Reja: bte bir qator axloqiy tamoyillar va standartlar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#133576
  1   2   3   4
BIOETIKANI FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI. BIOETIKA O‘RGANADIGAN MUAMMOLAR

  • MAVZU: BIOETIKANI FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI. BIOETIKA O‘RGANADIGAN MUAMMOLAR.

Reja:
1. BTE bir qator axloqiy tamoyillar va standartlar
2.Zarar yetkazmaslik prinsipi
3.Biotibbiy etikaning umumiy prinsiplari muayyan axloqiy qoidalar
BTE bir qator axloqiy tamoyillar va standartlarga asoslanadi. Amerikalik faylasuf T.Bikamp va ilohiyotchi J.Bildress tomonidan taklif etilgan biotibbiy sxema eng mashhur axloq sxemadir. U to‘rtta prinsipni va bir qator qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Zarar yetkazmaslik prinsipi shifokordan bemorga bevosita yoki bilvosita zarar bermasliklarini talab qiladi. Shu bilan birga, shifokor o‘z oldiga qanday yaxshi maqsad qo‘ymasin, unga erishish uchun hech qanday vositani oqlay olmaydi, deb hisoblangan. Bemorga nisbatan axloqsiz biron bir narsa qilolmaysiz yoki yomonlik qila olmaysiz, chunki bemor ijobiy va foydali narsaga ergashishi mumkin. Shifokorning ishida ma’lum bir xavf bo‘lishi mumkin, ammo bu maqsadga erishishning vosita bo‘lmasligi kerak. Shifokorning harakatlari nojo‘ya ta’sirga ega bo‘lishi mumkin, ammo bu maqsadga aylanishi mumkin emas, uni oqlab bo‘lmaydi, faqat unga dosh berish kerak.
  • Bunday holatlarda shifokor bemorga mumkin bo‘lgan foyda va zararni jiddiy ravishda o‘lchash va foyda har doim zarardan oshib ketadigan tarzda harakat qilish zarurligidan iborat bo‘lgan ikki tomonlama qoidadan foydalanishi kerak. Ayrim holatlarda, yaxshilik va yomonlikka alternativa bo‘lmasa, "yaxshi" va "yomon" ni emas, balki "yomon" va "juda yomon" ni tanlash kerak. Bunday holatlarda zarar keltirma prinsipi "kam yomonlik" ni amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni anglatishi mumkin, chunki "kattaroq yomonlik" bilan solishtirganda bu bemor uchun yutuqdir.(masalan, dilemma: organni kesib qo‘yish yoki hayot). Bundan tashqari, bunday hisobkitoblarda nafaqat mavhum dogma va vrachning subektiv ko‘rsatmalariga asoslanib, balki bemorning o‘ziga xos muammoli vaziyatda unga yaxshilik va yomonlik haqida o‘z fikrlarini ham inobatga olish kerak.

Xayrixohlik prinsipi bemor uchun shubhasiz foydali bo‘lgan harakatlar, shu jumladan zararni yo‘q qilish bo‘yicha harakatlar va bemor uchun nisbatan yaxshi yoki foydali bo‘lgan harakatlarda amalga oshiriladi, bu yaxshilikning yomonlikdan ustunligi va zarardan ustunligini anglatadi. Biotibbiy etika shifokordan bemorning axloqiy qadriyatlarini inobatga olishni talab qiladi, u muayyan vaziyatda o‘zi uchun uchlikdagi ustuvorliklarni tanlaydi: hayot, sog‘liq, avtonomiya (o‘z taqdirini o‘zi belgilash, erkinlik, o‘zini o‘zi ifoda etish). Shu bilan birga, bioetika haddan tashqari jamiyat manfaatlarini shaxsga nisbatan adolasizlik sifatida baholaydi. Xayrixohlik prinsipi shifokor uchun yuqori standartni belgilaydi - bemorning aloqa jarayonida individual holatini tushunish va unga yordam berish uchun bemor bilan munosabatning eng maqbul taktikasini belgilaydi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə