Oziqa yetishtirish va yaylovshunoslik



Yüklə 5,22 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü5,22 Kb.
#168885
Oziqa yetishtirish va yaylovshunoslik

208 guruh talabasi Muhammadiyev Jasurbek

Mavzu: Oziqa yetishtirish va yaylovshunoslik

Mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni taʼminlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sogʻligʻini himoya qilish boʻyicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, chorva mollarining naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik yoʻnalishidagi chorvachilik xoʻjaliklari faoliyatini hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishda yirik tadbirkorlik subyektlari koʻpaytirilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etilmoqda.

Respublikada naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli tashkil etish, qishloq xoʻjaligi hayvonlari orasidagi epizootik osoyishtalik hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash maqsadida:

Joriy yildan yaylov yer maydonlarining elektron hisobi yuritiladi 2023-yil 1-avgustgacha yaylov yer maydonlarining elektron hisobini yuritish yo‘lga qo‘yiladi. Ijaraga berilgan yaylov yer maydonlari esa (o‘rmon fondi yerlari bundan mustasno) xatlovdan o‘tkazilib, yaylovlardan foydalanishning holati hamda shartnoma talablari bajarilganligi o‘rganiladi. Bu borada yaylovlarni muhofaza qilishga oid Prezident farmoni qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, xalqaro moliya institutlarining 7,8 mln AQSh dollari miqdoridagi grant mablag‘idan 2023-yilda quyidagi choralar ko‘riladi:

yillik quvvati 10 ming tonna bo‘lgan mayda shoxli mollar uchun omuxta yem ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil qilish;

chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasini tashkil qilish;

  • qorako‘lchilik-naslchilik xo‘jaliklarida 500 ming bosh mayda shoxli mollarni raqamli identifikatsiya qilish.
  • Tahlillarga koʻra, hozirgi kunga kelib, mamlakatda mavjud 21 mln. Gektar yaylov maydonlarining 78 foizi degradatsiyaga uchragan. Qolgan maydonlarda ham ahvol yaxshi emas. Xususan, 20 foizdan ortiq maydondagi yaylov va pichanzorlarda oʻsimliklar soni va turlari kamayib, mahsuldorlik 2 barobarga, jumladan ozuqa ekinlari hosildorligi gektariga oʻrtacha 2 sentnerga qisqargan. Degradatsiyaga uchragan yaylovlarni aniqlash, tiklash hamda hosildorligini oshirish borasida deyarli biror bir amaliy ish qilinmagan. Oʻtgan asrning 90-yillarida yaylovlarimizda 270 tadan ziyod oʻsimlik turi uchragan boʻlsa, bugungi kunga kelib ularning 42 turi qolgan, xolos. Albatta, keyingi yillarda paxta maydonlarini qisqartirib, poliz ekinlarini yetishtirish, bogʻ va tokzorlar barpo etishga katta ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, chorvachilik bilan shugʻullanuvchi fermerlar safi ham kengaydi.

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yillik quvvati 10 ming tonna boʻlgan mayda shoхli mollar uchun vitamin va minerallar bilan boyitilgan omuхta yem ishlab chiqaruvchi korхonalar;

Samarqand viloyatida Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bazasida Chorva hayvonlari genetik tadqiqoti laboratoriyasi tashkil etiladi;

Yaylov хoʻjaligini rivojlantirish uyushmasiga a’zo qorakoʻlchilik-naslchilik хoʻjaliklarida 500 ming bosh mayda shoхli mollarni raqamli identifikatsiya qilinadi.

  • Mazkur tadbirlar хalqaro moliya institutlarining grantlari hisobidan ajratilgan 7,8 mln AQSh dollari hisobidan amalga oshiriladi.

Yüklə 5,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə