Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/63
tarix17.12.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#149753
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish

 2-boshlovchi: - 
O‘zbekiston mustaqilikka erishgach 
jamiyatimizda xotin-qizlarga e’tibor, g‘amxo‘rlik yildan yilga 
beqiyos ravishda ortib bormoqda. Ularning manfaatini himoya 
qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
1-boshlovchi:
- Zero, barchamizni shu yorug‘ dunyoga 
keltirib, tarbiyalab voyaga yetkazuvchi, o‘z umrini farzandlariga 


30 
baxshida etuvchi onalarni qanchalik ulug‘lasak, e’zoz ko‘rsatsak 
ham oz.
2-boshlovchi:
Sizga qutlov, sizga ta’zim,
Sizga qutlov assalom.
Chin yurakdan sizga dermiz,
Ehtirom she’riy kalom. 
1-boshlovchi:
Aziz onajonlar, dilbar singillar,
Istiqlol kunida orzu ushalsin.
Toshlardan yursangiz to‘shalsin gullar,
Qutlug‘ poyingizga janbul to‘shalsin.
(O‘quvchilar tomonidan raqs namoyish etiladi) 
1-boshlovchi:
-Xo‘sh, endi onajonlarimiz bir qo‘li bilan 
dunyoni, bir qo‘li bilan beshikni tebratadigan mehribonlarimiz 
haqida nimalar deysiz. 
1-
o‘quvchi: Ona qanchalik ulug‘, qanchalik mo‘tabar zot! 
2-
o‘quvchi: Ayol! U avvalo volida, Vatan qadar ulug‘ 
zot!
3-
o‘quvchi: Onalardan tog‘lar viqor olgan, quyosh 
haroratni o‘ziga singdirgan, gullar tabassumni o‘rgangan. 
4-
o‘quvchi: Uning qalb tafti jumlai jahonni ham isitishga 
qodir. 
5-
o‘quvchi: Onajonlar! Siz mehri daryo, qalbi роk
dilimizning quvonchi, ko‘zlarimizning nurisiz. 
6-
o‘quvchi: Onalar. Sizlar haqingizda qanchalar ko‘p 
gapirsak, shunchalar oz tuyuladi. 
7-
o‘quvchi: Sizning ta’rifingizni bayon etishga til ham 
ojizlik qiladi. 
8-
o‘quvchi: Ona hayot osmonida 
Yorqin quyosh bo‘lib charaqlar,
Farzand uchun kerak bo‘lsa u,
Hatto cho‘g‘ni kaftida saqlar
Bormi bu dunyoda onadan aziz. 
Ona bilan har bir xonadon aziz. 
9-
o‘quvchi: Qatra qondan bino dilbandin,
Boshi uzra bo‘lib parvona. 


31 
Farzandining oromi uchun,
Oromini yo‘qotar ona. 
Bormu bu dunyoda onadan aziz,
Ona bilan har bir xonadon aziz. 
10-
o‘quvchi: Farzandining oyoqlariga,
Tasodifan kirsa bir tikan.
Eng avval u mushfiq onaning,
Yuragiga sanchilar ekan.
Bormi bu dunyoda onadan aziz,
Ona bilan har bir xonadon aziz. 
11-
o‘quvchi: Bu dunyoda yo‘qdir quyoshing,
Ulug‘vorlik nomingdan ayon. 
Ming tashvishlar qo‘yniga olsin,
Dalda berib bo‘lding namoyon. 
12-
o‘quvchi: Inson umri turfa xil ohang 
Jaranglaydi goh g‘amgin, goh shod 
Kurashlarda qalb tortsa tarang 
Ko‘z oldingga kelarkan bir zot.
13-
o‘quvchi: Xohi dardda, xoh g‘amda behad,
Tipirchilab qiynalarkan jon. 
Bu lablardan to‘kilur faqat,
Sening aziz noming onajon. 
14-
o‘quvchi: Go‘dak chog‘ingdan onagga qarash 
Tinmas mehnatkash otangga qarash
Agar ota-onang buyursa bir ish
Farzanddan lozimdir labbay deb turish. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə