Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

2 – boshlovchi: - 
Navbat so‘zlashish madaniyati haqidagi 
maqol va she’rlarga. 
(O‘quvchilar birin – ketin maqol va she’rlar aytadilar). 
 
1 – boshlovchi: - 
Alisher Navoiy ona tili xazinalarini ochib 
ko‘rgach, uni shunday ta’riflagan edi: “Tilimiz 18000 olamdan 
bayroq bo‘lgan shunday bir xazinaki, har bir dur –u gavhari, ya’ni 
so‘zlar osmon yoritgichlaridan ham porloq, shunday bir gul-u 
chaman lolalaridan go‘zalroqdir”. Aziz bolalar, siz mana shu 
buyuk xazinaning sohibisizlar. Uni asrang va qadrlang. 
2 – boshlovchi: - 
O‘zaro so‘zlashuvda muloqot odobiga 
rioya qilish, vaziyatga qarab fikr bildirish, yoshni e’tiborga olib 
muomala qilish, go‘zal va bama’ni so‘zlash – bu insoniylik 
belgilaridan ekan, unga amal qilish burchimizdir. 
Boshlovchilar birgalikda: - 
Xayr. Salomat bo‘ling! 


19 
8-DEKABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
KONSTITUTSIYASI KUNI 
 
“QOMUSIMIZ – BAXTIMIZ” 
Gullar bilan bayramona bezatilgan sahna markaziga 
Konstitutsiya kitobining kattalashtirilgan nusxasi osiladi. Huquqni 
himoya qilish idoralari vakillari, mehmonlar taklif etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yangraydi. 
1- boshlovchi: 
Vatan- ona so‘zi naqadar laziz,
Sensan har narsadan mo‘tabar aziz. 
Hurmatingni saqlar har bir o‘gil-qiz,
Muqaddas, mo‘tabar ulug‘, vatanim,
O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan.
2-boshlovchi: 
Vatanlar shodasi ichra durdona,
O‘zingsan dunyoda tanho yagona. 
Qoshingda bir umr bo‘lib parvona,
Vatanim, koringga yarasam deyman. 
2-boshlovchi: - 
Hurmatli ustozlar, aziz bilim ahli va qadrli 
mehmonlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilingan kunga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan bayram tadbiriga xush 
kelibsizlar. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə