Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

2-boshlovchi: - 
Xalqimiz, ona tilimizga befarq bo‘lmagan 
o‘zbek farzandi borki, bugun iftixor va ehtirom bilan buyuk 
bobokalonimiz Mir Alisher Navoiyni esga oladi. O‘zbek tili va 
adabiyotining ravnaqi uchun hech kim Alisher Navoiychalik 
hizmat qilmagan. 
Bobomiz go‘zal tilimiz xazinasidagi betakror dur-u 
gavharlarning latofatini kashf etib, asarlarida shunday mohirlik 
bilan qo‘lladilarki, uning dovrug‘i butun sharqqa yoyildi. 
She’riyat sultoni aytganlaridek: 
Olibmen taxti farmonimga oson,
Cherik tortmay Xitodin to Xuroson. 
O‘quvchi: 
So‘zdirki, nishon berur o‘likka jondin. 
So‘zdirki, berur jonga xabar jonondin. 
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin. 


18 
Bilginki, guhari sharifroq yo‘q ondin. 
1-boshlovchi: - 
Taniqli yozuvchilardan biri o‘z o‘rnida 
qo‘llanilmagan so‘zni yam-yashil daraxtga qoqilgan mixga 
o‘xshatgan edi. Darhaqiqat, noo‘rin ishlatilgan so‘z xoh og‘zaki 
muloqot bo‘lsin, xoh matbuotda bo‘lsin, erish tuyulishidan 
tashqari, tilga e’tiborsizlik hisoblanadi. 
2-boshlovchi: - 
“So‘zning otasi aql, onasi til”, - deyishadi 
keksalar. Muomala madaniyatida so‘z aqldan kuch, tildan ixtiyor 
oladi. Odamning odobi, dastavval, uning tilida, keyin tili orqali 
bilimida ko‘rinadi. 
1-boshlovchi: - 
Biz namoyish etmoqchi bo‘lgan sahna 
ko‘rinishi ham tilning nimalarga qodirligini yana bir bor 
isbotlaydi. 
(Quyidagi rivoyat sahnalashtiriladi). 
Podshoh bir kuni vazirlariga: - Menga eng lazzatli taom 
pishirib keltiringlar, - dedi. Vazirlar maslahatlashib, til go‘shtidan 
taom pishirib keldilar. Taom podshohga ma’qul bo‘ldi.
U: - Endi esa menga eng achhiq narsadan tayyorlangan ovqat 
olib kelinglar, - deb farmon berdi. Bu gal ham unga til go‘shtidan 
ovqat pishirib keldilar. Podshohga topshiriqning ijrosi ma’qul 
bo‘ldi va vazirlarini mukofotladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə