Fuqaro muhofazasi


Fuqarolar muhofazasi haqida umumiy tushuncha



Yüklə 441,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü441,98 Kb.
#158907
1   2   3   4
1 maruza

 
Fuqarolar muhofazasi haqida umumiy tushuncha. 
Ma‟lumki, har bir 
mustaqil davlat о„zining mudofaa qudratiga ega. Mudofaa siyosatini qay tarzda 


amalga oshirish imkoniyatlari о„sha davlatning qudratini belgilaydi. Chunki 
davlatlar ichida yangi-yangi qurollar yaratiladiki, bular nafaqat insoniyatga, balki 
butun jonli tabiatga, atrof-muhitga juda katta ziyon yetkazadi. Yuqoridagi qurollar 
yer yuzida mavjud ekan, albatta, har bir davlat bunday qurollardan saqlanish 
vositalarini izlaydi, omillarini ishlab chiqadi. Shuning uchun har bir davlatning 
mudofaa qudrati asosini fuqarolar muhofazasi tashkil etadi. 
Fuqarolar muhofazasi - 
umumdavlat mudofaa siyosatlaridan biri bо„lib, u 
har qanday favqulodda holatlarda fuqarolarni, iqtisodiyot tarmoqlarini muhofaza 
qilishda, ularning muttasil ishlashini ta‟minlashda hamda qutqarish va tiklash 
ishlarini bajarishda katta ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik davrida fuqarolar 
muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan
mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy 
ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо„tadil 
hayot faoliyatini ta‟minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О„zbekiston 
hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi 
tizimiga aylantirildi.
Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi 
О„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda 
Toshkent shahrida bо„lib о„tgan Respublika faollarining Kengashida sо„zlagan 
nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 
yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini 
tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada 
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini 
bartaraf etish maqsadida О„zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro 
mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida О„zbekiston 
Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi. 
FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yо„nalishi asosan: favqulodda 
vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, 
favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini 
kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni 
boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini 
ta‟minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy 
davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab 
chiqish va hokazolarga qaratilgan
3

FVVning muvaffaqiyatli ish olib borishida mamlakatimizda yaratilgan 
kuchli huquqiy bazaning ahamiyati katta. Jumladan, favqulodda vaziyatlar 
masalasida О„zbekiston Respublikasining «Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen 
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tо„g„risida»gi(1999y.), 
«Gidrotexnik inshootlarining xavfsizligi tо„g„risida»gi (1999 y.), «Fuqaro 
muhofazasi tо„g„risida»gi (2000 y.), «Radiatsiyaviy xavfsizlik tо„g„risida»gi (2000 
y.), «Terrorizmga qarshi kurash tо„g„risida»gi (2000 y.) kabi qator Qonunlari, 
Respublika Prezidentining ikkita Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 30 dan ortiq 
qaror va farmoyishlarini aytish mumkin.


Qabul qilingan me‟yoriy hujjatlarda Rossiya, AQSH, Germaniya, Fransiya, 
Ukraina, Buyuk Britaniya, Shveytsariya, Italiya va boshqa yetakchi davlatlarning 
fuqaro muhofazasi tizimini shakllantirish borasidagi tajribalari inobatga olingan. 

Yüklə 441,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə