To‘lov-kontrakt asosida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha uch taraflama



Yüklə 8,26 Kb.
tarix06.09.2023
ölçüsü8,26 Kb.
#121406
1фыв


TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA MUTAXASSIS TAYYORLASH BO‘YICHA UCH TARAFLAMA
SHARTNOMA
Qarshi sh. BTS-2023/00523 -son 01/08/2023
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan 2022-
yil 19-oktabrda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan 044000-raqamli litsenziya egasi, «QARSHI
INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI» nodavlat ta’lim muassasasi (keyingi o‘rinlarda matnda «Ta’lim muassasasi» deb
yuritiladi) nomidan uning ustaviga muvofiq ish ko‘ruvchi rektor Raxmonov Lochin To’xtamishovich, bir tarafdan, keyingi
o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb nomlangan _______________________________
_____________________________________________________, («Buyurtmachi»ning to‘liq nomi) ikkinchi tarafdan, va keyingi
o‘rinlarda «Talaba» deb nomlangan 26/03/2017 da QARSHI TUMANI IIB tomonidan berilgan AB-6302088 seriyali va
raqamli pasport egasi / raqamli ID karta egasi bo‘lgan tinglovchi Olimova Dilorom Jalilovna, uchinchi tarafdan, har bir taraf
alohida holda «Taraf» deb, birgalikda «Taraflar» deb belgilanadi, quyidagilar to‘g‘risida ushbu shartnomani tuzdilar:
1. SHARTNOMANING PREDMETI
1.1. «Ta’lim muassasasi» «Talaba»ga mazkur shartnomaning shartlariga muvofiq Boshlang'ich ta'lim ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha
Sirtqi ta’lim shaklida bakalavr tayyorlash dasturi bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish (keyingi o‘rinlarda matnda «O‘qitish»
deb yuritiladi), «Talaba» ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq xizmatlarni qabul qilish va «Talaba» tomonidan tanlangan
«Buyurtmachi» esa «Ta’lim muassasasi»ga xizmatlar qiymatini mazkur shartnomada kelishilgan muddatlarda va miqdorda
hamda belgilangan tartibda «Talaba»ning o‘qishi uchun to‘lash majburiyatini oladi.
1.2. «O‘qitish» muddati umumiy hisobda 4 (to'rt) yilni tashkil etadi. Mazkur shartnoma asosida «Talaba» 2023/2024 o‘quv yilida
1-kursda guruhida tahsil oladi.
1.3. Mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgach, bank to‘lov topshiriqnomasi yoki kvitantsiya nusxasi «Ta’lim
muassasasi»ga taqdim etilganidan so‘ng to‘lovning «Ta’lim muassasasi»ning hisobvarag‘iga kelib tushganligi tasdiqlanishi bilan
«Talaba»ning o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risida «Ta’lim muassasasi» tomonidan buyruq chiqariladi.
2. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
2.1. «Ta’lim muassasasi»ning huquqlari quyidagilardan iborat:
2.1.1. «Buyurtmachi»dan va «Talaba»dan shartnoma majburiyatlarini bajarishni talab qilish;
2.1.2. mazkur shartnomada kelishilgan shartlar «Talaba» yoki «Buyurtmachi» tomonidan bajarilmasa, shartnomani bir taraflama
bekor qilish;
2.1.3. zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni «Talaba»dan va «Buyurtmachi»dan talab qilib olish;
2.1.4. ta’lim xizmatlari soni va sifatini pasaytirmagan holda tasdiqlangan o‘quv mashg‘ulotlari jadvaliga o‘zgartirishlar kiritish,
zarur hollarda o‘quv jarayonini onlayn tarzda tashkil etish, dars mashg‘ulotlarini, oraliq va yakuniy imtihonlarni onlayn o‘tkazish;
2.1.5. mazkur shartnoma bo‘yicha «Buyurtmachi» va/yoki «Talaba» tomonidan tegishlicha to‘lov kechiktirilganda yoki ichki
tartib qoidalari buzilganda «Talaba»ga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llash, «Talaba»ning o‘quv binosiga kirishi yoki
«Ta’lim muassasasi»ning resurslaridan foydalanish huquqini cheklash, «Talaba»ni talabalar safidan chiqarish yoki o‘qishdan
vaqtinchalik chetlashlashtirish yoki mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa jazo chorasini qo‘llash bo‘yicha qaror qabul
qilish;
2.1.6. mehnatga haq to‘lashning qonunchilik bilan belgilangan eng kam miqdori oshirilganda o‘quv yilining qolgan muddati uchun
to‘lov-kontrakt summasini o‘zgartirish masalasini mustaqil ravishda ko‘rib chiqish.
2.2. «Ta’lim muassasasi»ning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
2.2.1. «Talaba»dan olingan unga va uning homiysiga («Buyurtmachi»ga) doir ma’lumotlarni sir saqlash;
2.2.2. mazkur “Shartnomaning predmeti”da nazarda tutilgan masalalar – ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasi bo‘yicha to‘liq,
obyektiv va haqqoniy ma’lumotlar, axborot va maslahatlar berish;
2.2.3. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq «Ta’lim
muassasasi»ning ustavida nazarda tutilgan zarur shart-sharoitlarni yaratish;
2.2.4. o‘quv semestri boshlanishidan oldin mazkur shartnomada belgilangan to‘lov miqdori to‘g‘risida «Buyurtmachi»ga va
«Talaba»ga o‘z vaqtida xabar berish;
2.2.5. «Talaba»ning bakalavriatning 1-kursiga o‘qishga qabul qilinganligi (kursdan-kursga o‘tkazilganligi) to‘g‘risidagi buyruqni
«Buyurtmachi» tomonidan mazkur shartnoma shartlariga muvofiq to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab bir oylik muddatdan
kechiktirmasdan qabul qilish;
2.2.6. o‘quv jarayoni, o‘quv dasturlari, o‘quv yuklama hajmi va o‘quv mashg‘ulotlari jadvalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida «Talaba»
ni o‘z vaqtida ogohlantirish;
2.2.7. mazkur shartnoma shartlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
2.3. «Buyurtmachi»ning huquqlari quyidagilardan iborat:
2.3.1. mazkur shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan masalalar – ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar doirasi bo‘yicha
to‘liq, obyektiv va haqqoniy ma’lumotlar, axborot va maslahatlar olish;
2.3.2. «Buyurtmachi»ga doir ma’lumotlarni sir saqlashni talab qilish;
2.3.3. qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda «Ta’lim muassasasi»ning to‘lovga doir buyruqlari ustidan shikoyat qilish.
2.4. «Buyurtmachi»ning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
2.4.1. Mazkur shartnomaning 3.1-bandida kelishilgan xizmatlar haqi «Buyurtmachi» tomonidan «Ta’lim muassasasi»ning hisob
raqamiga pul mablag‘larini ko‘chirish (o‘tkazish, to‘lash) yoki naqd pul shaklida to‘lash yoxud boshqa qonuniy yo‘l bilan to‘liq
miqdorda amalga oshirilishi mumkin.
2.4.2. ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar haqi «Buyurtmachi» tomonidan «Ta’lim muassasasi»ning hisobraqamiga bo‘lib-
bo‘lib to‘langanda mazkur shartnomaning 3.1-bandida belgilangan to‘lov summasi quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
— o‘quv yili uchun belgilangan (3.1-band) to‘lov miqdorining kamida 50 foizi mazkur shartnoma taraflar o’rtasida imzolangan
sanadan boshlab 15 (o’n besh) bank ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim;
1-sahifa (jami 4 sahifadan iborat)
— belgilangan to‘lov miqdorining 100 foiz to'lovga nisbatan qolgan qismi (foizi) 2023-yil 15-oktabrgacha (15-oktabr kunida ham).
2023-yil 15-oktabr sanasida «Buyurtmachi»ning «Ta’lim muassasasi»ning oldidagi to‘lov bo‘yicha majburiyatlari to‘liq hajmda
o‘talgan bo‘lishi shart. Mazkur bandda ko‘zda tutilgan muddatlardan farq qiluvchi, «Talaba»ning manfaatlari yo‘lida «Ta’lim
muassasasi» tomonidan boshqacha (uzaytirilgan) muddat belgilanganda, to‘lovni belgilangan yangi muddatlar doirasida amalga
oshirishga ruxsat beriladi. Ushbu holda «Ta’lim muassasasi»ning vakolatli vakili to‘lovga doir yangi muddatlarni belgilash
to‘g‘risidagi qaror haqida «Talaba»ni maqbul muddatlarda ogohlantiradi.
2.4.3. mazkur shartnomaning 1.1-bandida ko‘zda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatish hamda to‘lovlarni amalga oshirish uchun zarur
bo‘ladigan barcha hujjatlarni «Ta’lim muassasasi»ga o‘z vaqtida to‘liq hajmda taqdim etish;
2.4.4. mazkur shartnoma shartlariga muvofiq «Ta’lim muassasasi» tomonidan «Talaba»ga ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar
haqini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lash;
2.4.5. o‘zining xatti-harakatlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan «Ta’lim muassasasi»
obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish,
shuningdek, bunday holatlarning guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan «Ta’lim muassasasi» rahbariyatiga xabar berish;
2.4.6. «Talaba»ning o‘z majburiyatlarini bajarayotganligi to‘g‘risida «Ta’lim muassasasi»dan ma’lumot olish;
2.4.7. mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishning imkoniga ega bo‘lmagan taqdirda «Ta’lim muassasasi»ni ikki
hafta oldin yozma ravishda xabardor qilish. «Buyurtmachi» tomonidan yozma xabarnoma berilmagan taqdirda, «Ta’lim
muassasasi» boshqa «Buyurtmachi» bilan yangi shartnomani tuzish va ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga
ega bo‘ladi;
2.4.8. respublikada mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori yoki tariflar o‘zgarishi natijasida o‘qitish to‘lovi miqdori o‘zgargan
taqdirda o‘qishning qolgan muddati uchun «Ta’lim muassasasi»ga haq to‘lash bo‘yicha bir oy muddat ichida mazkur shartnomaga
qo‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirish va to‘lov farqini to‘lash;
2.4.9. mazkur shartnoma shartlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
2.5. «Talaba»ning huquqlari quyidagilardan iborat:
2.5.1. «Buyurtmachi»ga doir ma’lumotlarni sir saqlashni talab qilish;
2.5.2. mazkur shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan masalalar – ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar doirasi bo‘yicha
to‘liq, obyektiv va haqqoniy ma’lumotlar, axborot va maslahatlar olish;
2.5.3. qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda «Ta’lim muassasasi»ning buyruq va topshiriqlari ustidan shikoyat qilish;
2.5.4. mazkur shartnoma shartlariga muvofiq «Ta’lim muassasasi» tomonidan ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar haqini o‘z
vaqtida va to‘liq hajmda «Buyurtmachi» tomonidan to‘lanishini nazorat qilish;
2.5.5. qonunchilik hujjatlarida, shuningdek «Ta’lim muassasasi»ning lokal hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlardan
foydalanish.
2.6. «Talaba»ning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
2.6.1. mazkur shartnomaning 1.1-bandida ko‘zda tutilgan xizmatlarni ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan barcha hujjatlarni «Ta’lim
muassasasi»ga va «Buyurtmachi»ga o‘z vaqtida to‘liq hajmda taqdim etish;
2.6.2. ta’lim dasturlari talablariga muvofiq barcha zarur bilimlarni egallash;
2.6.3. «Ta’lim muassasasi»ning ustavi, jamoa shartnomasi, ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va boshqa lokal normativ
hujjatlariga rioya etish;
2.6.4. dars mashg‘ulotlarida qatnashish;
2.6.5. o‘zining xatti-harakatlari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari bilan «Ta’lim muassasasi»
obro‘si va manfaatlariga putur yetkazmaslik hamda zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarni sodir etishdan tiyilish
hamda korruptsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda
g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslar manfaatlari yo‘lida moddiy qimmatliklar ko‘rinishidagi pora taklif
qilmaslik, turli va’dalar bermaslik, pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik, biron bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs
xizmatlaridan foydalanmaslik, shuningdek, bunday holatlarning guvohi bo‘lgan taqdirda zudlik bilan «Ta’lim muassasasi»
rahbariyatiga xabar berish;
2.6.6. atrofdagi shaxslar tomonidan korruptsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish
sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi;
2.6.7. «Ta’lim muassasasi» rektorining, shuningdek, fakultet dekani topshiriqlarini o‘z vaqtida sifatli va aniq bajarish;
2.6.8. etika qoidalariga rioya qilish, tinglovchilar (talabalar) va pedagoglarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
2.6.9. huquqiy va siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish, o‘zida vatanparvarlik
va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish;
2.6.10. o‘ziga yuklatilgan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
2.6.11. to‘lov amalga oshirilayotganda to‘lovning maqsadini ko‘rsatish – «Buyurtmachi»ning va/yoki «Talaba»ning familiyasi,
ismi va otasining ismi, mazkur shartnomaning raqami va tuzilgan sanasi. Amalga oshirilgan to‘lovning tasdiqlovchi hujjatini
«Ta’lim muassasasi»ning buxgalteriyasiga taqdim qilish;
2.6.12. «Ta’lim muassasasi»ning mol-mulkiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish va undan samarali foydalanish,
yetkazilgan zararni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ravishda qoplash;
2.6.13. o‘zi haqidagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda zudlik bilan «Ta’lim muassasasi»ga xabar berish;
2.6.14. o‘qish davrida «Ta’lim muassasasi»ning ruxsatisiz O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqmaslik;
2.6.15. «Ta’lim muassasasi» bilan muntazam aloqalarni saqlab turish va xizmat ko‘rsatish ishlarini samarali yo‘lga qo‘yish
maqsadida «Ta’lim muassasasi»ga o‘ziga maqbul bo‘lgan aloqa vositalarini ma’lum qilish:
E-mail (elektron pochta):;
telefon raqam(lar)i: 919495404 ;
944675663
telegram: _____________________________________________________.
2.6.16. mazkur shartnoma shartlariga muvofiq boshqa majburiyatlar.
2-sahifa (jami 4 sahifadan iborat)
3. XIZMATLAR HAQI VA TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
Mazkur shartnoma bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yili uchun ta’lim xizmatlari haqi 10 000 000 (o'n million ) so‘mni tashkil etadi.
3.2. Mazkur shartnomaning 3.1-bandida ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar haqi «Buyurtmachi» tomonidan «Ta’lim
muassasasi»ning hisobraqamiga pul mablag‘larini ko‘chirish (o‘tkazish, to‘lash) yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan to‘liq (100 foiz)
miqdorda amalga oshiriladi.
3.3. «Buyurtmachi»ning yoki «Talaba»ning shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni o‘tashdan bir taraflama bosh tortgan (shu
jumladan, shartnoma haqini qisman to‘lab, qolgan qismini to‘lashdan bosh tortish asosida shartnomani bekor qilishlik talab
qilingan) hollarda shu davrga qadar amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi.
3.4. «Buyurtmachi» tomonidan o‘qish uchun amalga oshiriladigan to‘lov (pul mablag‘lari) «Ta’lim muassasasi»ning
hisobraqamiga tushgan kun to‘lov majburiyatlarini bajarish vaqti hisoblanadi. To‘lov (pul mablag‘lari) mazkur shartnomaning 3.3-
bandida belgilangan so‘nggi muddatga qadar «Ta’lim muassasasi»ning hisobraqamiga kelib tushmasa, o‘qitish uchun belgilangan
to‘lov «Buyurtmachi» tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilmagan deb hisoblanadi va bu «Talaba»ning o‘qishdan
chetlashtirilishiga olib keladi.
3.5. Ko‘rsatilgan (ko‘rsatiladigan) xizmatlar uchun «Ta’lim muassasasi»ning hisob raqamiga pul mablag‘lari to‘langandan
(o‘tkazilgandan) so‘ng «Buyurtmachi» yoki «Talaba» tomonidan uning turli vajlarni keltirishiga asoslanib «Ta’lim muassasasi»
ning xizmatlaridan voz kechishi mazkur shartnoma bo‘yicha to‘langan pul mablag‘larini qaytarish uchun asos bo‘lmaydi.
3.6. Quyidagi hollarda «Talaba» o‘qishdan chetlashtirilganda, uning tomonidan amalga oshirilgan o‘qish uchun to‘lov qaytarib
berilmaydi:
a) o‘quv intizomini va «Ta’lim muassasasi»ning ichki tartib qoidalarini buzganligi;
b) bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi;
c) o‘qitish uchun belgilangan miqdordagi to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganligi;
d) belgilangan muddatlarda fanlarni o‘zlashtira olmaganligi.
3.7. Quyidagi hollarda «Talaba» o‘qishdan chetlashtirilganda, uning o‘qigan muddati uchun haqiqatda sarflangan xarajatlar
chegirilgan holda tegishli o‘quv yili yoki semestri uchun oldindan amalga oshirilgan to‘lovning qolgan qismi «Buyurtmachi»ning
yozma murojaatiga ko‘ra qaytarib beriladi:
a) o‘z xohishiga binoan;
b) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);
c) sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
d) vafot etganligi sababli.
4. FAVQULODDA (FORS-MAJOR) HOLATLAR
4.1. «Taraflar» mazkur shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlarni o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan fors-major holatlar sababli
bajarmasa yoki lozim darajada bajarmasa, shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlarni o‘tashdan ozod etiladilar.
4.2. Fors-major holatlarga oldindan ko‘rib va oldini olib bo‘lmaydigan yoki oldini olish mumkin bo‘lmagan, «Taraflar»ning
xohish-irodalariga bog‘liq bo‘lmagan va shu bois tomonlardan hech biriga majburiyatlarni o‘tashga imkon bermaydigan holatlar –
yengib bo‘lmaydigan tabiat hodisalari (zilzila, to‘fon, ko‘chkilar va shu kabilar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati,
qamal, davlat organlarining taqiqlovchi hujjatlari va shu kabilar) kiradi.
4.3. Yengib bo‘lmas kuchlar tufayli mazkur shartnoma shartlarini bajarish imkoni bo‘lmagan «Taraf» ikkinchi «Taraf»ni ana
shunday vaziyat yuz bergandan so‘ng 10 (o‘n) kun ichida dalillar keltirgan holda so‘zsiz xabardor qilishi shart.
5. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI, UNI O‘ZGARTISH VA BEKOR QILISH TARTIBI VA
SHARTLARI
5.1. Ushbu shartnoma 2023/2024 o‘quv yili uchun amal qiladi.
5.2. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida hal qilinadi.
5.3. Mazkur shartnoma quyidagi hollarda bekor bo‘ladi:
5.3.1. taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida;
5.3.2. «Ta’lim muassasasi»ning tashabbusi bilan «Talaba» o‘qishdan chetlashtirilganida. Bunda «Ta’lim muassasasi»
«Buyurtmachi»ni xabardor qiladi;
5.3.3. taraflardan biri mazkur shartnoma shartlarini buzganida;
5.3.4. uzrli sabablar asosida «Talaba»ning tashabbusi bilan;
5.3.5. qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
6. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Taraflar o‘rtasida yuzaga keladigan har qanday kelishmovchiliklar va bahslar o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan va tinch vositalar
yordamida hal qilinadi.
6.2. Yuzaga kelgan nizoni tinch yo‘llar bilan hal etish mumkin bo‘lmagan hollarda nizo O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligiga asosan «Ta’lim muassasasi» joylashgan yerdagi sudda ko‘rib chiqiladi.
7. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
7.1. Ushbu shartnoma uni taraflar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi.
7.2. Mazkur shartnoma teng yuridik kuchga ega bo‘lgan va har bir taraf uchun bir nusxasi beriladigan uch nusxada tuzildi.
3-sahifa (jami 4 sahifadan iborat)
8. TARAFLARNING MANZILLARI, REKVIZITLARI VA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARI
«TA’LIM MUASSASASI»
«QARSHI INNOVATSION TA’LIM UNIVERSITETI» NTM
Hisob raqami: 2021 2000 4051 8708 2001
A.T Xalq bank Qashqadaryo viloyat filiali Amaliyot bo'limi
MFO: 00687
STIR: 307169187
IFUT: 85420
Elektron pochta: info@qitu.uz
Pochta manzili:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Oydin MSG, A.Navoiy
ko’chasi, 72/12-uy.
Manzili:
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Oydin MSG, A.Navoiy
ko’chasi, 72/12-uy.
Tel./faks:
(+998 90) 123-11-66;
(+998 90) 113-11-66.
Rektor ____________________ L. Raxmonov
(imzo, muhr)
«TALABA»
Olimova Dilorom Jalilovna
Pasport seriyasi va raqami/ID karta raqami:
AB-6302088
Pasport / ID karta
QARSHI TUMANI IIB
26/03/2017 da berilgan
Doimiy yashash joyi:
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Bodomzor mahallasi,
Bodomzor kuchasi 2-uy
Tel.: 919495404
STIR: ________________________________________
“Shartnomaning mazmuni bilan to‘liq tanishib chiqdim
va uning barcha bandlarini e’tirof etgan holda
tuzishga roziman”
________________________________________
(F.I.O., imzo)
4-sahifa (jami 4 sahifadan iborat)
Litsenziya Shartnoma
Yüklə 8,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə