Xalqaro huquq



Yüklə 19,76 Kb.
səhifə3/3
tarix29.11.2023
ölçüsü19,76 Kb.
#141296
1   2   3
XALQARO HUQUQ

Fuqarolikni yo‘qotish. Fuqarolikni yo‘qotish, uning to‘xtatilishi bilan bog‘liq masalalar davlatning ichki huquqi asosida hal etiladi.
Shaxs fuqarolikni quyidagi hollarda yo‘qotishi mumkin: birinchidan, o‘z xohish-istagiga ko‘ra; ikkinchidan, davlat tashabbusi bilan.
Ikkinchi holatda fuqarolikdan mahrum etish haqida so‘z boradi. U
g‘ayriixtiyoriy ravishda, masalan, shaxs boshqa fuqarolikka ega bo‘lganida, chet elda uzoq muddat yashab qolganida, chet el qurolli kuchlariga xizmatga kirganida amalga oshirilishi mumkin. Fuqarolikdan mahrum etishning boshqa bir turi bu haqda davlatning maxsus hujjati, oliy organ qarori yoki sud hukmi chiqishidan iborat.
Siyosiy faoliyati tufayli ommaviy tartibda fuqarolikdan mahrum etish tajribasi ham mavjud. 1917-yil Oktabr inqilobidan keyin Rossiyada xuddi shu asos bo‘yicha qariyb ikki million kishi fuqaroligidan mahrum etilgan edi. Aynan shunday vaziyat 1941-yilda Germaniya tomonidan Fuqarolik bo‘yicha imperiya huquqi to‘g‘risidagi 11-dekret chiqarilganda yuz bergan va chet ellarda yashayotgan germaniyalik yahudiylar fuqarolikdan mahrum etilgan edi.
So‘ngi o‘n yilliklarda davlatlarning fuqarolikdan mahrum etish huquqini cheklash tendensiyasi kuzatilmoqda. Rossiya Konstitutsiyasida belgilanishicha, fuqaro o‘z fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin emas (6-moddaning 3-qismi).
1961-yildagi (1975-yil 13-dekabrdan kuchga kirgan) Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi konvensiyada fuqarolikni yo‘qotishga taalluqli bir qator normalar mavjud. Konvensiyada qayd etilgan umumiy qoidaga ko‘ra, agar oqibatda fuqaro fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qoladigan bo‘lsa, davlat uni fuqaroligidan mahrum etmasligi kerak.
Aksariyat davlatlar qonunchiligida (masalan, AQSHning 1952-yildagi Immigratsiya va fuqarolik to‘g‘risidagi qonunida) mavjud yana bir normaga ko‘ra, boshqa bir fuqarolik qabul qilinishi munosabati bilan tegishli fuqarolik g‘ayriixtiyoriy ravishda barham topadi. Bunday norma 1963-yildagi Ko‘p fuqarolikni cheklash va ko‘p fuqarolik hollarida harbiy majburiyat to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasida ham bor.
Hududiy o‘zgarishlarda fuqarolik masalasining hal etilishi. Bir davlat hududining boshqasiga o‘tishi chog‘ida aholining fuqarolik masalasi xalqaro ahamiyat kasb etadi. Bunday vaziyatda fuqarolik masalasi yalpi xususiyatga ega bo‘lishi natijasida ushbu muammo yanada 90
jiddiy tus oladi. Topshirilayotgan hudud aholisining yalpi ravishda boshqa davlat fuqaroligiga o‘tishi transfert, deyiladi. U turli vaziyatlarda turlicha o‘ziga xosliklarga ega bo‘ladi.
Bir davlatning boshqasiga qo‘shilishida avvalgi davlatning fuqaroligi barham topadi. Boshqa hollarda transfert optatsiya, ya’ni mavjud yoki imkoni bor holatlarning ikki yoki undan ko‘prog‘i orasidan tanlab olish huquqi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Bir davlat hududining boshqasiga o‘tishi bilan bog‘liq hollardan tashqari, boshqa vaziyatlarda, masalan, o‘zga fuqarolikka ega bo‘lgan shaxs bilan nikohga kirish paytida, tug‘ilishiga ko‘ra ikki fuqarolikka ega bo‘lgan shaxs balog‘at yoshiga yetganida ham optatsiya qo‘llanilishi mumkin. SSSRning tarqalib ketishi davrida bu borada hayotning o‘zi katta tajribani amalga oshirdi. O‘shanda yangi mustaqil davlatlar sobiq ittifoqdosh respublikalar tomonidan yalpisiga «aholining hudud izidan borishi» prinsipi qo‘llanildi. Ittifoqdosh respublikalar o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilar ekan, odatda o‘z hududidagi jami aholiga o‘zlarining fuqaroligi huquqini berdi. Ko‘pincha ushbu huquq optatsiya bilan birgalikda amalga oshirilmasdi. Ammo, asta-sekin yangi davlatlar optatsiya bilan birgalikda yalpi ravishda fuqarolik berish tomon yuz tutdilar.
Fuqarosizlik. Fuqarosizlik shaxs biron-bir davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan yuridik holatdir. Bunday shaxslar apatridlar deyiladi. Agar tug‘ilgan joyining qonuni va ota-onasi fuqarolari bo‘lgan mamlakat qonuni qon huquqi prinsipiga asoslangan bo‘lsa, u holda shaxs tug‘ilgan paytidan shunday holatga tushib qolishi mumkin.
Hozirgi zamon xalqaro huquqi fuqarosizlikka nisbatan butunlay salbiy munosabatdadir. 1961-yildagi Fuqarosizlikni kamaytirish to‘g‘risidagi konvensiya davlat zimmasiga o‘z hududida tug‘ilgan va apatrid bo‘lish ehtimoli mavjud har qanday shaxsga fuqarolik berish majburiyatini yuklaydi.
1954-yildagi Apatridlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya ularning maqomini chet elliklar maqomi bilan tenglashtirishni talab etadi. Bu hali o‘z vatani hisoblangan davlatning diplomatik himoya etishi borasida chet elliklar ega bo‘lgan huquqni, shuningdek ularning mamlakati bilan tuzilgan shartnomalarda ko‘zda tutilgan huquqlarni bildirmaydi, albatta.
Ammo bu borada davlatning o‘z hududida doimiy yashab turgan fuqarosiz shaxslarga nisbatan diplomatik himoya etish huquqi tobora tan olinayotganini kuzatish mumkin.
91
Ko‘p fuqarolik. Fuqarolik to‘g‘risida milliy qonunlar o‘rtasidagi farqlar ta’sir kuchi o‘laroq, inson tug‘ilishi bilanoq ikki va undan ortiq davlatning fuqaroligiga ega bo‘lishi mumkin. AQSH hududida tug‘ilgan Rossiya fuqarolarining farzandlari har ikki davlat fuqaroligi huquqiga egadir.
Ikki davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs bipatrid, bir necha fuqarolikka ega shaxs esa multipatrid, deb ataladi.
Umum e’tirof etgan normaga muvofiq, bir necha davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan shaxs ana shu davlatlarning har biri tomonidan faqat mazkur davlatning fuqaroligiga ega deb qaraladi (1930-yildagi Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunlar kolliziyasiga doir ayrim masalalar haqidagi Gaaga konvensiyasining 3-moddasi). Buning mazmuni shuki, agar shaxs o‘zi fuqarosi bo‘lgan davlatlardan birining hududida bo‘lib tursa, boshqa davlatlar unga diplomatik himoya ko‘magini ko‘rsatish huquqiga ega emas (o‘sha Konvensiyaning 4-moddasi).
Uchinchi bir davlat, ya’ni o‘zi fuqarosi bo‘lmagan davlat hududida bo‘lib turgan bir necha fuqarolikka ega shaxsga faqat bitta fuqaroligi bor deb qaraladi. Bunda uchinchi davlat samarali fuqarolik qoidasini qo‘llaydi, ya’ni shaxsning o‘zi muqim yashab turgan davlat fuqarosi ekani e’tiborga olinadi. Agar buni aniqlash qiyin bo‘lsa, u holda shaxs nisbatan ko‘proq bog‘liq hisoblangan davlat fuqaroligi tan olinadi (5-modda).
Bipatridlar uchun harbiy majburiyat muammosining hal etilishi katta ahamiyatga egadir. 1930-yildagi Ikki fuqarolik bilan bog‘liq ayrim holatlarda harbiy majburiyat to‘g‘risidagi Gaaga protokoli xuddi shu masalaga bag‘ishlangan. 1963-yildagi Ko‘p fuqarolikni cheklash va ko‘p fuqarolik hollarida harbiy majburiyat to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasida ham mazkur mavzuga taalluqli qoidalar mavjud. Doimiy yashab turilgan yoki samarali aloqasi bo‘lgan davlatdagina harbiy xizmatni o‘tash majburiydir.
Rossiya Konstitutsiyasida belgilanishicha, Rossiya fuqarosi «federal qonun yoki Rossiya Federatsiyasi xalqaro shartnomasiga muvofiq, chet el davlati fuqaroligiga (ikki fuqarolikka) ega bo‘lishi mumkin» (62-moddaning 1-qismi). Rossiya fuqarosining chet el fuqaroligiga egaligi, siyosiy huquqlardagi ayrim cheklashlarni hisobga olmaganda, uning huquq va majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Rossiya Federatsiyasi ikki fuqarolikni tartibga solish yuzasidan yaqin va uzoq xorij mamlakatlari bilan bir nechta bitimlar imzolagan bo‘lib, ushbu hujjatlarga harbiy majburiyatni bajarish tartibi to‘g‘risidagi bitimlar ilova qilingan.
Yüklə 19,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə