Fuqaro muhofazasi



Yüklə 441,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü441,98 Kb.
#158907
  1   2   3   4
1 maruza



1-Mavzu. Fuqaro muhofazasining maqsadi, vazifalari va hozirgi davrdagi 
ahamiyati. 
Reja:
1. Hozirgi vaziyatda “Fuqaro muhofazasi”ning maqsadi va ahamiyati. 
2. Fuqaro muhofazasida oldindan ogohlantirish: tahlil va xarakatlar tizimi 
3. Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari, ularning kuch va vositalari.
Tayanch sо‘z va iboralar:
fuqaro muhofazasi, hudud, xavf, qutqaruv, qaror, 
farmon, munosabat, kuch va vositalar, vaziyat, terrorizm. 
Hozirgi davrda Sayyoramizda ro„y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, 
ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, 
talofatlar ko„lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan 
moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni 
ta‟minlash o„ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. 
O„zbekistonda mazkur muammolarni hal etishda ishtirok etadigan barcha 
xizmatlarning o„zaro munosabatlarini belgilovchi va tartibga soluvchi qator 
qonunlar qabul qilingan. Jumladan, “Aholini va hudutlarni tabiiy va texnogen 
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‟g‟risidagi”, “Fuqaro 
muhofazasi to‟g‟risidagi”, “Radiatsiyaviy havfsizlik to‟g‟risidagi”, “Terrorizimga 
qarhsi kurash to‟g‟risidagi” va boshqa O‟zbekiston Respuplikasi qonunlari va shu 
sohaga taaluqli bo‟lgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me‟yoriy-
huquqiy hujjatlar qabul qilingan va hayotga joriy etilmoqda. 
Oliy malakali kasbiy ta‟limga ega kadrlar, iqtisodiyotning qaysi sohasida 
faoliyat yurgizmasin, yuqorida keltirilgan muammolar yechimi bilan bog„liq qator 
vazifalarni hal etishda faol qatnashishga majbur, boshqacha aytganda, barchamiz 
favqulodda vaziyatlar ro„y berishi mumkin bo„lgan zamin va makonda yashaymiz. 
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, XXI asrning boshlaridanoq xavfsiz hayotni 
ta‟minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab 
chiqarish jarayonining misli kо„rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar 
bilan ta‟minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim nohush vaziyatlarning 
murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqtisodning barqaror 
rivojlanishga tahdid solib turibdi. BMTning “Xalqaro fuqaro muhofazasi 
tashkiloti” xujjatlarida “dunyoda taraqqiyot shiddat bilan rivojlanib borishi bilan 
yonma-yon, xavf-xatar ham ortib boradi, shu bois “barqaror rivojlanish kafolati bu 
fuqarolar muhofazasi”dir deb bejiz yozib qo‟yilmagan. Shuning uchun fuqarolarni 
fuqaro muhofazasiga tayyorlashga alohida e‟tibor berish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Lekin yildan-yilga soni ortib borayotgan favqulodda vaziyatlar, ularni 
bartaraf etishga sarflanayotgan iqtisodiy xarajatlar bunday hatti-harakatning 
samaradorligi pastligini ko‟satmoqda va alohida yo‟l tutish kerakligini taqozo 
etmoqda; ya‟ni sodir bo‟lishi mumkin bo‟gan favqulodda vaziyatlarni oldindan 
bashorat qilish, aholini xavf haqida mumkin qadar erta ogoh etish, uni oldini olish 
va undan himoyalanish tadbirlariga ko‟proq e‟tiborni qaratish zaruriyati vujudga 
kelmoqda. 


Butun jahon “Qizil Xoj” hamjamiyati tashkilotining ma‟lumotlariga ko`ra 
oxirgi 30 yil mobaynida butun dunyoda tabiiy ofatlardan qariyb 1 mlrd. insonlar 
jabrlangan va ko`rilgan moddiy zarar miqyosi yiliga 100 mlrd. dollarni tashkil 
etgan. Shu sababdan ham О„zbekistonda о„z mustaqilligiga erishgan dastlabki 
yillardanoq, eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta‟minlash 
masalalari о„rin oldi.
Bunday dolzarb muammolar xususida Respublikamiz Prezidenti Islom 
Karimov tomonidan ta‟kidlanganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi 
allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy 
muammosiga aylangan»

. Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi 
tо„g„risida Prezidentimiz «О„zbekiston XXI asrga intilmoda» asarida ham batafsil 
tо„xtab о„tganlar.
Darhaqiqat, o’tgan XX asrning sobiq ittifoq davrida Markaziy Osiyo 
mintaqasidagi davlatlar, shu jumladan, halqimizning boshidan o’tkazilgan totalitar, 
mamuriy-buyruqbozlik tizimi atrof-muhitga bepisand munosabatda bo’lish, tabiiy 
resurslardan vahshiyona foydalanish bilan tavsiflanardi. Ushbu davr orqali o’simlik 
va hayvonot dunyosining genofondiga salbiy tasiri, biologik xilma-xillikning 
qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa tur 
zaharli chiqindilarning tashqariga 
chiqarilishi, yerlarning cho`llanishi, yеr va suv resurslarining degradatsiyasi, Orol 
dengizining halokati kabi mintaqaviy hamda global miqyosda echilishi lozim 
bo`lgan ekologik muammolar meros bo`lib qoldi. Shu kabi muammolar tufayli 
inson manfaatlari muhofazasi ayniqsa, O`zbekistonda davlat siyosatining birlamchi 
darajasiga ko`tarildi. Shu munosabat bilan hozir O`zbekistonda ekologik 
harakatning tuzilishi bugungi davrning dolzarb talabi hisoblanadi. Yuqorida qayd 
etilgan muammolarni hal qilishda O`zbekiston ekologik harakati tomonidan 
"Sog‟lom muhit - inson salomatligi" g‟oyasini amaliy bajarilishini ta`minlash 
maqsadida siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohatlarni amalga oshirish jarayonida 
mavjud muammolarga yo`naltirilgan yondashuv na faqat O`zbekiston balki 
mintaqani barqaror rivojlanishida eng muhim omil bo`lib, atrof-muhit xavfsizligi 
va inson salomatligi haqidagi g‟oyalarni qo`llab quvvatlash istagida bo`lgan 
mamlakatimizning etuk, barkamol avlodlarini birlashtirishga yo`naltirilgan global 
ahamiyatga ega harakat ekanligi e`tiborga molik. 
Ekoharakat - O`zbekiston fuqorolarining hozirgi va kelgusi avlodi qulay 
atrof-muhit sharoitida yashashi, aholi salomatligini yaxshilash, barcha tabiiy 
resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish hamda ularga so`zsiz 
rioya etilishini ta`minlashga qaratilgan yangilanish jarayonlarini yanadа 
chuqurlashtirishda jamiyatning bor kuch va salohiyatini safarbar qilishdagi 
etiborga molik siyosiy kuchdir. 
Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi 
vaqtlarida butun aholi qatlami faqat ommaviy qirg„in qurollari va hujumkor 

1
I.Karimov, «O„zbekiston XXI asr bo‟sag„asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», T. O‟zbekiston, 1997 y.


vositalaridan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bо„lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar 
muhofazasi - yangi ijtimoiy, iqtisodiy zarurat asosida tashkil topgan, ya‟ni 
mustaqil О„zbekistonni va fuqarolarini turli kо„rinishdagi falokat va halokatlardan 
saqlash ruhida tarbiyalashga yо„naltirilgan.
Shu nuqtayi nazardan xalqimizni dushman tomonidan bо„ladigan ham ichki, 
ham tashqi ta‟sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri 
hisoblansa, ikkinchi tomondan bizning о„lkamiz tabiiy ofatlar (yer silkinishi, yer 
surilishi, sel, suv toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bо„lishiga moyil о„lka
bо„lganligidan hamda texnogen avariyalar, halokatlar va ekologik muvozanatni 
buzilishi natijasida uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini, 
moddiy resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar kо„rgan hududlarda 
qutqarish va kechiktirib bо„lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim 
dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Yüklə 441,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə