Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar) yo`nalishi 432-22-guruh talabasi Saloxiddinov Jasurbek itt fanidan tayyorlagan slaydi



Yüklə 412,9 Kb.
tarix29.04.2023
ölçüsü412,9 Kb.
#107680
Mirzo Ulug’bek nomidagi.. itt fanidan

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universtiteti Jizzax filiali Psixologiya fakulteti Iqtisodiyot(tarmoqlar va sohalar) yo`nalishi 432-22-guruh talabasi Saloxiddinov Jasurbek ITT fanidan tayyorlagan slaydi

/

Mavzu: Qadimgi Xitoydagi Iqtisodiy g`oyalar.


1. Xitoy mutafakkiri Konfutsiy. 2.Guan Sizi iqtisodiy faoliyati. 3.Konfutsiy ta`limoti.
Reja:

Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida. Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikri-cha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyli-gini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (deh-qonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mul-ki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu yerda u xo’jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo’yadi. Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishi-lar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb ta‘kidlaydi.


Konfutsiy
(m.av.551-479-y).

Konfutsiy ta‘limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomoni-dan jamiyat toifalariga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risi-da, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limo-tidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar regla-mentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».

Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini o’rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko’pgina qadimgi Xitoy asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ o’rganishlardan ko’ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi mulohazalari bilan cheklangan.7

Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g’oyalari keng tarqal-gan. Bu asarda ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko’ril-maydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko’rsatili-shicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisob-lash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi.

Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mual-liflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almash-tirish, ya‘ni ulardan foydalanib ishlab chiqarila-digan tovarlarga bo’lgan soliqni kengaytirishni tavsiya etadilar. Guan Szi faol tarzda siyosatni o’z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshi-dan kechirmoqda va G’arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo’yicha fikrlar olish uchun murojaat qilmoqdalar. 


Yüklə 412,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə