Reja: bte bir qator axloqiy tamoyillar va standartlar



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#133576
1   2   3   4
BIOETIKANI FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI. BIOETIKA O‘RGANADIGAN MUAMMOLAR

Konfidensiallik qoidasi shifokor bilan bemorning munosabatlari maxfiyligini va uning shifokorga etkazgan yoki bemorni tekshirish va davolanish paytida shifokor tomonidan olingan ma’lumotlarning ruxsatisiz oshkor qilinmasligini anglatadi. To‘liq maxfiylik amalda mavjud emas, chunki, qoida tariqasida, jamiyat qonun bo‘yicha cheklovlarga ega (masalan, tergov va sud manfaatlarida), bundan tashqari, u muayyan sharoitlarda boshqalarning hayoti va sog‘liq salomatligi manfaatlariga zid kelganda ularning avtonomligini buzishi mumkin. Maxfiylik qoidasiga kiritilgan har qanday istisnolar haqiqatan ham zarurligini va qat’iy axloqiy nazoratga bo‘ysunishi shifokorning vazifasidir. Boshqa tomondan, sog‘liqni saqlashni tashkil qilishning zamonaviy sharoitida, ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi ko‘pincha shifokorlarning aybi bilan sodir bo‘lmaydi.
Mijozning vrachlik tibbiy sirni saqlash huquqi har bir insonning shaxsiy manfaatlar sohasiga aralashmaslik huquqining bir qismidir. Imperativ tibbiy sirni oshkor qilmaslikning muhim sharti bu shifokorning bemorning ishonchiga va samimiyligiga javoban etarlicha etik va axloqiy munosabati bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlari ishonchliligini ta’minlaydi. Bu shifokorning kasbiy va shaxs sifatidagi axloqiy madaniyatining ko‘rsatkichi bo‘lib, tibbiy burchning namoyon bo‘lishidan biri bo‘lib, bemorlar va ularning yaqinlari sha’ni va qadr-qimmatiga axloqiy maqsadda intilishlariga yuksak professional g‘amxo‘rlik qilishni talab qiladi, tashqi qiziquvchanlik ta’siriga berilmasdan, insonning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qilish orqali ularni haqorat qilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
. SHunday qilib, tibbiy sir, ba’zida shifokor buni o‘zi bilmagan holda laqmalik qilib gapirganda, aksincha, beparvolik tufayli oshkor qilinadi, bu esa o‘zining kasbiy faoliyati tufayli vrachlik sirini beriladigaan ma’lumotlardan ajratib olalmaslik kabi hollarda uning buni xoxlamasligi yoki qobiliyasizligidan dalolat beradi. Tibbiy sirga rioya qilinmasligining yana bir sababi bu vrachlarning taniqli bo‘lgan odamlar to‘g‘risidagi kasallik turli xil intim holatlar va oildaviy hayot sirlarini ochib berganda ularda tibbiy etika va kamtarlikning yo‘qligidir. YOki tibbiy sirni oshkoralik, obro‘-e’tiborli to‘g‘risida shov-shuv turqatish tufayli, o‘zini namoyish qilish, o‘z yutuqlarini ommalashtirish istagi tufayli oshkor qilish, bu ko‘pincha bemorlarning ismlarini, ayniqsa keng tarqalgan, ba’zida "tasodifiy" axborotni chiqib ketishi niqobi ostida ochilishiga olib keladi.
Giyohvandlik, alkogolizm, jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar, OITS va OIV bilan yashayotgan odamlarning ruhiy yoki "ijtimoiy" kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar haqidagi tibbiy sirni saqlash masalasi ayniqsa muammolidir. Albatta, bunday bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotni begonalarga etkazish nafaqat ular orasida o‘zlarini kamsitilishiga, ko‘plab ijtimoiy muammolarni ishda yoki oilada (diskriminatsiya) kamsitishlarga olib keladi. SHu bilan birga, boshqalarning va bemorning o‘zi xavfsizligi haqida savol tug‘iladi. SHuning uchun, birinchi navbatda, shifokorlar va tibbiy tadqiqotchilar tomonidan olingan ma’lumotlarning maxfiyligini nazorat qilish, ikkinchidan, tibbiy sirning amalda saqlanishini ta’minlash, masalan, bemorlarni davolash va ko‘rikdan o‘tkazish uchun anonim xonalar yaratish orqali, uchinchidan, boshqa tomondan xavfsizlik muammolarini hal qilish lozim.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə