Fuqaro muhofazasi



Yüklə 441,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü441,98 Kb.
#158907
1   2   3   4
1 maruza

Qutqaruv xizmatlarini tashkil etishda xorijiy adabiyotlar ma’lumotiga ko’ra 
oldindan ogohlantirish tizimining ahamiyati muhim
1
. Masalan : 
Albatta, yuqoridagi muammolarni hal qilishda О„zbekiston mintaqasi uchun 
harakterli bо„lgan tabiiy ofatlarni, ishlab chiqarish avariyalarni va yuzaga 
keladigan ekologik vaziyatlarni chuqur tahlil qilish natijasidagina (har bir vaziyatni 
kelib chiqish sababini, kuchini, ta‟sir doirasini, odamlarga, atrof-muhitga 
kо„rsatadigan oqibatlarini о„rganish) ularga qarshi eng qulay chora-tadbirlar 
belgilanadiki, natijada har qanday favqulodda vaziyatlardagi ham moddiy, ham 
ma‟naviy yо„qotishlar miqyosini shunchalik qisqartirishga erishish mumkin. 
Qutqaruv xizmatlari va fuqaro muxofazasining kundalik nutqida xavfli 
vaziyatda erta xabar berish tushunchasi bu ogoh qilish bilan sinonim, ko„p xollarda 
oldindan ogohlantirish texnologik o„lchamlarda ustunlik qiladi. Agar kengroq olib 
qarasak, oldindan ogohlantirish oddiy favqulodda yordam paytida ayrim 
texnologik uskuna va tizimlar yordamida tez ogohlantirishdan ko„ra ko„proq narsa.
Vaholanki, mavjud adabiyotlarda oldindan ogohlantirish amaldagi tajribada 
ham, asosan keng ko„lamdagi tabiiy ofatlarni nazarda tutadi va oldindan 
ogohlantirishga ancha keng ta‟rif beradi, murakkab ogohlantirish tizimi bir qator 
uzviy o„lchamlar elementlaridan va bosqichlardan iborat. Ogohlantirish bu ta‟rifga 
ko„ra ogohlantirishning vaqtincha o„lchovi, ammo biz oldindan ogohlantirish 
qachon boshlanib, qachon tugashini so„ray boshlaymiz. Bundan kelib chiqib 
qarasak, tabiiyki oldindan har qanday ogohlantirish xavfni baholashdan 
boshlanadi. Buni ko„pincha xavfni xaritalash, xavfni tahlil qilish yoki xavfni 
o„rganish deb ham ataladi. Bu aniqlashga iloji bo„lsa, yuqori xavf ostidagi 
xududlarni hisobga olish, zaifliklarni, ehtimol bo„lgan zarar, shikastlarni va shunga 
o„xshashlarni e‟tiborga olish zarur. Agar biz yuzma-yuz keladigan xavfni tasavvur 
qilmasak, uni oldini olishning, yumshatishning va oldindan qanday yordam 
berishni bilmaymiz.
Oldindan ogohlantirishning 2-bosqichi bu mantiqan oldindan bilish, bu narsa 
oldindan ogohlantirish tizimini ishga tushiradi. Xavf aniqlangach bir qator chora 
tadbirlar ko„rilishi lozim. Jumladan, qonunlar, rejalar, texnologik tashkilotlar bilan 
bog„liq, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa barcha turdagi oldini olish qaror va echimlar.


Masalan, agar xudud suv toshqini xavfi bor deb topilsa, u yerda himoya 
devorlari qurilishi yoki yerlardan foydalanilayotganda, drenajlar qurilish 
rejalashtirilayotganda tarixda bo„lgan suv toshqinlari hisobga olinishi zarur.
Uchinchi bosqich bu xavfni monitoring qilish. Bu mumkin bo„lgan signallarni 
qabul qilish va potensial favqulodda vaziyatni aniqlash uchun monitoringni o„z 
ichiga to„lqinlarni, radiatsiyani suv sathini o„lchashni va boshqa barcha inson yoki 
texnikaviy uskuna yordamida aniqlash mumkin bo„lgan narsalarni o„lchashi zarar.
To„rtinchi bosqich bu ogohlantirishlarni etkazish, ya‟ni mansabdorlarga, 
xokimiyat organlariga, bu xavf ostida bo„lgan xududdagi keng ommaga etkazish. 
Xavfni baholashga qaraganda bu bosqich asosan qo„proq va favqulotda 
vaziyatlarda tez yordamga ko„proq tegishli. Bu o„z ichiga favqulotda 
vaziyatlarning turli ogohlantiruvchi signallarni olish mumkin: yong„indagi 
signallar (trevoga) elektron axborot vositalari orqali beriladigan signallar va 
boshqa favqulotda vaziyat oqibatlarini oldini oluvchi yoki yumshatuvchi signal 
choralardir.
Va nihoyat oldindan ogohlantirish bu ma‟suliyatdir, ma‟suliyat ko„proq yoki 
ozroq vaqtda bo„lishi mumkin, chunki bu bosqich oldindan ogoh qilish tizimining 
samaradorligini isbotlaydi agar barcha favqulotda vaziyatlarning oldi olingan 
bo„lsa, ham oldindan ogohlantirish tayyorgarlik ishlari uchun vaqt berishi va 
vaziyatni yumshatishi mumkin, jumladan evakuatsiya qilish yoki zaruriy extiyot 
chora qurollarini tayyor qilib qo„yishga.
Agar biz oldindan ogohlantirish yuqoridagi bosqichlardan iborat desak, 
oldindan ogohlantirish vaqt oralig„i uzoqroq bo„lib qoladi va butun jarayon biz 
tushunganimizga qaraganda ko„proq ko„p o„lchamli bo„ladi va o„tkir krizis 
holatlarida qat‟iy aloqalar bilan aniqlanadi. Ushbu kontekstda oldindan 
ogohlantirish masalan, iqlim o„zgarishlariga moslashuvi va o„n kunlar oldin 
berilishi zarur. Bir necha kunlar mobaynida ma‟lumotlar to„planishi va berilgan 
bo„lishi zarur bu ehtiyot choralari va vaziyatni yumshatuvchi ishlarni amalga 
oshirishga imkon beradi chunki bu narsalar odamlarning qattiq xarakati energiya 
siyosati yoki infratuzilmalarning qurilishi bilan bog„liq.
Ikkinchi tomondan olib qaralaganda oldindan ogohlantirish yoki faqat keyingi 
ogohlantirish konsepsiyasi o„rtasida katta farq yo„q, oldindan ogohlantirishning 
orqasidanoq voqea sodir bo„lishi mumkin, shuning uchun u vaziyatning oldini 
oladi yoki yumshatadi. Aslida ayrim holatlarda bir necha soniya yoki daqiqa 
shiddatli xavf yoki ofat ulkan zarar etkazishi mumkin. Boshqa xolatlarda esa
dastlabki bir necha daqiqalar yoki soatlar odamlarga tabiatga, odamlarga yoki 
mulkka etkazilgan ta‟sirni zararni bartaraf etishda eng dolzarb bo„ladi. Oldindan 
xabardor qilish shu erda tugashi zarur emas, u xalokatlarning dastlabki 
bosqichlarida ham zarur bo„ladi, masalan tabiiy ofat ketidan texnologik xavf 
bo„lishi ehtimolidan uzoq emas, shuningdek sog„lik uchun xavf yoki ijtimoiy-
iqtisodiy ofatlar. Bunday ehtimollar to„g„ri tushunilishi va orqasidan kelishi 
mumkin bo„lgan ofatlarni oldini olish choralari vaqtida ko„rilishi lozim.
Oldindan ogohlantirish ayrim adabiyotlarda ayrim olimlar jamiyatda yuz 
beradigin 
oldindan 
taxmin 
qilinadigan 
barcha 
krizis 
holatlarida 
ilk 
bosqichlaridayoq signallar boshlanishi va shuning uchun yaqindan kuzatuvchilar 


kerakli batafsil bilimga ega bo„lishiga xayratlanmasa ham bo„ladi deydi. Bu 
qarashlarga binoan ijtimoiy tizim buzilishlari sababli ham kutilmagan uzilishlar 
yuzaga keladi, xalokatlar o„zlari haqida belgi beradi. Muammo shundaki o„sha zaif 
bilinar- bilinmas signallarni sezishda ketayotgan faktik axborotlarni sezish 
orqasidan ketayotgan ofatni sezishdir. Agar yaqinlashayotgan xatar qanchalik 
yaqin bo„lsa, bu signal ham o„ziga xos bo„ladi va shuning uchun ham uni aniqlash 
oson bo„ladi. Eng o„tkir muammo shundaki oldindan ogohlantirish ko„pincha 
chora ko„rish uchun etarli vaqtga ega bo„ladi, oldindan ogohlantirishning 
muammosi esa birinchi yordam faktorlari chora ko„rish vapqtini qisqartiradi.
Xuddi shunday g„oya oldindan ogohlantirish va fuqaro muxofazasiga ham 
tegishlidir. Shuni aniq aytish kerakki oldindan ogohlantirish signallari ehtiyot 
choralari qo„rishga tayyorgarlik choralarini ko„rishga vaqtincha ma‟suliyat 
yuklaydi. Savol shundaki, qachon fuqaro muxofazasi tavakkal qilsa, tabiiy va 
texnologik ofatlardan yoki oldindan kelib chiqish aniq bo„lgan jamiyatdagi 
zo„ravonlik kelishmovchiliklardami? Xar bir favqulotda vaziyat oldindan 
aniqlovchi signallar keladimi, bizga tayyorlanish uchun etarli vaqt bo„ladimi yoki 
ba‟zi vaziyatlar oddiygina qo„qqisdan kutilmaganda sodir bo„ladimi? 
Bu nazariyalarning murakkabligi va qabul qilishda ko„p holatlarda tizimning 
munosabati barqaror emas va u sabablarini aniqlamaydi va aksincha xalokatlar 
ko„rinib turgan xatolar va noaniqliklar tufayli ko„pincha qo„qqisdan sodir bo„ladi. 
Bu tushuncha 4 ta fazoning o„zgarib turishidan deyilgan favqulotda vaziyat yuz 
berishi mumkin. Bilingan bu joyda sabab va samara tushunarli va oldindan aytsa 
bo„ladi. Bilsa bo„ladigan - bu shunday joyki sabab va samara o„rtasidagi bog„liqlik 
bor, tushunishga va egallashga qiyin ammo, ekspertlar va tadqiqotchilar bu 
aloqalarni etarli vaqt va resurslar yordamida aniqlay oladi. 
Bilingan murakkab-bu joyda biz sabab va oqibatni faqat retrospektiv 
tushunamiz: faktdan so„ng nima paydo bo„lishi mantiqan, ammo ko„plab 
variantalrdan biri kelishi mumkin va oxirgisi xolos-bu joy juda ko„p bezovta 
qiladi, sabab va oqibat noaniq. SHu sababli biz imkonimiz, qobiliyatimiz etgancha 
o„zgartirishimiz fuqaro muxofazasining oldindan ogohlantiruvchi signallarini 
aniqlashimiz kerak. 
Barcha favqulotda vaziyatlarning oldindan bilishning iloji yo„qligi tayin.Xatto 
biz barcha resurslarga ega bo„lishimizda ham vaziyat ba‟zan chegaralanib ketadi, 
chunki ba‟zan qatnashuvchilar aksiyadorlar xalokatdan ogoh bo„lishidan norozi 
bo„lishadi. Ba‟zida esa oddiy bilingan va bilish mumkin bo„lgan holatlarni turlicha 
tushunishadi. SHunga qaramay oldindan ogohlantirish ko„p hollarda zarur, xatto 
yolg„on ogohlantirishlar va qiyin tushunishlar bo„lsa ham. Bu kuzatuvlar bizga 
amalda bo„lmagan narsalarga tayyorgarlik zarurligini iloji boricha tasavvurga 
sig„maydigan narsalarni tasavvur qilishimizni eslatib turadi. Oldindan bilgan 
sezilgan tasavvur qilingan narsalarga asoslanib ko„p narsa xalokat paytida qilish 
mumkin. Xalokatdan keyingi baholashlar shuni ko„rsatadiki kutilmagan voqea 
xodisalar oldindan ogohlantirishlarning bo„lishi ko„p xollarda bilim 
etishmaganidan emas, balki tasavvur etishmaganidan sodir bo„ladi.
Ayrim favqulodda yordam tashkilotlari aynan, aniq qaysi vaqtda xalokat sodir 
bo„lishini ayta olmaydi ammo, ehtimolligini xavfni baholashda hisobga olishimiz 


va shunday qilib, biz ularga xar doim oldindan tayyor tura olamiz. Yuqoridagi 
tadqiqotda aytib o„tilganidek (bilish mumkin) bo„lgan mummolarni fazodan 
(bilinganga) o„tkazsak , fazo haqidagi bilimlarimizni kengaytirsak sabab, oqibat 
o„rtasidagi bog„liqlikni bilsak ko„proq muammolarni xal qilishimiz mumkin. Bu 
narsa bizga oldindan berilgan signallarni aniqlashga yaxshiroq tayyorlanish 
imkonini beradi va ularga qarab xarakat qilishadi. 
Xatto sabab-oqibat munosobotlari aniq bo„lgan hollarda ham, oldindan 
ogohlantirish doim ham ish beravermaydi. Bunday muvafaqqiyatsizlik alohida 
yoki bir vaqtning o„zida yuqorida aytib o„tilgan bosqichlar barbod bo„lganda sodir 
bo„ladi. Ba‟zida xavfni baholash barbod bo„ladi, chunki ma‟lumotlarga ega bo„lish 
imkoniyati bor bo„lgan bo„lsada, ular potensial xavfdan etarlicha oldin ogoh 
bo„lmagan. Ba‟zan va ko„pincha juda kech bo„lganda, kimdir zaif yoki xatto aniq 
ogohlantiruvchi signal atrofdagi “shovqin” tufayli yo„qolib qolganini sezib qoladi.
Boshqa holatda esa bizda sodir bo„ladigan xavfni bilamiz, ammo ayrim 
sabablar oldini olish uchun zaruriy choralar ko„pincha olib kelmadi. SHunday
qilib xavfning oldi iqtisodiy va yoki boshqa sabablarga ko„ra olinmadi. Yoki xavf 
“xavfni baholash”ga qo„shilgan bo„lsa ham, xavfni monitoring qilish jarayonida 
noto„g„ri ko„rsatkichlar tufayli aks ettirilmadi; yoki bu xatarni monitoring qilish 
barbod bo„ldi yoki noto„g„ri ishladi; shunday qilib u oldindan ogohlantiruvchi 
signallarni sezishga qodir bo„lmadi. Xatto agar ogohlantiruvchi signallar monitor 
qilinsa ham aniqlansa ham ular doim ham oldindan berilgan signal natijasini 
bermaydi; ayrim signallar noaniqligi yuqori bo„lishi mumkin; ayniqsa bu 
ogohlantirish moddiy siyosiy yoki boshqa qiymatga ega bo„lsa, yolg„on signaldan 
qo„rquv aniq signallarni ham ogohlantiruvchi bo„lishini cheklaydi. Shu erdan, 
muvafaqqiyatli oldindan ogohlantirishlar tan olinmasa, savol kelib chiqadi, fuqaro 
muxofazasining oldindan ogohlantirish tizimi hurmat qilinmasligida muammo 
nimada? Tabiyki biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo„lganiga bir qator 
faktorlarni topishimiz mumkin, ularni bir-biridan ajratish ancha qiyin chunki ular 
chalkashib, aralashib ketgan. Deyarli barcha milliy va xalqaro ko„lamdagi 
xalokatlardan so„ng tekshiruv hisobotlarida shu narsa qayd etilgan: oldindan 
ogohlantiruvchi signallarning barbod bo„lishi bir vaqtning o„zida bir necha xatolar 
qilinganing natijasida yuzaga kelgan.(CHernobil 1986. USSR; 9/11 in the USA, 
east-Asian tsunami 2004). 
Biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo„lishini qanday tahlil qila olamiz, 
agar ular aralashib ketgan bo„lsa? Xar xil xolatlarda barbod bo„lgan oldindan 
ogohlantirishlarning har bir faktorini alohida va muammoli nuqtasini metodologik 
tomondan qo„rib chiqish va ularni tushunishga xarakat qilishimiz zarur, bu 
xolatlarni tizimli ravishda kelajakdagi FUQARO MUXOFAZASIning oldindan 
ogohlantiruvchi strategiyani ishlab chiqayotganimizda hisobga olishimiz zarur
2
.
_________________ 
2
Christe Pursiainen (ed.) assisted by Per Francke. Early Warning and Civil Protection. NORDREGIO 2008
(инг.тилидан тарж.24 б.) 

Yüklə 441,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə