Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

 2-boshlovchi: - 
Davlat tili deganda, shu davlat hududida 
asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til tushuniladi. Barcha davlat 
hujjatlari davlat tilida yoziladi. Majlislar, shu tilda olib boriladi. 
 1-boshlovchi: - 
Har bir davlat o‘z tilining sofligini, uning 
boyib borishini ta’minlaydi va iste’mol doirasini kengaytirishga 
harakat qiladi, davlat tilini o‘rganish va o‘qitish uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratib beradi. 


15 
 2-boshlovchi: - 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili 
haqidagi qonuni 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan. Shuning 
uchun xalqimiz har yili ushbu kunni til bayrami sifatida 
nishonlaydi. 
 1-boshlovchi: - 
Bu kunda biz ona tilimiz haqida she’r va 
qo‘shiqlar aytamiz. Tilimizning boy va uzoq tarixini eslab, uni 
rivojlantirishga hissa qo‘shgan yozuvchilar, shoirlar, olimlar 
xotirasini yodga olamiz. 
 2-boshlovchi: - 
Sinfdoshlarimiz Xurshid Davronning “Ona 
tilim” she’rini o‘qib berishadi. 
 1-o‘quvchi: 
Kelib ketdi necha dunyolar,
Kuldi hayot, yig‘ladi o‘lim. 
Sen deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi, sen qolding tilim. 
 2- o‘quvchi: 
Belanchaging uzra Koshg‘ariy 
Kuylab o‘tdi qadim navoni 
Va navqiron yaproqlaringga 
Dil qonini berdi Navoiy. 
 3-o‘quvchi: 
Samarqanddan Bobur ketarkan,
Dilda bo‘g‘ib hasrat sasini,
Olib ketdi ona yurtidan,
Turkiy tilim birgina seni. 
4-o‘quvchi: 
Mashrabmas, sen osilding dorga,
Nodiramas, sensan so‘yilgan. 
Hoziqningmas, sening, ey tilim,
Boshing ayr-u, ko‘zing o‘yilgan. 
5-o‘quvchi: 
Ammo dushman o‘ldirgan botir 
Tirilgandek yana qasosga,
Mangu borsan va mangu qodir 
To‘ldirmoqqa yerni ovozga. 
6-o‘quvchi: 
Vatan uchun baxsh etib jonni,
Kechib olov, kirib daryoga,
Farzandlaring to‘kkan har qonni 
Shimirding sen o‘xshab giyohga. 
7-o‘quvchi: 
Ona tilim, omon bo‘l mangu,
Sen borsan-ku men ham o‘lmayman,


16 
Tildan qolsam, seni Oybekday,
Men ko‘zlarim bilan so‘ylayman. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə