Texnika falsafasi


Sho‘ro davrida texnikani o‘rganish



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə3/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Sho‘ro davrida texnikani o‘rganish. XX asr boshida Rossiyada P.K.Engelmeyer sa’y-harakatlari bilan texnika falsafasi ancha samarali rivojlangan. Ammo sho‘ro tuzumi davrida muhandislar va texnika jamiyatlari bilan bir qatorda, mazkur fan “burjua fani” sifatida butunlay rad etilgan. Shunga qaramay, texnikaning turli jihatlarini o‘rganish yoki muhokama qilishga bag‘ishlangan ayrim fanlar rivojlangan. Bugungi kunda mazkur fanlar qisman texnika falsafasiga kiritilgan. Avvalambor, bu texnika tarixi. Bu yerda texnikani tarixiy rekonstruksiya qilish tamoyillari muhokama etilgan va texnika (mashinalar, texnik ixtirolar, texnika bilim-larining ayrim sohalari) tarixi yozilgan. Texnika tarixiga doir bunday tadqiqotlar, odatda, o‘ta empirik xususiyatga ega bo‘lgan va bu hol ularning ilmiy ahamiyatini pasaytirgan.
Texnikani o‘rganishning ikkinchi sohasi “texnikaning falsa-fiy masalalari” degan nom olgan. Texnika tabiati va mohiyati aynan shu yerda muhokama qilingan, lekin texnikaga markscha paradigmaga muvofiq, eng avvalo, muhandislik nuqtai nazaridan, ya’ni texnika ixtirolari yoki texnika inshootlari (mehnat qurollari va mashina-lar) sifatida yondashilgan. Bundan tashqari, “burjua” texnika falsafasini tanqid tig‘i ostiga olish har tomonlama qo‘llab-quvvatlangan, bunday tanqid, odatda, mafkuraviy xususiyatga ega bo‘lgan8. Texnikani bunday yo‘sinda falsafiy anglab yetish qoniqarli bo‘lmagan: burjua texnika falsafasi qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida lom-mim deyilmagan, texnika hodisalarini o‘rganish mavhum xusu-siyatga ega bo‘lgan (u hozirgi zamon madaniyati muammolari va inqi-rozi bilan bog‘lanmagan). Nihoyat, sho‘ro davrida texnika muammo-larini falsafiy anglab yetish ikkilamchi va asoslovchi bo‘lgan, ya’ni davlat tomonidan qabul qilingan ilmiy-texnika taraqqiyoti konsepsiyalarini, qabul qilingan texnik yechimlar (masalan, atom elektr stansiyalariga doir texnik yechimlar) xususiyatini oqlashga xizmat qilgan.
Sho‘ro davrida faol rivojlangan uchinchi soha – texnika fan-lari metodologiyasi va tarixi. Garchi bu fanlar fanshunoslik va metodologiya tarkibiga kirgan bo‘lsa-da, bugungi kunda ular texnika falsafasiga kiritilmoqda. Bu sohada diqqatga sazovor natijalarga erishilgan (masalan, tabiiy fanlar va texnika fanlari ajratilgan, texnika fanlari genezisi amalga oshirilgan, texnika fanlari va nazariyalarining tuzilishi va faoliyatiga tavsif berilgan), lekin tadqiqotlarning mazkur sohasini texnika haqidagi umumiy ta’li-motga kiritish uchun nima qilish kerakligi ko‘p jihatdan mavhum bo‘lib qolgan.
To‘rtinchi soha – loyihalash va muhandislik faoliyati metodo-logiyasi va tarixi. Bu sohada ham diqqatga sazovor natijalar qo‘lga kiritilgan (muhandislik va loyihalash genezisi amalga oshirilgan, mazkur turdagi faoliyatning tabiati va xususiyatlari tahlil qilin-gan, muhandislik va loyihalashning o‘zaro aloqasi o‘rganilgan), lekin ular ham texnikani o‘rganishning umumiy muammolari bilan bog‘liq emas.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, bugungi kunda tadqiqot-larning mazkur sohasi nafaqat mustaqil, balki texnika falsafasi doirasida ham rivojlanmoqda. Amalda ayni shu jihat muayyan muammolarga sabab bo‘lmoqda. Gap shundaki, hozirgi zamon texnika falsafasi texnikani o‘rganishning ko‘rsatilgan yo‘nalishlarida yoki texnika texnika (texnologiya) bilan bog‘liq faoliyat sohalarida erishilgan asosiy natijalarni hali o‘zlashtirganicha yo‘q.
Yana bir metodologik muammo – texnika falsafasi doirasida texnikani notexnikaga: faoliyatga, texnik oqilonalik shakllariga, qadriyatlarga, madaniyatning muayyan jihatlariga reduksiyalashda namoyon bo‘ladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun texnika falsafasi doirasida “texnik” tushunchasiga berilgan ta’riflarga nazar tashlashning o‘zi kifoya qilsa kerak. Texnika nima, degan savolga berilgan javoblardan biri quyidagicha: texnika – maqsadlarga eri-shish vositasi, insonning muayyan faoliyati. Ayrim ta’riflarda g‘oyalar va ularni ro‘yobga chiqarishning roliga, muayyan qadriyatlarning ahamiyatiga urg‘u beriladi. Masalan, F.Rapp texnika falsafasida taklif qilingan tushunchalarning ta’riflarini tahlil qilar ekan, X.Bek uchun texnika tabiatni inson ruhi vositasida o‘zgartirish ekanligini ta’kidlaydi9. Uning fikricha, inson xohish-istagiga moddiy tus beruvchi hamma narsa aslida texnikadir. Tabiatni ijodiy o‘zgartirish g‘oyasi F.Dessauer ijodining asosiy g‘oyalaridan biri hisoblanadi. U “texnika” tushunchasiga berilgan ko‘p sonli ta’riflarni sanab chiqqanidan so‘ng unga o‘z ta’rifini beradi: texnika g‘oyalarning real borlig‘i bo‘lib, u tabiiy materiallar va predmetlarga ishlov berilishi natijasida vujudga keladi. F. fon Gottl-Ottlienfeld fikriga ko‘ra, texnika sub’ektiv ma’noda maqsadga eltuvchi to‘g‘ri yo‘lni topish san’ati, ob’ektiv ma’noda esa – inson faolligining muayyan sohasi kontekstida harakatni bajarish vosita va usullari majmui. L.Tondl inson o‘z maqsadiga erishish uchun ob’ektiv dunyoning muayyan xossalarini o‘zgartirishda foydala-nadigan hamma narsani texnika deb hisoblaydi10.
Shuni qayd etish lozimki, “texnika” tushunchasiga berilgan (tadqiqotchilarning muayyan yondashuvlarini aks ettiruvchi) bunday ta’riflarning barchasida uning moddiylashuvi yuz beradi, ya’ni texnika go‘yoki g‘oyib bo‘ladi va uning o‘rnini faoliyatning muayyan shakllari, qadriyatlar, inson ruhi, madaniyatning turli xil jihatlari egallaydi. Ba’zan texnika tadqiqotchining qarshisida substansiya sifatida emas, balki har qanday inson faoliyati va madaniyatning teran, olamshumul jihati sifatida namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: texnika mustaqil borliq, ya’ni texnikami yoki inson faoliyati va madaniyatining bir jihatimi?
Shu o‘rinda yana bir metodologik muammoni ta’riflash mumkin (u so‘nggi yillarda texnika falsafasiga tobora kuchliroq ta’sir ko‘rsatayotgan ilmiy tadqiqotlar ta’sirida vujudga kelgan): texnikani tushunish, ya’ni sof psixologik va madaniy fenomen texnikaning mohiyatiga kiradimi? Ilmiy tadqiqotlar, masalan, arxaik madaniyatda mehnat qurollari, oddiy mexanizm va qurilmalar dunyoning animistik manzarasi nuqtai nazaridan tushunilganini ko‘rsatadi. Qadimgi odam mehnat qurollari (qurol-aslahalar)da insonga yordam beruvchi yoki to‘sqinlik qiluvchi ruhlar mavjud, shu tufayli qurollarni yasash yoxud ulardan foydalanish borasidagi harakatlar mazkur ruhlarga ta’sir ko‘rsatish (qurbonlik keltirish yoki duo yordamida o‘ziga og‘dirish)ni nazarda tutadi, aks holda harakatlar naf bermaydi yoki qurol inson hukmi ostidan chiqadi va uning o‘ziga qarshi qaratiladi, deb o‘ylaganlar. Texnikani bunday animistik tushunish qadimgi texnologiyaning mohiyati va xususiyatini ham belgilagan. Shu ma’noda, qadimgi dunyoda texnika magiya bilan muvofiq kelgan, texnologiya esa to‘laligicha sakral xususiyat kasb etgan.
Yangi davr madaniyatida texnikaning shakllanishi shunga olib keladiki, hozirgi zamon odami texnikada tabiat qonunlarining amal qilishi va o‘z muhandislik ijodini ko‘ra boshlaydi. Bu o‘rinda gap texnikaning alohida talqini haqida emas, balki uning madaniy mavjudligi va borlig‘i haqida boradi. Texnika (mehnat quroli, mexanizm, mashina) bir “mantiq”qa muvofiq ruh kabi yashaydi, boshqa bir “mantiq”qa muvofiq, ilohiy ijod mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi (texnikaning o‘rta asrlardagi talqini), yana bir “mantiq”qa muvofiq esa tabiat jarayoni (kuch, energiya) sifatida amal qiladi. Madaniyatda texnika “ehtiyoj va zaruriyat qonunlari”ga muvofiq emas, balki g‘oyalar, ongning madaniy shakllari, dunyo haqidagi tasavvurlar (dunyo manzaralari)ning mavjudlik mantiqiga muvofiq yashaydi va rivojlanadi. Ammo texnika haqidagi tasavvur har bir madaniyatda har xil bo‘lgan. Ayni shu hol texnika madaniyatlar almashganida ham evolyusiya jarayoni bilan hamohang rivojlanishini anglatmaydimi? Masalan, hozirgi zamon madaniyatida texnikaning ajralishi alohida madaniy g‘oya va ssenariyning shakllanishi bilan bir vaqtda yuz bergan: tabiiy fanlarda tabiat qonunlariga tavsif berish, tabiat kuchi va energiyasini ajratish hamda ulardan izchil foydalanish imkoniyatini beruvchi sharoitlar yaratish (bu muhandis-lik faoliyati vazifasi sifatida ta’riflangan), nihoyat, muhandis-lik ishlanmalari asosida inson ehtiyojlari qondirilishini ta’min-lashga qodir bo‘lgan sanoatni yaratish. Bu yerda mazkur g‘oya va ssenariyni “hozirgi zamon tabiati” tavsifiga kiritish lozimmi yoki ular texnikaga bevosita taalluqli emasmi, degan savol tug‘iladi11. Bugungi kunda mazkur g‘oya va ssenariy tanqid ostiga olinmoqda. Xo‘sh, bu butunlay yangicha texnikaga o‘tilishiga sabab bo‘ladimi?
Nihoyat, “texnika” va “texnologiya” tushunchalarini ajratish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammo muhokamasi XIX asr oxiri – XX asr boshlari texnika faylasuflari tomonidan boshlangan edi12, lekin bugungi kunda u birinchi o‘ringa chiqdi. Darhaqiqat, ayrim tadqiqotchilar “texnika” va “texnologiya” tushunchalarini ayniylashtirsalar, ba’zi muallif-lar texnika va texnologiya butunlay boshqa-boshqa hodisalar, deb hisoblaydilar. Tahlil uch asosiy fenomen: texnika, tor ma’nodagi texnologiya, keng ma’nodagi texnologiyani ajratish lozimligini ko‘rsatadi. “Texnologiya” tushunchasining tor talqini, masalan, “Politexnika lug‘ati” va “Katta ensiklopedik lug‘at”da keltirilgan: bu xom ashyo, materiallar, oraliq mahsulotlar, sanoatda ishlatila-digan ashyolarni olish, ularga ishlov berish yoki ularni qayta ishlash qoidalari, metod va usullari yig‘indisi (tizimi). “Texnologiya” tushunchasining keng talqinlaridan biriga, masalan, Norman Vig asarlarida duch kelishimiz mumkin. Uning fikricha, texnologiya, texnika falsafasiga asoslanuvchi yangi fan sifatida so‘nggi o‘n yilliklarda vujudga kelgan. Texnologiya inson mavjudligi va turmush tarzida asosiy rol o‘ynay boshladi, shu tufayli ham u insonning fundamental tavsifi sifatida o‘rganilishi lozim. Texnologiya haqida mulohaza yuritganda, tegishli so‘z har xil ma’nolarda ishlatilishini e’tiborga olish kerak. “Texnologiya” quyidagi narsalarning istalgan biriga tegishli bo‘lishi mumkin: a) texnik bilim, qoida va tushunchalar majmuiga; b) muhandislik amaliyoti va boshqa texnika kasblari, shu jumladan, kasbga doir muayyan pozitsiyalar, texnik bilimlarni qo‘llashga doir qoida va me’yorlarga; v) ushbu amaliyotdan kelib chiqadigan fizik hamda vositalar, asbob-uskuna yoki artefaktlarga; g) texnik xodimlar ishi va jarayonlarni yirik (industrial, harbiy, tibbiy, kommunikatsion, transportga oid va h.k.) tizim hamda institutlarga birlashtirish va tashkillashtirishga; d) texnologik faoliyatning mujassamlashuvi natijasi sanalgan ijtimoiy hayot xususiyati va sifati yoki “texnologik sharoitlari”ga13.
Ko‘rib turganimizdek, “texnologiya” tushunchasining keng talqi-niga Norman Vig “texnika” tushunchasini ham kiritadi. J.Ellyul texnologiyaning keng talqiniga ko‘ra, hattoki, tabiat va san’at ham texnika va texnologiya elementlariga aylanishini qayd etadi. “Mohiyat-e’tibori bilan atrofimizda asta-sekin yaratilayotgan muhit, eng avvalo, mashina olamidir. Texnika o‘zi so‘zning tom ma’no-sidagi muhitga aylanadi... Hozirgi zamon san’ati shu yangi muhit-ning o‘zagidir... Endilikda san’at texnik borliqning in’ikosi-dir...”14, deb yozadi J.Ellyul. Hozirgi vaqtda texnologiya bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta muammo muhokama qilinmoqda. Bosh muammolardan birini yuqorida ta’rifladik: bu – texnologiyaning tabiatini anglab yetish. Norman Vig nuqtai nazaridan, texnologiya-ning tabiati xususidagi bahs-munozaralarning aksariyati uch konsep-siya – “instrumentalistik”, “ijtimoiy-deterministik” konsepsiya-lar “avtonom texnologiya” konsepsiyasi atrofida mujassamlashadi. Instrumentalizm texnologiya maqsadlarga erishish vositasi sifati-da amal qilishini nazarda tutadi. Har qanday texnologik yangilik muayyan muammoni yechish yoki insonning alohida maqsadiga xizmat qilish uchun mo‘ljallanadi. Shundan so‘ng quyidagi savollar tug‘ili-shi mumkin: dastlabki maqsad ijtimoiy maqbulmi, loyihani texnik jihatdan bajarish mumkinmi, ixtirodan belgilangan maqsadlarga erishish yo‘lida foydalanilyaptimi15? Bu nuqtai nazar keng (ayniqsa, texnik va muhandislar orasida) tarqalganiga qaramay, hozirgi vaqt-da u tanqid ostiga olinmoqda.
Texnologiyani o‘rganuvchilarning ko‘pchiligi, eng avvalo, tarix-chi va sotsiologlar ijtimoiy-deterministik yoki kontekstual yonda-shuv deb nomlash mumkin bo‘lgan nuqtai nazarni himoya qilmoqdalar. Bu yondashuvga ko‘ra, texnologiya muammolarini yechishning neytral vositasi emas, balki ijtimoiy, siyosiy va madaniy qadriyatlar ifodasi hisoblanadi. Texnologiyada texnik g‘oyalargina emas, balki uni loyihalovchi va undan foydalanuvchilarning keng ijtimoiy qadriyat va manfaatlari ham mujassamlashadi16.
Nihoyat, texnologik determinizm yoki avtonom texnologiya konsepsiyasi texnologiyaga o‘zini o‘zi boshqaruvchi kuch sifatida yondashadi. Bu texnologiya o‘z mantiqiga muvofiq, inson maqsadlariga xizmat qilishdan ko‘ra ko‘proq uning rivojlanishini shakllanti-rishini anglatadi17. Avtonom texnologiya konsepsiyasi bugungi kunda ancha keng tarqalgan. Mohiyat-e’tibori bilan u texnologik faoliyat yoki evolyusiya qonunlarini aniqlashni va’da qiluvchi tabiiy-ilmiy yondashuvga asoslanadi. O‘z navbatida, texnologiya qonunlarini aniqlash imkoniyati, mazkur nuqtai nazar tarafdorlari fikriga ko‘ra, texnologiyaning o‘ziga samarali ta’sir ko‘rsatish omili bo‘lib xizmat qiladi. Hatto texnologiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi ijtimoiy omillar mavjudligini tan olgan holda, mazkur yondashuv tarafdorlari texnologik evolyusiyaga immanent qonunlarni yuklay-dilar. Ayrim mualliflar fikriga ko‘ra, texnologik tizimlarning rivojlanishi odamlarning ehtiyojlari, tabiat haqidagi bilimlar-ning to‘planishi ta’siridagina emas, balki texnologik evolyusiya ichki qonunlariga muvofiq ham yuz beradi. Bu qonunlarni aniqlashga urinishlar ko‘p qayd etilgan. Texnologiyalarning o‘zgarish qonunlari-ni bilgan holda, xalq xo‘jaligining texnologik darajasini kuchay-tirish strategiyasini samarali shakllantirish mumkin18.
Ayni shu mualliflar texnologiyalarning o‘zgarishi va tadrijiy rivojlanish jarayoni bo‘ysunadigan boshqa qonunlarni ham keltira-dilar: “ehtiyojlar – funksiyalar to‘plamining kengayish qonuni”, “texnik ob’ektlarning bosqichma-bosqich rivojlanish qonuni”, “texnik ob’ektlarning progressiv konstruktiv evolyusiyasi qonuni”, “texnik ob’ektlar rang-barangligining o‘sish qonuni”, “texnologiya-larning shakllanish va o‘zgarish qonuni” yoki “M.Korach qonuni”19.
Ko‘rib turganimizdek, mazkur qonunlarning aksariyati texnolo-giyaning muayyan, eng avvalo, “instrumental” (ya’ni birinchi konsep-siyasi doirasidagi) talqinini, shuningdek, hozirgi zamon texnolo-giyasining institutsional asoslashini nazarda tutadi. Masalan, birinchi qonun (“ehtiyojlar to‘plamini kengaytirish qonuni”) ehtiyojlarni ishlab chiqarish bazisining rivojlanishi hisobiga qondirishni nazarda tutadi20. Lo‘nda qilib aytganda, yuqorida zikr etilgan texnologiya qonunlari “dunyoning texnologik manzarasi” yoki “texnologik diskurs” doirasida belgilangan, shu tufayli hozirgi vaqtda tanqid ostiga olinayotgan tendensiyalarga ko‘maklashadi.
Texnologiyaning tadrijiy rivojlanishi yoki o‘zgarishi qonun-laridan “texnotsenoz” konsepsiyasi kontekstida belgilanuvchi boshqa qonunlarni ajratish lozim. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, texno-senozlar texnologiyalar va texnika birikmasi sifatida texno-sferada tadrijiy rivojlanish jarayonida, texnologiyalar bir-biriga qo‘shilishi va ularning qo‘llanish sohasini kengaytiruvchi element-lar bilan boyishiga qarab shakllanadi. Vujudga kelgan texnotsenoz barqarorlik xossalariga ega bo‘ladi. Bu, birinchidan, texnotsenoz doirasida uning mavjudlik sharoiti yuzaga kelishini, ikkinchidan, uning mavjudligiga monelik qiluvchi yangiliklar rad etilishini, uchinchidan, mazkur senozning yashovchanligini hozirgi ko‘rinishda, o‘zgarishlarsiz mustahkamlovchi yangiliklargina qabul qilinadi21.
Fransiyalik taniqli texnika faylasufi J.Ellyul ilgari surgan g‘oyani ham avtonom texnologiya konsepsiyasiga kiritish mum-kin. Bu g‘oya zamirida tizimli yondashuv yotadi. Tizim tushunchasini J.Ellyul quyidagicha ta’riflaydi: “Tizim bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan elementlar majmui bo‘lib, bunda mazkur elementlardan birining tadrijiy rivojlanishi butun majmuaning rivojlanishi-ga sabab bo‘ladi, majmuaning har qanday o‘zgarishi esa har bir ele-mentda o‘z aksini topadi”22. J.Ellyul taklif qilgan texnologik tizim alohidalik, yagonalik, universallik, ko‘lamlilik, avtomatizm hamda texnik qudrat va samaradorlikning o‘z-o‘zidan o‘sishi bilan tavsiflanadi. Bunda o‘z-o‘zidan o‘sish deganda, J.Ellyul texnik tizimning inson aralashuvisiz, ichki kuch ta’sirida o‘sishini tushu-nadi23. Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, J.Ellyul aynan avtonom texnologiya konsepsiyasi doirasida fikrlaydi.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə