2-mavzu. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 50 Kb.
səhifə1/7
tarix14.10.2023
ölçüsü50 Kb.
#127797
  1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu boyicha maruzalar matni


2-mavzu. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar

Reja:
2.1. Geografik omillar


2.2. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va demografik omillar
2.3. Sayyohlar xavfsizligi
2.4. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar
2.5. Turistik infratuzilmalar
2.6. Ilmiy texnika taraqqiyoti (yangi texnologiyalar)
2.1. Geografik omillar
Tabiiy geografik omillar. Kishilar tabiat qo’yniga chiqib, juda ko’p manzarali joylarni ko’rish va ulardan bahramand bo’lishga intiladi. Sayyohlik, dam olish uchun tabiiy sharoitning xilma-xilligi darajasi va xususiyati muhim ahamiyatga ega. Ya’ni ma’lum bir hududning er usti ko’rinish manzarasi (landshafti), iqlimi, o’simlik va hayvonat dunyosi xilma-xilligi kishilarning dam olishi, o’z salomatligini tiklashi uchun asosiy vositalardan biri bo’lib hisoblanadi.
Shu sababli sayyohlik firmalari ekzotik, betakror tabiiy ob’ektlarni ko’proq reklama qilishadilar. Ayniqsa Osiyo, Afrika, Markaziy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniya kabi mamlakatlar o’zining diqqatga sazavor tabiiy ekzotikalari bilan Evropa va Shimoliy Amrikalik sayyohlarni o’ziga jalb qiladi. Kolumbiyada «Kolumbiya qushlari» nomi bilan ataladigan noyob sayyohlik turi, «Pan-Ameriken» aviakompaniyasining 24 kunlik Avstraliya va Yangi Zelandiyaga qimmat baho toshlar va minerallarni topish uchun sayohat uyushtirishi misol bo’ladi.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda mamlakat va hududning geografik o’rni ya’ni uning dengiz va okeanga yaqinligi, qirg’oq chiziqlarining xususiyati, turli xil suv, avtomobil va temir yo’llar bilan kesishish joyi, tog’li va o’rmon manzarali joylarga yaqinligi, ular bilan ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liq bo’ladi. Jumladan, xalqaro turizmni rivojlanishda Evropa mamlakatlari, Vest Indiya, Singapur kabi mintaqalar va hududlar geografik joylanish xususiyati bilan alohida ajralib turadi.
Ko’p minglab turistlarning kelib ketishida turistik o’lkaning er usti tuzilishi relefi katta rol o’ynaydi. Tog’li, xush manzarali, murakkab relef tuzilishiga ega bo’lgan o’lkalar turistlar oqimini o’ziga ko’proq jalb qilishadi. Murakkab tog’ relfi landshafti estetik jihatdan tekislik, yassi hududlarga nisbatan turistlarni ko’proq jalb etish imkoniyatiga ega. Tog’li o’lkalar o’zining toza va sof havosi bilan ajralib, tog’ sportini rivojlantirish imkonini tug’diradi. Evropaning Alp, Osiyoning Ximoloy, Afrikaning Atlas, Amerikaning Kordilera va Avstraliyaning Katta suv ayirg’ich tog’lari, Yangi Zellandiyaning Janubiy Alp tog’lari xalqaro turizm sohasida yirik markazlarga aylanishi bejiz emas.
Xalqaro turizmning rivojlanish jarayonlari ko’p xollarda mamlakatlar va hududlarning tabiiy iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Bu o’rinda tabiiy iqlim sharoiti etakchi o’rinni egallaydi. Tabiiy išlim sharoiti turizm harakatini mavsumiy harakterga aylantiruvchi asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Tabiatda ob-havoning o’zgarishi, tabiiy ofatlarning tez-tez takrorlanish hodisalari, tabiat injiqliklari turistlar oqimining keskin kamayishiga sababchi bo’ladi. Shu sababli turizmning eng rivojlangan mintaqalari er sharining mutadil iqlim zonalariga to’g’ri keladi. Jumladan, O’rtaer dengizi, qora dengiz, Karib dengizi, Adriatika dengizi, Boltiq dengizi, Yapon dengizi, Janubiy Xitoy dengizi qirg’oqlarida joylashgan mamlakatlarda turizm xalqaro ahamiyatga ega.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə