2-mavzu. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 50 Kb.
səhifə6/7
tarix14.10.2023
ölçüsü50 Kb.
#127797
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu boyicha maruzalar matni

2.5. Turistik infratuzilmalar
Turistik infratuzilmalar o’z tarkibiga mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalari, aloqa yo’llari yig’indisi (yo’llar, shox yo’llar, aeroportlar, kemalar to’xtaydigan joylar h.k.), kommunikatsiyalar (suv quvurlari, elektr tarmoqlari, markaziy isitish korxonalari, oqova suv tarmoqlari, axlat to’plovchi korxonalar, telefon, aloqa, (pochta bo’limlari), huquqni himoya qilish, jamoat – tartibini saqlovchi idoralar, tibbiyot tashkilotlari, maishiy xizmat ko’rsatuvchi tashkilotlar, do’konlar, sport inshoatlarini birlashtiradi va turistik xizmat ko’rsatuvchi korxonalar bilan chambarchas holda bog’langandir.
Turistik infratuzilmalar turistik zaruriy shart-sharoitlarini, sayyohlarning xavfsizligi, sog’lik-salomatligini ta’minlashga qaratilgan. Ma’lumki, sayyoh uchun qaysi bir joyda tinchlik osoyishtalik, maishiy qulaylik yaratilgan bo’lsa, u o’sha joyga borishga intiladi. Turist avtomobildami, poezddami, mehmonxonadami qisqasi qaerda bo’lmasin u o’zini xavf – xatarsiz holda sezishi, unga zarurat birinchi yordam ko’rsatilishi zarur. Moboda zarurat tug’ilsa, u er kurrasining har qanday joyi bilan bog’lanish imkoniyatiga ega bo’lishi, yuqori darajada tibbiyot maslahatlari, zaruriy servis xizmati olish imkoniga ega bo’ladi. Huquqni himoya qilish va turistlar xavfsizligini ta’minlovchi tashkilotlar sayyohlarni har qanday xavf-xatarlardan himoya etishi lozim. Ko’pgina mamlakatlarda sayyohlarni quriqlovchi maxsus politsiyalar tashkil qilingan. Xalqaro turizmda yana muhim narsa shundan iboratki, turistlarni joylashtirish joylarida (mehmonxonalar, turbazalar, sanatoriyalar, kongress markazlari h.k.) xalqaro andozalarga mos kelgan holda sayyohlar uchun o’zining jismoniy formasini saqlab turish uchun sport maydonchalari, suzish basseynlari, trenajerlar, yugurish yo’lakchalari bo’lishi talab etiladi. Undan tashqari xorijiy sayyohlar talab va takliflarini hisobga olgan holda axborot markazlarining bo’lishi, unda xorijiy sayyohlarga o’z ona tilida turli xil xizmat turlaridan foydalanishni talab etadi.



Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə