Issn: 181-2489 volume ǀ issue 7



Yüklə 102,94 Kb.
səhifə1/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,94 Kb.
#161118
  1   2   3   4   5   6
jazoni-o-tashdan-muddatidan-ilgari-shartli-ravishda-ozod-qilish-tartibi



ISSN: 2181-2489
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2022

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

JAZONI OʼTASHDAN MUDDATIDAN ILGARI SHARTLI RAVISHDA OZOD QILISH TARTIBI




Shavkat Abdisamatovich Sayfullayev
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” magistri


ANNOTATSIYA


Maqolada voyaga yetmaganlarni jinoyatlari uchun shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilish deganda O‘zbekistonda voyaga yetmaganlarni jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning bir turi, uning xususiyatlari, ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlarining belgilangan tartibi va talablari yoritilgan. Mehnatga yoki o'qishga vijdonan, halol munosabatda bo’lish va uning tushunchalari sanab o’tilgan.
Kalit so'zlar: Voyaga etmaganlar, javobgarlikdan ozod qilish, jazodan ozod qilish, shartli ravishda ozod qilish, rejim, mehnatga halol munosanatda bo'lish, o’qishga vijdonan munosabatda bo'lish.

Oʼzbekiston Respublikasi jinoyat qonunida insonparvarlik prinsipining namoyon bo’lishini jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish institutida ham ko’rishimiz mumkin.


Jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish jazodan ko’zlangan maqsadga erishilgan hollarda qo’llaniladi. Аynan ushbu asoslar jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishida mahkumning ijtimoiy xavfliligini yuqotganligini va sud tomonidan tayinlagan jazoni toʼla oʼtamasdan tuzalganligini bildiradi.
Bu huquqiy institutning mohiyati shundan iboratki, mahkumni kelajakdagi jazoni o’tashdan shartli ravishda ozod qilishda ifodalanadi. Uning shartli xarakteri shuki, u qonunda ko’rsatilgan shartlar asosida amalga oshiriladi. Jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishning qoidalariga rioya qilmaslik belgilangan jazo muddatini to’liq yoki qisman o’tashga olib keladi.
Un qo’llashning dastlabki sharti hukm qilingan mahkumning tuzalganligi to’g’risidagi sud tomonidan oʼrnatilgan holatlarning mavjudligi va mahkum tomonidan jazoning maʼlum bir qismini oʼtaganligi hisoblanadi.
Voyaga yetmaganlarni jazoni o'tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish jazodan ozod qilish tartibini tartibga soluvchi ayrim umumiy qoidalarni qisman cheklash bilan bog'liq xususiyatlarga ega.

Yüklə 102,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə