Issn: 181-2489 volume ǀ issue 7


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)



Yüklə 102,94 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü102,94 Kb.
#161118
1   2   3   4   5   6
jazoni-o-tashdan-muddatidan-ilgari-shartli-ravishda-ozod-qilish-tartibi

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63)


Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

  • voyaga yetmagan yoshda sodir qilgan jinoyati uchun jazo oʼtayotgan boʼlsa;

  • axloq tuzatish ishlari yoki ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan mahkum unga tayinlangan tartibga rioya qilsa, uning tuzalayotgani to’g’risida guvohlik beruvchi mehnatga yoki o’qishga vijdonan munosabatda boʼlsa;

  • mahkum 89-moddaning uchinchi qismida belgilangan sodir etgan qilmishining og’irligiga qarab tayinlangan jazoning eng kam zarur muddatini oʼtagan boʼlsa3.

Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish oʼn sakkiz yoshga toʼlmay jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati va voyaga yetmaganlar ishi bilan shug’ullanuvchi komissiyaning birgalikdagi taqdimnomasiga binoan yoxud mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga asosan sudya tomonidan qo’llaniladi. Qo’shimcha ma’lumot sifatida keltirish joizki, jazoni oʼtashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish to’g’risidagi taqdimnoma rad etilganda yangi taqdimnoma birinchi taqdimnoma taqdim etilgandan keyin 6 oy oʼtgandan soʼng taqdim etilishi mumkin.4
Mazkur taqdimnoma berish tartibi umumiy tartibda esa JKning 73-moddasiga hamda jinoyat-ijroiya qonunchiligiga ko’ra muddatidan ilgari shartli ozod qilish jazoni ijro etuvchi organlar va muassasalar, masalan, IIV inspektsiyasi, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish muassasasi yoki intizomiy qismga jo’natish tayinlanganda harbiy qism qoʼmondonligi taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Oʼzgarishi mumkinligi haqidagi sudning xulosasi uning xulq-atvori to’g’risidagi maʼlumotlardan kelib chiqadi, yaʼni faqat muddatdan ilgari shartli ozod qilish to’g’risidagi masalani koʼrish paytidagina emas, balki butun jazoni oʼtash mobaynidagi rejimga rioya qilish mehnatga munosabati hisobga olinadi. Sodir etilgan jinoyat xavfliligining xarakteri va darajasini, aybdorning shaxsini, jinoyat sodir etishdan oldingi va keyingi xulq-atvorini taʼriflaydigan barcha maʼlumotlarni har tomonlama hisobga olibgina, sud bunday xulosaga kelishi mumkin.
Voyaga yetmaganlarni jazoni o'tashdan shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilishning ularga nisbatan qo’llanilmaydigan holatlari ham mavjud. Masalan, 89- moddada tartibga solinmagan masalalar JKning 73-moddasiga muvofiq hal qilinadi. Xususan,

  • javobgarlikni og’irlashtiradigan holatlarda qasddan odam oʼldirish (JKning 97- moddasi 2-qismi);


  • o’n toʼrt yoshga toʼlmaganligi aybdorga ayon bo’lgan jabrlanuvchining nomusiga tegish (JKning 118-moddasi toʼrtinchi qismi);

3 Рустамбоев М.Х. Ўзбекистон Республикасининг Жиноят кодексига шарҳ [Қайта ишланган ва тўлдирилган иккинчи нашр. 2016 йил 1 ноябргача бўлган ўзгартириш ва қушимчалар билан] умумий қисм / М. Рустамбоев. Тошкент: Адолат, 2016. 580-б.
4 Qarang: O’zbekiston Respublikasinining Jinoyat-ijroiya kodeksi, 164-moddasi beshinchi qismi

Yüklə 102,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə