Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim



Yüklə 47,49 Kb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü47,49 Kb.
#137393
  1   2   3   4   5
“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat (2)


Mavzu: Ismoilbek Gaspirali (1851-1914) ning hayoti va faoliyati.
Prezident Sh.Mirziyoyev ilgari surgan
Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” g'oyasining mazmun-mohiyati.
Reja:

  1. Ismoil Gaspirali hayoti

  2. Ijodiy faoliyati va jadidchilik faoliyati

  3. Davlatimiz rahbari “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyasi



Ismoil Gaspirali (Gasprinskiy, Gaspiralik) — qrim-tatar millatiga mansub ziyoli qatlam vakili, pedagog, noshir, yirik siyosiy va jamoat arbobi . U jadidchilik va panturkizmning asoschilaridan biri deb ham hisoblanadi Erta bolaligida uning tarbiyasi va oʻqishi bilan onasi shugʻullangan, keyin otasi uni boshlangʻich maktabga (mektebe) bergan. Keyingi yillarda Simferopol davlat erkaklar gimnaziyasida, shundan soʻng, otasining talabi bilan Ismoil Voronej harbiy bilim yurtining kursanti boʻldi va birozdan keyin ikkinchi Moskva harbiy gimnaziyasiga tahsil olgani oʻtdi[4]. Ammo yigit harbiy ishlarga mutlaqo qiziqmasdi. Shu sababli, u oʻz hayotini ona xalqiga xizmat qilishga bagʻishlashga qaror qilib, harbiy gimnaziyani tark etdi. Ismoil Gaspirali Moskvadan yana Simferopolga qaytib keldi, erkaklar gimnaziyasida imtihondan oʻtdi va endi boshlangʻich maktab oʻquvchilariga rus tilidan dars berish huquqiga ega boʻldi. Bu yerda u boshlangʻich maktab oʻqituvchisi boʻldi. Avvaliga Ismoil hayotdan ham, ijoddan ham mamnun edi, unga quyosh ostida oʻz oʻrnini topgandek tuyuldi. Yigit ishtiyoq bilan ishga kirishdi, lekin bu uzoq emas, yaʼni 1871-yilda Parijga ketguniga qadar davom etdi. 1871-yilda u Fransiyaga joʻnab ketdi va u yerda Sorbonnada (Parij universiteti) tahsil oldi. Bu yerda Ismoil Gaspirali bir muddat ikki nashr — "Moskva yangiliklari" va "Rossiya xabarnomasi"ning muharriri M.Katkov bilan birga yashadi. Xuddi shu davrda u rus yozuvchisi Ivan Turgenev bilan uchrashdi, u bilan yaqindan tanishdi. Ismoil Gaspirali shu yillari jurnalistikaga qiziqib qoldi, maʼrifat borgan sari uni oʻz domiga torta boshladi. "Ashet" agentligiga tarjimon boʻlib ishga kirdi. Ismoil Gaspirali Fransiyaa poytaxtining ijtimoiy va madaniy hayotiga juda qiziqdi, u Sorbonnada maʼruzalarda qatnashdi, Turgenevning shaxsiy kotibi lavozimini egalladi. Oradan uch yil oʻtib, 1874-yilda yigit Istanbulga joʻnab ketdi.
Ismoil Gaspirali (Gasprinskiy)ning vatani (Gaspirali) — Yalta tumanidagi kichik Avjikoʻy qishlogʻi hisoblanadi[5][6]. Ammo baʼzi manbalarda butunlay boshqa qoʻshni qishloq — Ulu-Sala[7] tugʻilgan joyi deb koʻrsatiladi. Boʻlajak maʼrifatchi 1851-yil 8-martda (yangi uslub boʻyicha 20-martda) tugʻilgan. Uning otasi Mustafo Ali-oʻgʻli Gasprinskiy[8] rus armiyasida ofitser sifatida xizmat qilgan. Uning oʻzi Gaspra qishlogʻidan kelgan, shuning uchun u oʻzini Gasprinskiy (yaʼni Gaspriyalik degan maʼnoda) deb yozdirgan. Ismoilning onasini ismi Fatma-Sulton Temir-Gozi-qizi (turmuchga chiqishdan oldin uning familiyasi Kantakuzova edi) boʻlgan. 1854-yil aprel oyida oila zodagonlik unvonini oldi[9].
1874—1875-yillarda Ismoil Turkiyada yashagan. Turkiya poytaxtida turk tili boʻyicha oʻz bilimini oshirdi, bu mamlakat madaniyatini oʻrgandi, xalq taʼlimi tizimini oʻrgandi. Ismoil ikki yildan soʻng, 1876-yilda oʻz vatani Qrimga qaytib keldi va yana oʻqituvchi boʻlib ishga kirdi. 1878-yil mart oyida pedagog Baxchisaroy shahar dumasiga ovoz beruvchi (deputat) etib saylandi. Oʻsha yilning noyabr oyida u shaharni boshqarishni boshladi. 1879-yil 13-fevraldan 1884-yil 5-martgacha — Baxchisaroy shahar hokimi boʻldi. Ismoil Gaspirali faoliyati davomida Baxchisaroyning oddiy aholisi yangi shifoxonada davolanish imkoniyatiga ega boʻldi, chiroqlar koʻrinishidagi koʻcha yoritgichlari paydo boʻldi, shahar byudjeti sezilarli darajada oshdi. Ismoil Gaspirali bu lavozimda 1884-yil mart oyining boshigacha ishladi.
Shundan soʻng u oʻzini eng koʻp oʻziga tortadigan narsaga — madaniy-maʼrifiy tadbirlarga shoʻngʻidi. Ismoil Gaspirali hatto oʻz gazetasini chiqarishga qaror qildi va oradan maʼlum vaqt oʻtgach, bu gʻoyasini amalga oshirdi.

Yüklə 47,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə