Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

 2-boshlovchi: - 
Marhamat, navbatni yana ona tilimizni 
madh etuvchi she’rlarga beramiz. 
“Ona tilim o‘lmaydi” 
(Erkin Vohidov she’ri). 
“Ona tilim”
 (Mirtemir she’ri).
“Til”
 (Avaz O‘tar she’ri). 
 
1-boshlovchi: - 
Davlat tili haqidagi qonun bizga nima uchun 
kerak?- “Bu qonun o‘zligimizni saqlab qolish, tilimizni yo‘qotib 
qo‘ymaslik uchun, o‘zbek degan xalqning yo‘q bo‘lib ketmasligi 
uchun kerak”, - degan O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov. 
1-o‘quvchi: - 
Yer yuzida qancha millat, xalq, elat bo‘lsa, 
shuncha til bor. Tilsiz xalq yo‘q, xalqsiz til ham bo‘lmaydi. Bular 
egizak tushunchalardir. Ularni bir- biridan ayirib bo‘lmas. Agar 
ayirib qo‘yilsa, ikkisi ham o‘zligini yo‘qotadi. Xalq boshqa bir 
xalqqa qo‘shilib ketadi. 
2-o‘quvchi: - 
Har bir millat o‘z hayoti davomida aloqa 
quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi. 
3-o‘quvchi: - 
Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda 
onaning o‘rni beqiyos. Bola ilk tovushlarni, so‘zlarni onasidan 
eshitib, o‘rgangani bois, ona tili deyiladi. 
2-boshlovchi: - 
Milliy til millatning birinchi belgisidir. 
Shuning uchun har bir millat istiqbol uchun kurashsa, dastlab 
milliy tilning sofligi, uning qadr-qimmatini tiklash uchun 
kurashadi. Til o‘tgan avlodlar tajribasi, bilimlari natijasini kelgusi 
avlodlarga yetkazuvchi ko‘prik hamdir. Til shaxsning o‘zini 
o‘ziga tanitadi, milliy iftixor tuyg‘usini kamol toptiradi. 
1-boshlovchi: - 
Bunga quyidagi rivoyat ham yaqqol misol 
bo‘ladi. 
(

Til qudrati” nomli rivoyat sahnalashtirib ijro etiladi).
Qadim-qadimlarda oqil va odil bir odamning suluv qizi 
bo‘lgan ekan. Shu qizga ikkita yigitning ishqi tushibdi. Qiz 
ulardan qaysi biriga ko‘ngil berishni bilmay qolibdi. Yigitlar 
qizning visoliga yetishish ilinjida yelib yuguraveribdi. Nihoyat, 
qiz ularga shunday debdi: “Men yurt farzandi bo‘la oladigan 


17 
o‘g‘ilga ona bo‘lishni istayman. Uni qanday tarbiyalashga 
qodirliklaringizni bilishim kerak. Ana shunga qarab sizlarga 
qarorimni aytaman”. 
-Bu ish faqat mening qo‘limdan keladi. Men unga ilm 
o‘rgataman. Riyoziyotdan, falakiyotdan saboq beraman. Siyosat 
bilan shug‘ullanadi. Ajnabiy tillarni egallaydi. Olamga dong 
taratadi, - debdi birinchi yigit. 
Navbat ikkinchisiga kelganda, u aytibdi: “Avlodlardan 
avlodlarga meros qoladigan asosiy boylik tildir. Xalqning umr 
o‘lchovini uning tili belgilaydi. Dunyodagi bor go‘zallik va sehrli 
ona allasini eshitmoqlik baxti til bag‘rida, maqsadimni 
anglagandirsan? Men o‘g‘limni tiliga xiyonat qilmaslikka
qo‘shiq, ertak, dostonlar aytib, mana shu ona tilimiz uchun jonini 
ham ayamaslikka o‘rgataman”. 
Bu gaplardan olim yigit qahqaha urib kulib, raqibini aqli 
pastlikda ayblabdi. “Janjallashmanglar, - debdi qiz, - yurtda ulug‘ 
donishmand bor, uning huzuriga boramiz. Hammasi o‘sha joyda 
hal qilinadi. Uning hukmi mening uchun qonun bo‘ladi”. 
Donishmand yoniga borishibdi. U nizoga sabab bo‘lgan 
barcha gaplarni tinglabdi-yu, aqli pastlikda ayblangan yigitga 
debdi: ”Qiz seni sevadimi-yo‘qmi bilmayman, lekin otalik 
sharafiga sen loyiqsan...”. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə