2-mavzu. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 50 Kb.
səhifə5/7
tarix14.10.2023
ölçüsü50 Kb.
#127797
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu boyicha maruzalar matni

2.3. Sayyohlar xavfsizligi
Sayohat xavfsizligi. Turizmning rivoji bilan sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash borgan sari muhim va zarurat masala bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda turizm sohasida sayyohlarni jo’natuvchi va qabul qilib oluvchi har bir mamlakat uchun sayyohlarning dam olish paytlarida, transport harakati yo’nalishlarida ularning xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari har bir mamlakat uchun oddiy, odatdagi hayotiy holda bo’lmog’i zarur.
Xalqaro kelishilmovchiliklar yoki harbiy xatti harakatlar, xalqaro jinoyatchilik, terrorizm voqea va hodisalari xalqaro turizm oqimiga nafaqat to’sqinlik qiladi, balki uning rivojiga juda katta zarba beradi. Bu to’g’rida xalqaro turizmning asosiy generatori (boshlovchisi) bo’lgan har bir mamlakatning tashqi ishlar vazirligi o’zlarining fuqarolari sayyohatga boradigan mamlakatlardagi noxush voqea va hodisalar to’g’risida xabardor qilib borishi lozim. Sayyohlarni sayyohatga boradigan mamlaktalardagi noxush voqea va hodisalar to’g’risida xabardor qilib borishi lozim. Sayyohlar sayyohatga boradigan mamlakatdagi mehmonxonalar, ovqatlanish korxonalarining sanitariya - gigienik holati, shu jumladan ichimlik suvi to’g’risida ob’ektiv ma’lumotlarini, yuqumlik infeksion kasalliklar kelib chiqishi xavf-xatari to’g’risidagi zururiy ma’lumotlar bilan oldindan xabardor bo’lishi kerak.
Turizm rivojlanishining butun tarixiy taraqqiyotida sayyohatchilar xavfsizligi muhim masalalardan biri bo’lib kelgan. BTT ma’lumotlariga ko’ra xalqaro turizmda, ishtirok etgan sayyohlarning 2G’3 qismi kriminal holatlar turizm rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi eng muhim omillardan deb hisoblaganlar. Mahalliy aholi o’rtasida odam o’ldirish, zo’rovonlik, bosqinchlik, voqea va hodisalar odatda oddiy bir kundalik holat deb qaraladigan bo’lsa, maboda mana shunday hodisalar xorijiy turistlar o’rtasida uchraydigan bo’lsa, u holda noxush xabarlar matbuot sahifalarida tezkorlik bilan tarqatiladi.


2.4. Transport tarmoqlari va kommunikatsiyalar
Xalqaro turizmda transportning tutgan o’rni beqiyos muhim bo’lib hisoblanadi. Ayniqsa pasajjir transporti va transport kommunikatsiyalari sayyohlar uchun ularni o’z uyidan aeroport yoki temir yo’l, avtomobil, dengiz, daryo suv yo’li vokzallariga, sayyohlarni bir shahardan ikkinchi shaharga, vokzaldan mehmonxonaga, mehmonxonadan turistik manzillargacha qulay, xavf-xatarsiz holda olib borib qo’yishda yo’l ochadi. Xalqaro turizmni transport vositalarisiz umuman tasavvur qilib bo’lmaydi.
Pasajjir tashuvchi transport vositalari bilan turizm sohasi o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjuddir. Transport vositalarining takomillashuvi, ya’ni zamonaviy qulay transport turlarining yaratilishi xalqaro turizmning dinamik holatda rivojlanishi bilan ifodalanadi. So’nggi yillarda xalqaro turizmda sayyohlikka talabning ortib borishi, transport tarmoqlarining qatnashishi, turistik almashinishni ta’min etishda va uni to’xtatib turishda asosiy omillardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ko’pgina ommaviy turistik xizmatlarni tashkillashtirishda transport va kommunikatsiyalarning roli beqiyos muhimdir. Ayniqsa transport tarmoqlari jumladan, avtomobil yo’llari, ularning turistik ahamiyati va o’tkazuvchanlik quvvati muhim rol o’ynaydi. Xorijdan kelgan har bir sayyoh uchun birinchi ta’surot samolyot trapidan tushib, aeroport vokzaliga kirishi, yoki temir yo’l poezdida kelganlar uchun temir yo’l vokzalidan boshlanadi. Undan so’ng transport vositalarida vokzaldan mehmonxonagacha boriladi. Shu sababli turizm uchun xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlarning holati sayyohlar uchun qulay, bezarar va tusiqsiz bo’lishi zarur.
Qulay, to’la jihozlangan zamonaviy transport vositalari, yangi passajir kemalari, poezd vogonlari yaratilishi xalqaro turizm sohasida yangidan-yangi turistik yo’nalishlarning paydo bo’lishiga olib keldi. Misol, Sibir o’lkasi shimoli, Alyaska, Grenlyandiya va Shpitsbergen, Skandinaviya shimoliy hududlari, Olovli Er oroli va «juda sovuq» o’lkalarga uyushtiriladigan sayyohatlar soni borgan sari ortib bormoqda.



Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə