Issn: 181-2489 volume ǀ issue 7


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 102,94 Kb.
səhifə3/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,94 Kb.
#161118
1   2   3   4   5   6
jazoni-o-tashdan-muddatidan-ilgari-shartli-ravishda-ozod-qilish-tartibi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
M.X.Rustamboyevning tushuntirishlariga ko’ra, rejim deganda, 89-modda maʼnosiga koʼra, jazoni oʼtash va ijro etish tartibi tushuniladi. Rejim mahkumning oʼzgarishida asosiy vositalardan biri hisoblanadi2.
Umumiy qoidaga ko’ra, mehnatga halol munosabat bu – mahkumlar mehnatga jalb qilinib, oʼziga yuklatilgan mehnat vazifasini va belgilangan normani muttaasil, sitqidildan, halol bajarib kelayotganligi uning halol mehnat yoʼliga utib olganligini ko’rsatuvchi mezon hisoblanadi. M.X. Rustamboyevning fikriga ko’ra, mehnatga halol munosabatda bo’lish ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo tayinlanganda alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
Ushbu ta’rifni JKning 89-moddasiga moslashtiradigan bo’lsak, mehnatga yoki o’qishga halol munosabat deganda, voyaga yetmaganning halol mehnat qilishi va o’qishga halollik bilan munosabatda boʼlganligi, faqatgina maʼlumot olish uchun o’qishga boʼlgan munosabatigina emas, balki hunar-texnika bilim yurtida o’qishi va oʼz malakasini oshirishi ham nazarda tutiladi. Voyaga yetmagan shaxslarning o’qishga va mehnatga halol munosabati uni muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod qilishda hamda qo’llashda eng asosiy hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biridir.
Bundan tashqari, ushbu institutni qo’llash mobaynida hukm qilingan shaxsning vijdonan munosabatda boʼlishi faqat jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish masalasi ko’rib chiqilayotgan vaqtda emas, balki belgilangan jazoni oʼtash muddati mobaynida oʼzgarganidan guvohlik berishi kerak.
Yuqorida keltirilgan asoslardan qo’shimcha sifatida quyidagi asoslar va xarakterlar mahkumda kuzatilganda ham mazkur institutni unga nisbatan qo’llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Masalan,

  • jinoyat natijasida jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni tezroq qoplash uchun harakat qilishi;

  • oʼzining aybini tan olganligi;

  • jazoni oʼtab boʼlganidan keyin to’g’ri hayot boshlashga va jinoiy oʼtmishdan qutulishga harakat qilganligiga ham eʼtibor qaratish lozim.

Voyaga yetmagan shaxsni jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni sud ushbu turdagi jazo qo'llashning asoslari va shartlari birgalikda mavjud bo`lgandagina amalga oshirishi mumkin.
Mahkumni jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish koʼrib chiqilayotgan modda qoidalari boʼyicha, faqat quyidagi shartlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi mumkin:



2 Рустамбоев М.Х. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳ [Қайта ишланган ва тўлдирилган иккинчи нашр. 2016 йил 1 ноябргача бўлган ўзгартириш ва қушимчалар билан] умумий қисм / М. Рустамбоев. Тошкент: Адолат, 2016. 520-б.

Yüklə 102,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə