Mavzu: Oziq-ovqat orqali yuqadigan infeksiyalar va ularni bartaraf etish choralari



Yüklə 4,52 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü4,52 Kb.
#182089
4-Amaliy mashg\'ulot


4-Amaliy mashg’ulot.
Fan: Sanitariya va gigiyena asoslari
Mavzu: Oziq-ovqat orqali yuqadigan infeksiyalar va ularni bartaraf etish choralari
Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalar — patogen mikroorganizmlar yoki ularning toksinlari tushgan oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganda yuzaga keladigan oʻtkir kasalliklar guruhi. Isteʼmol mahsulotlariga turli kimyoviy moddalar, qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan har xil oʻgʻitlar, defoliantlar tushgan ovqat, suv, hoʻl meva, sabzavotlar, qoʻziqorinning ayrim zaharli turlari bilmay yeyilganda roʻy beradigan ovqatdan zaharlanish bundan mustasno.
Koʻp hollarda Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i. zararlangan goʻsht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari, sabzavotlardan tayyorlanadigan salatlarni yeganda roʻy beradi. Yetarli darajada sterillanmasdan tayyorlangan konservalar ham Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ga sabab boʻladi.
Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ni koʻpincha salmonella, shigella, ichak tayoqchasi, stafilokokk, proteya, klostridiya, xelikobakteriyalar va h.k., qoʻzgʻatadi. Mas, sutga hayvonlardan, asosan, sil mikobakteriyalari, salmonellalar, brutsellalar, patogen stafilokokk va streptokokklar tushadi.
Meva va poliz mahsulotlarida, asosan, tuproqning patogen mikroflora-si (shigella, salmonella, vabo vibri-oni, ichak tayoqchasi, botulizm qoʻzgʻatuvchisi, zamburugʻlar va boshqalar)ni uchratish mumkin. Koʻpincha goʻsht, baliq, meva va poliz mahsulotlari konservalarida botulizm qoʻzgʻatuvchisi saklanib qoladi, chunki bu anaerob mikroorganizm boʻlgani uchun konserva ichida ularga optimal sharoit vujudga keladi.
Masalliklar va ovqatlar (mas, norin, somsa, qiyma va boshqalar) issiq joyda saqlanganda, ularda mikroblar tez koʻpayadi. Mas, yangi tayyorlangan kiy-maga bir necha bakteriya tushgan boʻlsa, bir kunda ular soni bir necha mingga yetadi. Shuning uchun, qiyma va boshqa shunga oʻxshash tez buziladigan masalliqlarni faqat sovuq joyda (muzlatkichlarda, qishda isitilmaydigan xonalarda) qisqa vaqt saqlash mumkin.
Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ning oldini olish uchun ovqat tayyorlash va saklashda sanitariyagigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilish, oshxona va idish-tovoqlarni doimo toza tutish, mexanik tashuvchilarga qarshi kurashish lozim.
Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i.ning yana bir xili konservalarda uchraydigan botulizm qoʻzgʻatuvchisi boʻlib, zaharlanish aksari termik ishlov berish qoidalariga toʻliq amal qilmay tayyorlangan konservalar isteʼmol qilinganda roʻy beradi.
Ovqatdan boʻladigan toksiko-infeksiyalar va intoksikatsiyalart. va i. oʻtkir gastroenterit tarzida kechadi. Toksikoinfeksiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi meʼdaichak sistemasiga ovqat bilan tushgan patogen mikroorganizmlar miqdori, turi va organizmning reaktivligiga bogʻliq.
Yüklə 4,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə