Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

9- o‘quvchi:
- Har birimiz dam olish huquqiga egamiz. Aks 
holda, biz o‘z burchlarimizni bajarishga kuch topa olmay qolamiz. 
10- o‘quvchi:--
Bolalar ta’lim olish (yani maktabda o‘qish) 
huquqiga egadir. Har kim ta’lim olish huquqiga ega. (41- modda) 
11- o‘quvchi:
-
Huquqlar o‘z navbatida burchlarimizni 
eslatib turadi, a’lo baholarga o‘qish – har bir o‘quvchining asosiy 
burchidir. 
12-o‘quvchi: -
Shu kabi atrof muhitni, ona tabiatimizni
qushlar va hayvonlarni asrab-avaylash ham bizning burchimizdir. 
Fuqarolar atrof – muhitga ehtiyotkorona munosabatda bolishga 
majburdirlar. (50- modda) 
13-o‘quvchi
:- Jamiyat uchun zararli va qonun bilan 
ta’qiqlangan xatti-harakatlar huquq buzarlik deyiladi. 
SAHNA KO‘RINISHI 
1. Aziza magnitofonning ovozini baland ko‘tarib raqsga 
tushadi va qo‘shnilarning tinchini buzadi. Qo‘shnilar bir-ikki 
marta ogohlantirishadi.
2. Sardor o‘z ortog‘i Saidni bir-ikki marotaba baland ovozda 
chaqiradi. Said javob bermagach, derazasiga tosh otib sindirib 
qo‘yadi. 
3. Elbek sinf partasiga, maktab devoriga rasmlar chizib 
ketadi. 
2-boshlovchi:
- Ha, aziz o‘quvchilar, biz o‘z huquqlarimizni 
bilish bilan birga, boshqalarning huquqini ham hurmat qilishimiz 


24 
kerak, aks holda, yuqoridagi kabi huquqbuzarlik va ko‘ngilsiz 
voqealarga duch kelishimiz mumkin. 
1- boshlovchi:
- Davlatimiz tomonidan o‘rnatilgan barcha 
uchun majburiy qoidalar, qonunlar mavjud ekanligini va bu 
qonunlarning 
asosiy 
vazifasi 
fuqarolarni 
himoyalashdan 
iboratligini barchamiz yaxshi bilamiz. 
2-boshlovchi:
- Zero, biz o‘z vatanimizni chin dildan 
sevamiz va u bilan faxrlanamiz. Vatanimizga bo‘lgan 
muhabbatimiz esa vatanparvarlik belgisidir. Biz-O‘zbekistonning 
har bir fuqarosi, ona-yurtimizning ravnaqi va nurli kelajagi uchun 
mas’ulmiz. 
1- boshlovchi:
- Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek, 
buyuk bobolarimizning ulug‘ niyatlari va ishlarini davom 
ettirishga burchlimiz. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə