2-mavzu. Xalqaro turizmning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar


Dunyo okeani va dengiz qirg’oqlari



Yüklə 50 Kb.
səhifə2/7
tarix14.10.2023
ölçüsü50 Kb.
#127797
1   2   3   4   5   6   7
2-mavzu boyicha maruzalar matni

Dunyo okeani va dengiz qirg’oqlari xalqaro turizm sohasining rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatuvchi omillar bo’lib xizmat qiladi. Ular iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga sayyohlik, sayr-tomoshalarni uyushtirishda, alohida o’rinni egallaydi. Ayniqsa, Frantsiya va Italiyaning dengiz qirg’oqlari, Ruminiya va Bolgariya sharqiy sohillari, AªShda Koliforniya va Florida dengiz bo’ylari, Bagam va Bermud orollari plyajlari bilan so’zsiz xalqaro turizm va kurotlar maskaniga aylangan.
Okean va dengiz suvlarining cho’milishi uchun qulay bo’lgan qirg’oqlari tarkibiga quyidagi elementlar kiradi. Mikroiqlim, dengiz va okean suvlarining quruqlikka tutash bo’lgan joylarida suvning harorati, chuqurligi, suv to’lqinlari, ko’tarilishi, qaytishi, oqimlar, suvning shifobaxshligi, tozaligi, tiniqligi, dengiz suvi tagining relefi, suvdagi yirtqich qonxo’r baliqlar (akula) va hayvonlarning bor-yo’qligi h.k., qirg’oq chiziqlarining tuzilishi, plyajlardagi qumlar va yotqiziqlarning sifati, rangi, shakllari va qolaversa bir qator omillar ta’sir etadi.
Daryo va ko’llar ham turizm resursi yoki boyligi bo’lib xizmat qiladi. Ular er usti landshaftlarini yasatadi, mikroiqlim sharotini hosil qiladi, turistlar uchun baliq ovlash, suv sporti bilan shug’ullanish, turistik markazlar, kurort maskanlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda Avstriya, Shvetsariya, Buyukbritaniya, Vengriya, Polsha kabi mamlakatlardagi daryo va ko’l suv havzalari turizmning eng rivoj topgan turlari bo’lib hisoblanadi. Ammo, keyingi yillarda G’arbiy Evropadagi Reyn daryosi suvi haddan tashqari ekologik jihatdan ifloslanib ketish natijasida, u turizm va dam olishda oldingi o’z o’rni va mavqeini yo’qotmoqda.
Xalqaro turizmni rivojlantirishda o’rmon boyliklarining roli ham anchagina. U turistlarning dam olishida, hissiyotini (emotsiyasini) muvozanatlantirishda, lirik shart-sharoitlarni vujudga keltirishda, «tashqi dunyo»dan ajralgan holda, qisqa vaqtlarda yashashida muhim rol o’ynaydi. o’rmonlar toza havoni ishlab chiqaruvchi asosiy man’ba, salomatlikni qayta tiklovchi maskan, kurort hududlarida shovqinni qaytaruvchi asosiy vositalardan hisoblanadi.
Xorijiy sayyohlarni o’ziga ko’proq jalb qiluvchi omillardan biri - bu ekzotik (g’alati, ajoyib) hayvonlar yashaydigan joylar qo’riqxonalar, davlat buyurtmalari, milliy bog’lar, ov qilish uchun ajratilgan maxsus hududlardir. Bunday hayvonat va o’simlik dunyosining markazlari yuzdan ortiq bo’lib, Afrika, Osiyo, Evropa, Avstraliya, Amerika (AQSh, Kanada) ning sayyohat qilish mintaqalari va hududlari hisoblanadi.
Ko’pgina xorijiy turistlarni o’ziga jalb qiladigan omillardan biri, bu shifobaxsh mineral suvlar bo’lib hisoblanadi. Uning asosiy maskanlariga Rossiya, Gruziya, Vengriya, Slovakiya, Chexiya, Ukraina kabi bir qator mamlakatlar misol bo’ladi.
Xorijiy turistlarning tog’ sharoitidagi sport turlari alpinizm (Alp, Kordilera, Himolay tog’lari h.k.), chang’i sporti (Skandinaviya, Alp, Tatra tog’lari) suv ustida chang’ida suzish, suv ostida suzishlar turlari borgan sari rivojlanib bormoqda. Germaniya, Frantsiya, Italiya, Belgiya, Shvesiya, Buyukbritaniya, Gretsiya hamda AQSh mamlakatlarida xorijiy sayyohlar sport ovlari, baliq ovlashlarda keng ko’lamda ishtirok etmoqdalar.

Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə