Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

 
1-boshlovchi
: – Aziz ustozlar, endi siz uchun tayyorlangan 
xandalarni tomosha qiling. Kuling, umringiz uzoq bo‘ladi. 
(O‘quvchi va o‘qituvchilar hayotiga oid xandalar namoyish 
qilinadi) 
1-boshlovchi: -
Aziz ustozlar! Bugungi bayramga atab 
tayyorlangan tadbirimiz nihoyasiga yetdi. 
2-boshlovchi:
- Biroq dilimizda sizga bo‘lgan mehr, sadoqat, 
hurmat hech qachon tugamaydi. 
(“Xorazm lazgisi” raqsi) 
 


11 
“USTOZGA E’ZOZ” 
 
(Sahna bayramona bezatiladi. Monitorda “Birinchi 
qo‘ng‘roq” tadbirdan lavhalar va dars jarayonlari ustozlar 
haqidagi ashula asosida namoyish qilib turiladi.) 
1-boshlovchi: 
Hayot ummonida bamisli mayoq,
Yiroqlarga nazar tashlar ustozlar. 
Sodiq shogirdlarga berarkan saboq,
Doimo haq yo‘lga boshlar ustozlar. 
2-boshlovchi: 
Eng og‘ir damlarda vazminlik bilan,
Sabr ila matonat darsin o‘tarlar. 
Ezgulik singdirib dillarga har dam,
Kelajakka totli meva tutarlar.
1-boshlovchi: 
Assalom mehmonlar, mehri ziyolar,
Yuzlari quyosh-u qalbi daryolar 
Sizga ham, tengdoshlar, dildan ehtirom,
Qo‘llar ko‘ksimizda, deymiz assalom! 
 2-boshlovchi: 
Assalom-u alaykum, ustoz muallim,
Ta’limning me’mori, zarning zargari,
Muqaddas kasbingiz asrga muhr 
Hayotning eng asl noyob gavhari… 
1-boshlovchi:
- Assalomu alaykum, fidoyi, jonkuyar, sabr-
matonatga boy, qalbi ezgulikka to‘la, nur-ziyo taratuvchi ustoz va 
murabbiylar hamda tadbirimiz mehmonlari! 
2-boshlovchi:
- Bugun biz o‘z qalb qo‘ri, ko‘z nurini, mehr-
muhabbatini Vatan kelajagi uchun baxshida etgan, buyuk 
O‘zbekistonga har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni 
tarbiyalashdek mas’uliyatli va sharafli vazifani zimmalariga olib
bu oliyjanob ishni sidqidildan bajarishga bel bog‘lagan 
ustozlarimizni, muallim-u murabbiylarimizni tabriklash, e’zozlash 
maqsadida to‘plandik. 
1-boshlovchi:
-Ustoz, o‘qituvchi, muallim, murabbiy. Bu 
so‘zlar bir-birini aynan takrorlanmasa-da, ma’no-mohiyati yaqin. 
Zamirida olam-olam ma’no mujassam. Eng avvalo, yozish va 
qanday o‘qishni o‘rgatgan inson – ustozdir. 


12 
2-boshlovchi:
-O‘qish, yozishni bilgach, kitobga ixlos 
uyg‘otgan ham shu muallim! Yaxshi o‘qisak, xursand bo‘lgan, 
a’lodan past bilsak, darhol yeng shimirgan, yuragimizga qo‘l 
solib, yana ilm sari yo‘naltirgan-da shu birinchi o‘qituvchimiz! 
1-boshlovchi:
- Darhaqiqat, barcha orzu-umidlari ro‘yobini, 
baxtini farzandlari kamolida ko‘radigan xalqimiz hamisha ustoz 
zotini ulug‘lab, ularga cheksiz hurmat-ehtiromini namoyon etib 
kelgan va shunday bo‘lib qoladi. 
Azaldan ustozni ulug‘lar xalqim,
Ularga ezgulik tilamoq haqqim. 
Bunchalar buyuksiz, bunchalar zukko,
Umringiz mo‘jiza -yetmaydi aqlim. 
2-boshlovchi:

Haqiqatan 
ham, 
o‘quvchilarni o‘z 
farzandidek qabul qilib, mehr ko‘rsatib, ilm berishdek ulkan, 
zahmatli, oliyjanob vazifani ado etishda o‘qituvchilarning hissasi 
benihoya kattadir. O‘z umrini o‘zgalar yo‘lini oydin qilishga 
bag‘ishlagan ustoz va murabbiylarni mash’alaga qiyoslash 
mumkin. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə