossiya – 33 mln. kishisini yo`qotadi. Eng ahamiyatlisi, Yevropa umumiy aholisining 10% igina Yevropalik ildizga taqaladi.
BMT
Agarda 1973 yilda 3,9 mln. (GFR) xorijlik yashagan bo`lsa, 30 yildan so`ng bu ko`rsatkich, ya`ni 2002 yilda 7,3 mln.ni tashkil qildi. Germaniyalik muhojirlarning ko`pchiligi “uchinchi davlat” kishilari bo`lib, ular etnomadaniy nuqtai nazardan, ko`pgina muammolarni keltirib chiqaradi.
Migratsiyaning keyingi davri XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlariga kelib, AQSHning sanoatini nihoyatda yuqori sur`atlar bilan rivojlanishi orqali belgilanadi. Bu vaqtda SHimoliy, Janubiy va SHarqiy Yevropaning iqtisodiy turg`un hududlaridan va repressiv siyosiy tizimlaridan qochgan millionlab ishchilar 1850 yildan 1930 yildagi Buyuk Depressiyagacha AQSHga ko`chib ketishda davom etadilar. Ularning orasida ocharchilikdan qochgan irlandiyaliklarni, omadini sinab ko`rish uchun ketgan ingliz, nemis va frantsuzlarni, ishsizlikdan tinkasi qurigan italiyalik va polyaklarni, etnik jihatdan holi tang yahudiy va boshqa millat vakillarini ko`plab uchratish mumkin edi. Bu vaqtda N`yu Yorkdagi Ellis orolidagi immigratsion tekshiruv ro`yxatidan o`tgan migrantlarning soni qariyb 12 mln. kishini tashkil etadi
Hozirgi sharoitlarda Markaziy Osiyo mintaqasidagi migratsion oqimlar deyarli nazoratsiz yuz berayotganini hisobga olgan holda har qanday donor mamlakatning iqtisodiy mustaqilligi kamayishi kuzatilishi mumkinligini tahmin qilish mumkin

Yüklə 7,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə