Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix27.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#162352
  1   2   3   4   5   6
Yosh olimlar 1012



YOSH OLIMLAR 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/yo 
48 
O‘ZBEK TILI TARIXI. FANNING ASOSIY MOHIYATI 
Allambergenova Sharban Omirbayevna 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani, 
5-sonli maktabning O‘zbek tili fani o‘qituvchisi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.8153384 
Annotatsiya:
O‘zbek tili uyg‘ur tili bilan birgalikda qarluq tili guruhiga kiradi. Qarluq tili 
tarixiy jihatdan O‘rta Osiyo guruhiga, ayniqsa, g‘arbiy xun shaxobchasiga kirgan tillar bilan 
oiladoshdir. 
Kalit so‘zlar: 
badiiy matn, adabiy-estetik tahlil, sharhli o‘qish, izohli o‘qish, adabiy o‘qish. 
XI asrdan keyingi O‘rta Osiyo turkiy tillari, shu jumladan, o‘zbek adabiy tilining 
rivojlanishidagi ma’lum davrlarni belgilash mumkin. Til tarixini o‘rganishdagi eng muhim 
masalalardan biri – davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o‘zbek tili va unga urug‘dosh 
bo‘lgan turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari 
aniqlanishi lozim. 
Ma’lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘liqdir. Tasnif ma’lum darajada 
tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil 
printsipga amal qilinadi. 
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshg‘ariy tomonidan berilgan bo‘lsa ham XIX asrgacha bu 
tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan yedi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus olimlari 
tasnif qila boshladilar. Til tarixini o‘rganishdagi yeng muhim masalalardan biri — 
davrlashtirishdir. Davrlashtirish uchun o‘zbek tili va unga urug‘dosh bo‘lgan turkiy tillarning 
kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari aniqlanishi lozim. 
Ma’lumki, davrlashtirish turkiy tillarning tasnifi bilan ham bog‘liqdir. Tasnif ma’lum darajada 
tillar tarixini davrlashtirish demakdir. Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil 
printsipga, ya’ni tarixiylik printsipiga amal qilinadi. 
Turkiy tillarning tasnifi XI asrda M. Koshg‘ariy tomonidan berilgan bo‘lsa ham, XIX asrgacha 
bu tillarning mukammal tasnifi yaratilmagan yedi. XIX asrdan boshlab turkiy tillarni rus 
olimlari tasnif qila boshladilar. 
Ularning ba’zilari turkiy tillarni hududiy – jo‘g‘rofiy jihatdan tasnif qilsa, boqshalari 
tshsharning bir xil lingvistik beyagisiga asoslanadi. Uchinchilarida turkiy tillar tarixi xalq 
tarixi bilan yetarlicha bog‘lanmaydi. Shular ichida N.A.Baskov tasnifi ancha mukammal 
tuyuladi. 
Shuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o‘zbek tilining xususiyatlari haqida gap 
borganda buyuk Alisher Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki Alisher Navoiy o‘zbek 
xalqining ulug‘ mutafakkiri, atoqli shoiri va ulkan tilshunosi bo‘lishi bilan birga yeski o‘zbek 
adabiy tiliga asos solgan, uni shakllantirish va rivojlantirish ishiga hammadan ko‘ra ko‘p hissa 
qo‘shgan bir siymodir. Shuning uchun ham eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiy 
yetishi haqqoniy ravishda Alisher Navoiyning tabarruk nomi bilan bog‘liqdir. 
«Haqiqatdan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy 
tilidir» (X.Doniyorov. Alisher Navoiy tilining dialektal asoslarini o‘rganish masalasiga doir. 
A.N. va adabiy ta’sir masalasi. T, 1968.279). 
Ma’lumki, Alisher Navoiy har qancha ulug‘ siymo bo‘lishiga qaramay, u ham ma’lum bir 
xalqning vakili bo‘lgan va uning tili ko‘p shevalarni birlashtirganligi bilan birga, ma’lum 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə