Texnika falsafasi


M.Xaydegger va M.Fuko taklif qilgan tadqiqot metodlari



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə4/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

M.Xaydegger va M.Fuko taklif qilgan tadqiqot metodlari. Biz bu faylasuflarni falsafiy tafakkurning bir yo‘nali-shiga mansub, deb hisoblamaymiz. Shunga qaramay, ular murakkab fenomenlar (texnika)ni o‘rganish uchun o‘tkazgan tadqiqotlarning ba’zi jihatlari bir-biriga yaqin. Masalan, ikkala faylasuf ham o‘z izlanishlarida “to‘g‘ri fikr – hamisha yangi fikr”, degan metodologik mo‘ljalga tayanadi24. Hozirgi davrning murakkab fenomenlari haqida mulohaza yuritar ekan, M.Xaydegger ham, M.Fuko ham vujudga kelgan, mavjud bo‘lgan va tanqid qilinayotgan hodisalarni emas, balki “ehtimol tutilgan” hodisalar (ehtimol tutilgan texnika, ehtimol tutilgan seksuallik)ni, ya’ni bizni yaqin yoki uzoq kelajakda qanoat-lantiradigan hodisalarni nazarda tutadi. O‘rganilayotgan fenomen-larga nisbatan ishlarning mavjud holatini M.Xaydegger ham, M.Fuko ham salbiy baholagani, shuningdek, ishlarning mazkur hola-tini ular yuqorida zikr etilgan fenomenlarni anglash shakllariga bog‘liq deb hisoblaganlari bois, ikkala faylasuf ham, bir tomondan, ushbu murakkab hodisalarni anglashning mavjud shakllariga to‘sqin-lik qilishni, boshqa tomondan esa, ayni shu fenomenlarni yangicha tushunish xususiyatlarini belgilashni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi.
Darhaqiqat, texnikani tahlil qilar ekan, M.Xaydegger, eng avvalo, texnikaning (faoliyat vositasi sifatidagi) instrumental talqini ham, uning neytral fenomen sifatidagi talqini ham texnikaning mohiyatini tushunishga monelik qilishini ko‘rsatadi. Texnikaning mohiyati haqida gapirar ekan, M.Xaydegger o‘zi yashagan davr texnikasini tushuntirish imkoniyatinigina emas, balki unga ongli ta’sir ko‘rsatishni (masalan, uning hukmidan xalos bo‘lishni) ham nazarda tutadi. Xususan, texnikaning instrumental talqini xususida so‘z yuritar ekan, M.Xaydegger u “tahlika uyg‘otadigan darajada to‘g‘ri” ekanligini ta’kidlaydi. Lo‘nda qilib aytganda, M.Xaydegger texnika haqidagi masala inson va tabiat haqidagi masala ekanligini qayd etadi.
M.Fuko seksuallikning odatdagi naturalistik va mifologik talqini uning mohiyati tabiatini zamonaviy diskurs hamda hokimiyat munosabatlari sifatida tushunishga monelik qilishini isbol2tlashga harakat qiladi. Ko‘rib turganimizdek, hodisalar mohiyatini ikkala faylasuf ham oddiy falsafiy anglab yetishdan o‘zgacha tushunishadi. M.Xaydeg-ger uchun bu texnika haqida o‘zgacha fikr yuritish, uning hukmidan qanday qilib xalos bo‘lish mumkinligini, texnikaga inson uchun kerakli yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatish uchun nima qilish kerakligini tushunish imkoniyati. M.Fuko uchun seksuallikning mohiyati – u haqda yangicha fikr yuritish, uning inson va madaniyat uchun ahamiyatiga baho berish, uning hokimiyatning alohida shakli sifatidagi ahamiyatini tushunish imkoniyati.
M.Xaydegger hozirgi zamon texnikasi tabiiy fan bilangina emas, balki kengroq ma’noda yangi davr metafizikasi bilan ham bog‘liq, degan g‘oyani ilgari suradi. Uning fikricha, yangi davr meta-fizikasi sub’ektivizm va dunyo ustidan hukmronlik g‘oyalarini targ‘ib qiladi25. “Inson sub’ektivizmi texnik uyushgan insonning umumbashariy imperializmida o‘z cho‘qqisiga ko‘tariladi. Bu cho‘qqidan u uyushgan bir andozalilik maydoniga tushadi va shu yerda qo‘nim topadi. Bu bir andozalilik Yer ustidan to‘laqonli, ya’ni texnikaviy hokimiyatni o‘rnatishning eng ishonchli vositasidir”, deb yozadi M.Xaydegger 1938 yilda o‘qilgan “Dunyo manzarasining vaqti” ma’ruzasida26. Sub’ektning tabiat va tarix ustidan hukmronligi g‘oyasi hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni to‘g‘ri aniqlash imkoniyati, M.Xaydegger fikriga ko‘ra, hozirgi zamon fani va texnika o‘rtasidagi munosabatni belgilaydi.
Shunday qilib, texnika, bir tomondan, hozirgi zamon tabiat-shunosligi va metafizika bilan, boshqa tomondan esa, alohida usulda tashkillashtirilgan ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liq. M.Xaydeg-ger fikriga ko‘ra, ishlab chiqarish doirasida inson ham, tabiat ham texnikaga aylanadi, bu esa insonning mavjudligiga tahdid soladi. Texnika bilan belgilangan inson, texnik borliqning tarkibiy qismi sifatida, texnikaga qarshi ish ko‘ra olmaydi; uning tabiatga doir qarorlari texnik tamoyillarni aks ettiradi, u biron-bir boshqacha notexnikaviy harakatlarni o‘ylab topa olmaydi27. Bu o‘rinda shuni e’tiborga olish lozimki, texnikaning mohiyati, M.Xaydeggerga ko‘ra, texnikaga yangi davr odamining dunyoqarashi nuqtai nazaridan yondashishni, hozirgi zamon ishlab chiqarishi, fani va iste’molidan kelib chiqishni nazarda tutadi. Insonni halokat yoqasiga olib kelib qo‘ygan texnikaga salbiy baho berish ham muhim28. Xuddi shuningdek, M.Fuko ham seksuallikni yaxlitlikning bir qismi sifatida talqin qiladi, mohiyat-e’tibori bilan uni inson-ning intim kechinmalari ustidan nazorat repressiv ijtimoiy amaliyotlariga javoban vujudga kelgan o‘ziga xos patologiya sifatida salbiy baholaydi.
M.Xaydegger ilgari surgan fikr-mulohazalarni tahlil qilar ekan, V.Xyosle, bir tomondan, texnika muammolarini texnik metodlar bilan (texnik diskurs va paradigma doirasida) yechish mumkin emas, degan fikrga qo‘shiladi, boshqa tomondan esa, M.Xaydegger muammo-ning ijobiy yechimiga yo‘l topa olmagan, chunki faol axloqiy pozitsiyani egallashdan ko‘ra falsafiy mushohada yuritishni afzal ko‘rgan, deb hisoblaydi. “Albatta, M.Xaydeggerning ogohlantirishi-ga juda jiddiy qaralishi lozim, – deb yozadi V.Xyosle. – Texnika muammosini faqat texnika yordamida yechish mumkin deb hisoblash aslida xavfli yanglishishdan boshqa narsa emas. Texnikani o‘zlash-tirish niyatining o‘zi texnik fikrlash uslubi ifodasidir”29.
Mishel Fuko o‘xshash muammoni muhokama qilar ekan, “dispo-zitiv” tushunchasini qo‘llaydi. Texnikaga tatbiqan uning javobi quyidagicha: texnika dispozitivini unga ijtimoiy harakatning alohida tipini bog‘lab o‘rganish lozim. Bu fikrning mazmunini anglab yetish uchun M.Fuko dispozitiv deganda nimani tushunadi va u qanday ijtimoiy harakatni nazarda tutadi, degan savollarga javob topishga harakat qilamiz.
Dispozitiv” tushunchasi. M.Fukoning ijodiy fikrlash man-tiqini tahlil qilish quyidagi sxemani tuzish imkoniyatini beradi. U tadqiqot metodi sifatida madaniy-tarixiy yondashuvni tanlab, ishni yuzada yotgandek bo‘lib tuyulgan fenomenlar – til va narsalar tahlilidan boshlaydi (uning mashhur kitobi “So‘zlar va narsalar” deb ataladi). Shu tariqa M.Fukoda dastavval narsalar va dunyo haqi-da fikr bildirish sifatida tushunilgan diskursga qiziqish paydo bo‘ladi. Ammo u amalga oshirgan tahlilning boshidayoq til va narsa-lar mavjudligining alohida konteksti, aniqroq aytganda, ijtimoiy amaliyot nazarda tutiladi. Bu amaliyot, bir tomondan, tarixiy va madaniy nuqtai nazardan, boshqa tomondan esa – ijtimoiy nuqtai nazardan, hokimiyat va boshqaruv munosabatlari sifatida o‘rgani-ladi. Shundan so‘ng M.Fuko kantcha aql-idrok talablari ruhida til va narsalar mavjudligi (hayoti) belgilagan sharoitlar tahliliga o‘tadi. M.Fuko tadqiqotlari, birinchidan, fikr bildirishni me’yorga soluv-chi qoidalar, ikkinchidan esa, narsa va qoidalar yaratiladigan hamda faoliyat ko‘rsatadigan amaliyotlar ekanligini ko‘rsatadi. 1978 yili Tokio universitetida o‘qigan ma’ruzasida M.Fuko o‘z faoliyatini fan tarixchisi sifatida boshlaganini, fanning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tashkil etilishini uning ichki oqilona struktura-laridan emas, balki unga tayanch bo‘lib xizmat qilgan tashqi omillar-dan kelib chiqib o‘rganadigan fan tarixi mavjud bo‘lishi mumkinmi, degan savol uning qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan dastlabki savollar-dan biri bo‘lganini qayd etadi30.
M.Fukoning mantiqiy jihatdan navbatdagi qadami – omil va sharoitlarni (endi qoida va amaliyotlarga nisbatan) izlab hokimiyat munosabatlari tahliliga o‘tish. Faylasuf tahlilining uchala qatla-mi ham “dispozitiv” tushunchasi bilan bog‘lanadi. Bu tushunchaning mazmunini M.Fuko seksuallik tarixiga oid material asosida atrof-licha tahlil qiladi. Tahlilning uchala bosqichida ham odatdagi tasav-vurlar tanqid ostiga olinadi. Shu tufayli ham “diskurs” tushunchasi M.Fukoda ikki xil ma’no kasb etadi: birinchisi – ijtimoiy ong doirasida ilgari suriladigan, ilmiy va falsafiy adabiyotlarda muhokama qilinadigan “ommaviy” diskurs; ikkinchisi – tadqiqotchi (ayni holda M.Fuko) ishlarning haqiqiy holati sifatida aniqlay-digan va gavdalantiradigan “ochiq diskurs”. Bir tomondan, M.Fuko ommaviy diskurslarni muttasil ravishda tavsiflaydi va qattiq tanqid qiladi, boshqa tomondan esa – yashirin diskurslarni gavdalan-tiradi va tahlil qiladi.
Shunday qilib, M.Fuko metodi – ommaviy diskurs – bilimlar-dan yashirin (gavdalantiriladigan) diskurs – amaliyotlar sari va ularning ikkalasidan tadqiqotchini qiziqtirgan hodisa qanday aniqlanishi, mavjud bo‘lishi, o‘zgarishi, boshqa hodisalar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishini tushunish imkoniyatini beradigan ijtimoiy amaliyotlar sari harakat. Va aksincha, bu tegishli ijti-moiy amaliyotlardan yashirin va ommaviy diskurslar sari harakatdir. “Dispozitiv” tushunchasi M.Fukoning mazkur metodini ontologik tarzda aks ettiruvchi tushuncha hisoblanadi.
Dispozitiv” tushunchasi bilan M.Fuko, birinchidan, diskurs-lar, institutsiyalar, qonunlar, ma’muriy choralar, ilmiy g‘oyalar, falsafiy, axloqiy va filantropik qoidalarni o‘z ichiga olgan muayyan “ansambl”ni qamrab olishga harakat qiladi. Uning fikricha, bular-ning barchasi dispozitiv elementlardir. Ikkinchidan, “dispozitiv” tushunchasining mazmunida M.Fuko ayni shu elementlar o‘rtasidagi aloqaning tabiatini ajratadi. Uning fikricha, muayyan diskurs dam ma’lum institutsiya (ya’ni ommaviy diskurs) sifatida, dam o‘z-o‘zicha “soqov” bo‘lib qoluvchi amaliyotni oqlash va niqoblash imko-niyatini beruvchi element sifatida (bu amaliyot yashirin diskurs sifatida gavdalantiriladi) namoyon bo‘lishi yoki u mazkur amaliyotini qayta anglab yetish sifatida faoliyat ko‘rsatishi, unga yangi oqilona-lik maydoniga yo‘l ochib berishi mumkin. Lo‘nda qilib aytganda, bun-day holda gap o‘zgarishlar va rivojlanish jarayonini ta’minlovchi shart-sharoitlar haqida boradi. Nihoyat, uchinchidan, M.Fuko dispozi-tiv deganda, ushbu tarixiy davrda eng muhim funksiyasi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni hal qilishdan iborat bo‘lgan tuzilmani tushunadi. Binobarin, dispozitiv, asosan, strategik funksiyani bajaradi31.
Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: o‘zaro muvofiq kelmaydigan ko‘p sonli belgilarni o‘zida birlashtirgan bu tushuncha qanday tushun-cha bo‘ldi? Birinchidan, bu tushuncha ham, ob’ekt ham emas, balki o‘rga-nish metodi va yondashuvidir. Ikkinchidan, “diskurs” va “dispozitiv” tushunchalari ijtimoiy va gumanitar fanlarning rivojlanish jarayonida yangi sahifa ochadi. Xususan, ularni ishlatish o‘rganish-ning muhim rejalari, chunonchi: epistemologik reja (diskurs-bilim-lar), matnlarni diskriptiv va komporativ tavsiflash (diskurs-qoidalar), faol va ijtimoiy kontekstlar va sharoitlarni tahlil qilish (diskurs-amaliyotlar va diskurs-hokimiyat munosabatlari)ni yaxlit bir butunga birlashtirish imkoniyatini beradi. Fan va amaliyotlarning odatdagi tasnifida bu rejalar hatto ularning qism-lari turli fanlar – bilish nazariyasi, lingvistika va semiotika, faoliyat nazariyasi va amaliy falsafa, madaniyatshunoslik va sotsio-logiyaga kiradi. Ammo muayyan fanlarning odatdagi tasnifi va tuzi-lishi davr talablariga javob bermaydi. Samarali tadqiqot va naza-riy ishlanmalar hozirgi vaqtda fanlar tutashgan joyda yoki fan-lararo sohalarda amalga oshiriladi. “Diskurs” va “dispozitiv” fanning bir qirg‘og‘idan boshqa qirg‘og‘iga “suzib o‘tish” imkoniyatini beradigan, turli fanlarga tegishli bo‘lgan materialni o‘zaro bog‘lash uchun imkoniyat yaratadigan tushunchalardir. Nihoyat, ular butunlay yangi fanlar, masalan, Mishel Fuko yaratgan fanlarni shakllanti-rish imkoniyatini beradi.
M.Fuko “dispozitiv”, “diskurs”, hokimiyat munosabatlari va boshqa bir qancha tushunchalardan foydalanib, madaniy-tarixiy va individual-ruhiy tuzilmalar hisoblangan ayrim fenomenlar (aql-sizlik, seksuallik va sh.k.)ni tahlil qiladi. Masalan, u “seksual-lik” tushunchasining hozirgi talqini XVII-XVIII asrlarda shakllan-gan xristiancha istig‘for, tibbiy va pedagogik nazorat, jinoyatchi-larni jazolash kabi amaliyotlar ta’sirida vujudga kelganini, bular-ning barchasida nazorat va jazolash elementlari kuchaytirilganini ko‘rsatadi. M.Fuko fikriga ko‘ra, bularning barchasi hokimiyat muno-sabatlarini inson xulq-atvorining yangi sohalariga tatbiq etish imkoniyatini beradi. Amalga oshirilgan tahlil natijasida M.Fuko seksuallik hodisasi tabiiy emasligini, u faqat qisman biologik tabiatga ega ekanligini, aksincha, seksuallik madaniy-tarixiy, hatto ijtimoiy-texnikaviy hodisa hisoblanishini, chunki uni ijtimoiy amaliyot va munosabatlar belgilashini ko‘rsatib berishga muvaffaq bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda M.Fuko seksuallik, asosan, patologik xususiyatga ega va hokimiyat hamda inson irodasini so‘ndirish vosi-tasi bo‘lib xizmat qiladi, degan xulosaga keladi. Seksual hayot yangi davr odami borlig‘ining normal jihati ekanligini e’tiborga olsak, bu xulosa kishida taajjub uyg‘otadi.
Bu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: yangi davr odamining seksual hayotiga salbiy munosabat nima bilan belgilanadi – seksuallikning tabiati bilanmi yoki M.Fukoning qadriyatlarga munosabati bilanmi? Bizningcha, bu so‘nggi omil, aniqroq aytganda, faylasuf qo‘llagan tadqiqot metodi bilan belgilansa kerak. Xo‘sh, M.Fuko qo‘llagan rekonstruksiya metodining mazmun va mohiyati nimada? Avvalambor, u o‘rganilayotgan ob’ektni tabiiy-ilmiy nuqtai nazardan talqin qilishni nazarda tutuvchi genetik tahlilning zamonaviy ko‘rinishi-dir. Darhaqiqat, M.Fuko tadqiqotida seksuallik muayyan qonunlarga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi madaniy-tarixiy tuzilma sifatida namoyon bo‘ladi. U ayni shu qonunlarni tavsiflashga harakat qiladi. M.Fukoning ta’biri bilan aytganda, seksuallikka nisbatan “sof ob’ektiv pozitsiya”ni egallaydi. Biroq amalda bu voqelikni salbiy baholovchi va seksuallikning amal qilish qonunlarini aniqlagach, uni o‘zgartirmoqchi, qayta qurmoqchi bo‘lgan odam pozitsiyasidir.
Tabiiy fanlarda ob’ektning o‘zgarishi muayyan maqsadlar ta’sirida emas, balki u yoki bu funksional talablarga muvofiq yuz beradi, deb tushuniladi. Mohiyat-e’tibori bilan M.Fuko ayni shu mantiq doirasida ish ko‘radi: burjua jamiyatiga marksistik munosa-bat ta’sirida u seksuallikka patologik xususiyat va insonni eksp-luatatsiya qilish bilan tavsiflanuvchi rivojlanish tipini yuklaydi.
Bugungi kunda texnikani o‘zgartirish yoki sirtdan boshqarishga markscha loyihalar bilan yondashish mumkin emas. Texnikaga ta’sir ko‘rsatish fikrlovchi sub’ektning o‘z hududidan turib amalga oshiri-ladi va uning o‘zidan boshlanadi. Texnikaga qaratilgan ijtimoiy harakat, bir tomondan, uni o‘zgartirish tabiiy jarayonlar bilan uyg‘un bo‘lishi, boshqa tomondan esa, tadqiqotchining mo‘ljallariga muvofiq kelishi lozim;

  • tadqiqot jarayonida “texnika dispozitivi” tahlil qili-nishi darkor. Texnika dispozitivi texnika diskurslari (ommaviy va yashirin diskurslar), texnika shakllangan va faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotlarni, mazkur amaliyotlarni ham, diskurslarni ham belgi-lovchi hokimiyat munosabatlari majmuini o‘rganishni nazarda tutadi;

  • texnika tahlil qilingan diskurslar, amaliyotlar va hoki-miyat munosabatlari murakkab tizimining amaldagi moddiy ifodasi hisoblanadi.


Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə