Issn: 181-2489 volume ǀ issue 7


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 102,94 Kb.
səhifə2/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,94 Kb.
#161118
1   2   3   4   5   6
jazoni-o-tashdan-muddatidan-ilgari-shartli-ravishda-ozod-qilish-tartibi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
Voyaga yetmaganlar uchun Jinoyat kodeksining 89-moddasida nazarda tutilgan jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish kattalarga nisbatan qo'llaniladigan muddatidan ilgari shartli ozod qilish (JK 73-m.) bilan ko'p jihatdan o'xshashdir. Ayni paytda, qonunda insonparvarlik prinsipiga muvofiq, 18 yoshga to'lmay jinoyat sodir etgan shaxslarni muddatidan ilgari ozod qilish uchun imtiyozli shartlar belgilangan. Boshqacha qilib aytganda, Jinoyat kodeksining 89-moddasida, oʼn sakkiz yoshga toʼlmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish xususida gap boradi. Ushbu modda qoidalari jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishning umumiy masalalarini tartibga soladigan JKning 73-moddasiga nisbatan maxsus norma sifatida koʼrilishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Jinoyat kodeksining 89-moddasiga muvofiq, jazoni o'tashdan shartli ravishda muddatdan ilgari ozod qilishni qo'llash uchun quyidagilar asos bo'ladi:

  1. jinoyatni voyaga yetmagan yoshda sodir etish;

Ushbu qoida shuni anglatadiki, sodir etilgan qilmishi uchun jazoni oʼtayotgan oʼn sakkiz yoshga yetmagan shaxslargagina nisbatan qo’llaniladi. Jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish vaqtida voyaga yetganlik fakti ahamiyatga ega emas.

  1. jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilish;

  2. jazoni haqiqatda o'tash - ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir boʻlmagan jinoyat uchun tayinlangan jazoning kamida to'rtdan bir qismiga; og'ir jinoyat uchun tayinlangan jazo muddatining kamida uchdan bir qismiga; -o'ta og'ir jinoyat uchun, shuningdek, qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar shaxs qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinib, tayinlangan jazo muddatining kamida yarmini haqiqatda o'tab bo'lganidan keyin tayinlanadi1.

Jazoni o'tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish sud shaxsning axloqan tuzalishiga va majburlov choralari bilan axloq tuzatish ta'siri koʻrsatish zarur emasligiga ishonch hosil qilgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin. Shaxsda bunday tuzalish yuz berayotganidan uning ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlarini o'tashning belgilangan rejimi talablarini bajarayotganligi va mehnat yoki o'qishga vijdonan munosabatda boʻlayotganligi dalolat berishi mumkin.





1 Jinoyat huquqi. Umumiy qism: Darslik (Toʻldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashri) / R. Kabulov, A. A. Otajonov va boshq. - T.: Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2012. 414-b.

Yüklə 102,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə