Texnika falsafasi


Tajribaviy amaliy matnlar



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə14/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Tajribaviy amaliy matnlar
Texnika, texne, texnika falsafasi, muhandislik, texnologiya, artefakt, dunyoqarash.


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar
1. Texnika falsafasining bosh vazifasini ayting.
2. Texnika falsafasining prdmeti va ob’ektini aniqlashda nimalarga e’tibor berish lozim?
3. Texnik ta’limning insonparvarlashuvi deganda nimani tushunasiz? Unga oid yondashuvlarni tasniflang.
4. Muhandislik ta’limining asosiy qatlamlari qaysilar?
5. Texnika falsafasi bilan shug‘ullangan olimlarning fao-liyati bir-biridan qanday farq qiladi?


Qo‘shimcha va tushuntiruvchi matnlar










Texnika o‘zi nima?












































Bilim va ko‘nikmalarni baholash materiallari

1. “Hozirgi zamon texnikasi tabiatni ham, insonni ham o‘z “xizmat-kori”ga (texnikaning funksional elementiga) aylantirgani davri-mizning asosiy muammosi” deb hisoblagan shaxs kim?


A) K.Yaspers
B) L.Memford
V) M.Xaydegger
G) J.Martin
2. “Bugungi kunda sayyoramizga yetkazilgan zarar oqibatlarini tuga-tishdan ko‘ra sayyoramizning o‘zini yo‘q qilib tashlash osonroq” degan fikr muallifi kim?
A) J.Martin
B) L.Memford
V) K.Yaspers
G) M.Xaydegger
3. Texnika falsafasi falsafa fanining qanday sohasiga mansub?
A) Ijtimoiy falsafa
B) To‘laqonli noklassik falsafa
V) Iqtisodiy va madaniy falsafa
G) Ta’lim falsafasi
4. Texnika falsafasi shakllanish jarayonining dastlabki davri....
A) XVI-XVII asrlar
B) XVII-XVIII asrlar
V) XIX asr oxiri – XX asr boshlari
G) XVIII-XIX asrlar
5. XX asr boshida Rossiyada kimning sa’y-harakatlari bilan texnika falsafasi ancha samarali rivojlangan.
A) P.K.Engelmeyer
B) L.Memford
V) K.Yaspers
G) M.Xaydegger
6. “Texnika tabiatni inson ruhi vositasida o‘zgartirish ekanligini ta’kidlab, inson xohish-istagiga moddiy tus beruvchi hamma narsa aslida texnikadir” degan olim kim?
A) P.K.Engelmeyer
B) X.Bek
V) F.Rapp
G) M.Xaydegger
7. Norman Vig “texnologiya” tushunchasiga keng talqin berib, qanday fikrlarni aytib o‘tadi?
A) Texnologiya, texnika falsafasiga asoslanuvchi yangi fan sifatida, so‘nggi o‘n yilliklardagina vujudga kelgan.
B) Texnologiya inson mavjudligi va turmush tarzida asosiy rolni o‘ynaydi.
V) Insonning fundamental tavsifi sifatida o‘rganilishi lozim.
G) Insolninnig ijtimoiy hayotdagi o‘rnini belgilaydi.
8. “Texnologiya” quyidagi narsalarning qaysi biriga tegishli bo‘li-shi mumkin:
A) Texnik bilim, qoida va tushunchalar majmuiga.
B) Injeneriya amaliyoti va boshqa texnika kasblari, shu jumla-dan, kasbga doir muayyan pozitsiyalar, texnik bilimlarni qo‘llashga doir qoida va me’yorlarga.
V) Ushbu amaliyotdan kelib chiqadigan fizik vositalar, asbob-uskuna-lar yoki artefaktlarga.
G) Barcha javoblar to‘g‘ri.
9. “Mohiyat-e’tibori bilan atrofimizda asta-sekin yaratilayotgan muhit, eng avvalo, mashina olamidir. Texnika so‘zning tom ma’no-sidagi muhitga aylanadi... Hozirgi zamon san’ati shu yangi muhit-ning o‘zagidir... Endilikda san’at texnik borliqning in’ikosi-dir...”, deb ta’kidlagan olim kim?
A) Norman Vig
B) J.Styuart
V) M.Xaydegger
G) Trimengem
10. Texnologiyaning tadrijiy rivojlanishi yoki o‘zgarishi qonun-laridan “texnotsenoz” konsepsiyasi qanday shakllanadi?
A) Texnotsenozlar texnologiyalar va texnika birikmasi sifati-da texnosferada tadrijiy rivojlanish jarayonida, texnologiya-lar bir-biriga qo‘shilishi va ularning qo‘llanish sohasini kengaytiruvchi elementlar bilan boyishiga qarab shakllanadi.
B) Texnotsenoz barqarorlik xossalariga ega bo‘ladi.
V) O‘zgarishlarsiz mustahkamlovchi yangiliklargina qabul qili-nishi natijasida.
G) Texnik uskunalarning yig‘ilishi natijasida paydo bo‘ladi.
11. Texnika falsafasi fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
A) Texnika falsafasi fanining asosiy xususiyatlarini tav-siflovchi tasavvur va bilimlar, shu jumladan, texnika falsa-fasining shaklla-nish tarixiga doir bilimlar berish.
B) Texnika falsafasi sohalaridan birida ishlash uchun tafak-kur, ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirishga ko‘maklashish.
V) Texnika falsafasi sohasida mutaxassislar tayyorlash.
G) A va B javoblar to‘g‘ri.
12. 1935 yili Venada bo‘lgan konferensiyada texnika falsafasi haqi-da bildirilgan quyidagi fikrlar kimga tegishli: “Aniqroq aytgan-da, umumiy ma’noda soddalikni naturalizmning turli ko‘rinish-larida, Ruhni naturalizatsiya qilishda ifodalanuvchi ob’ektivizm deb nomlash ham mumkin. Eski va yangi falsafalar sodda ob’ekti-vistik bo‘lgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Yevropa ahli yangi qiyofa kasb etishi uchun muhim sanalgan yuksak reflektivlik darajasiga yeta olgani yo‘q”.
A) E.Gusserl
B) M.Xaydegger
V) K.Yaspers
G) E.From
13. “XIX asrning texnik yakunlari” nomli texnika falsafasi vazifa-lariga oid asar muallifi kim?
A) Fred Bon
B) Ernst Kapp
V) P.K.Engelmeyer
G) Djefri Chu
14. “Texnika falsafasi” atamasini birinchi marotaba o‘z asarlarida qo‘llagan shaxs kim?
A) P.K.Engelmeyer
B) Ernst Kapp
V) M.Xaydegger
G) Gegel
15. “Texnika falsafasi” fanining predmetini ayting.
A) Texnika
B) Texnika va madaniyat
V) Texnik jarayonlar
G) Texnologik taraqqiyot
16. “Texnologiyaning paydo bo‘lishi” asarining muallifi kim?
A) P.K.Engelmeyer
B) Ernst Kapp
V) Alfred Espinas
G) K.Yaspers
17. Nemis olimi va muhandisi Georgiy Agrikolaning mohiyat-e’ti-bori bilan birinchi ishlab chiqarish-texnik qomus bo‘lib, hunarmand-lar va o‘zining serqirra muhandislik faoliyatidan olingan amaliy ma’lumot hamda retseptlariga oid “Tog‘-kon ishi va metallurgiyaga doir o‘n ikki kitob” nomli asari qachon nashr etilgan?
A) 1556 yili
B) 1677 yili
V) 1768 yili
G) 1769 yili
18. Muhandislar tayyorlovchi o‘quv yurtlaridan biri – Tog‘-kon bilim yurti 1773 yili qaysi shaxarda ochilgan?
A) Londonda
B) Parijda
V) Peterburgda
G)Moskvada
19. Parij politexnika maktabi 1794 yili kim tomonidan tashkil qilingan?
A) P.K.Engelmeyer
B) Gaspar Monj
V) Ernst Kapp
G) Patanjali
20. Texnikaning ikki – sun’iy va tabiiy jihatlari aloqasi ilk bor qaysi antik faylasuf tomonidan anglab yetilgan?
A) Aristotel
B) Platon
V) Yevklid
G) Geroklit
21. X.Bek texnikaga qanday ta’rif beradi?
A) Texnika g‘oyalarning real borlig‘i bo‘lib, u tabiiy material-lar va predmetlarga ishlov berilishi natijasida vujudga keladi.
B) Texnika – tabiatni ijodiy o‘zgartirish.
V) Texnika tabiatni inson ruhi vositasida o‘zgartirish ekanli-gini ta’kidlaydi, uning fikricha, inson xohish-istagiga moddiy tus beruvchi hamma narsa aslida texnikadir.
G) Texnika – maqsadlarga erishish vositasi.
22. L.Tondl texnikaga qanday ta’rif beradi?
A) Inson o‘z maqsadiga erishish uchun ob’ektiv dunyoning muayyan xossalarini o‘zgartirishda foydalanadigan hamma narsani texnika deb hisoblaydi.
B) Texnika, tabiatni inson ruhi vositasida o‘zgartirish ekanligini ta’kidlaydi, uning fikricha, inson xohish-istagiga moddiy tus beruvchi hamma narsa aslida texnikadir.
V) Texnika mustaqil borliq, ya’ni texnika yoki inson faoliyati va madaniyatning bir jihatidir.
G) Texnika tabiatni ijodiy o‘zgartirish



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə