Texnika falsafasi


Texnika ideal ob’ekt sifatida



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə19/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

Texnika ideal ob’ekt sifatida. Texnikaning fizik va kons-truktiv shakllari uning tashqi “qobig‘i”, xolos, ya’ni mohiyat emas, balki hodisadir. Texnikaning mohiyatini anglab yetish uchun muayyan texnik qurilma, masalan, mashinani ko‘rib chiqamiz. Har qanday mashina muayyan vazifani bajaradi, bu vazifa insonning izchil faoliyatiga nisbatan belgilanadi (masalan, yuk tashish, og‘ir yuklarni ko‘tarish, muayyan maqsadlarda energiya ishlab chiqarish va h.k.). Binobarin, texnika – inson faoliyatining vositasi. Faoliyat vosi-tasi sifatidagi texnikaning shakl-shamoyili va mohiyati asosan ayni shu faoliyat konteksti bilan belgilanadi (mazkur faoliyatni shartli ravishda “texnikadan foydalanuvchi faoliyat” deb nomlay-miz). Ammo texnikadan foydalanuvchi faoliyatning aniq maqsadga qaratilgan funksiyalarini texnikada insonning o‘zi emas, balki mashina bajaradi. Nimaning hisobiga? Ma’lumki, tabiat kuchlari hisobiga. Hatto oddiy arxaik mehnat quroli, masalan, richag yoki to‘qmoqning amal qilish effekti insonning muskul kuchi va tabiiy jarayonlar ta’siri birikmasiga asoslangan. Qadimgi dunyo texnika-sida inson muskul kuchining roli ancha katta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi zamon texnikasida bu rol instrumental effekt nuqtai nazaridan nolga yaqin; bu boshqaruv va ishga tushirish mexanizmlari sohasida muskul kuchidan foydalanish imkoniyatini istisno etmaydi. Bino-barin, texnikaning ikkinchi tomoni – tabiiy jarayonlarni ishga tushirish va ularning “amal qilishi” (jismlarni bir joydan boshqa joyga ko‘chirish, kuchlarning ta’siri, issiqlik ajratish va h.k.). O‘z-o‘zidan ravshanki, texnika texnikadan foydalanuvchi faoliyatning insonga kerak bo‘lgan aniq maqsadga qaratilgan funksiyalarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi tabiiy jarayonlarni topish (“yaratish”)ni ham nazarda tutadi. Ya’ni, texnika – texnikadan foyda-lanuvchi faoliyatning o‘zi va tabiiy jarayonlargina emas, balki insonga muayyan faoliyatni tabiat kuchlari va jarayonlari hisobiga amalga oshirish imkoniyatini beruvchi sharoitlarni yaratishdir. O‘z navbatida, bunday sharoitlarni yaratish uchun yana bir faoliyat zarur – uni “texnika yaratuvchi faoliyat” deb nomlaymiz, madaniyatda ayni shu faoliyatni ko‘pincha texnik faoliyat (muhandislik faoliyati, texno-logik faoliyat) deb ataydilar. Texnika yaratuvchi va texnikadan foy-dalanuvchi faoliyat tutashgan joyda texnik qurilmalar (mehnat qurollari, mashinalar, mexanizmlar) yashaydi. Ammo texnik qurilma-lar texnik faoliyat mahsullari va texnikadan foydalanish faoliyatining vositalarigina emas, balki inson hayotining madaniy (muhit) sharoitlari ham hisoblanadi: mohiyat e’tibori bilan ular inson hayotining barcha tomonlari – turmush tarzi, ehtiyojlari, yashash muhiti va hokazolarga ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, texnikaning mohiyati to‘rt koordinata maydonida tavsiflanadi: birinchi koordinata – “texnikadan foydalanuvchi faoliyat” kategoriyasi bilan, ikkinchi koordinata – “texnika yaratuvchi faoliyat” kategoriyasi bilan, uchinchi koordi-nata – “texnik qurilma” kategoriyasi bilan, to‘rtinchi koordinata – “texnik muhit” kategoriyasi bilan belgilanadi.
Bu o‘rinda “texnik qurilma” elementiga alohida e’tibor berish muhimdir. U o‘ziga xos vositachi vazifasini bajaradi. Bir tomondan, texnik qurilma faoliyat qonunlariga muvofiq yashaydi va texnika yaratuvchi faoliyat mahsuli hisoblanadi, boshqa tomondan esa, u tabiat faoliyat qonunlariga muvofiq yashaydi va texnikadan foydala-nish faoliyatining vositasi yoki omili hisoblanadi. Texnikaning bunday ikki yoqlama mavjudligi – uni o‘rganishning murakkabligini belgilovchi omillardan biri. Ayrim tadqiqotchilar texnikaning faoliyatga doir mohiyatiga urg‘u beradilar, ayrimlar uning tabiiy asoslarini o‘rganishga ham e’tibor qaratadilar, kimdir texnika yaratuvchi faoliyatni birinchi o‘ringa qo‘yadi (unga muhandislik va texnikaviy ijodning ko‘p sonli konsepsiyalari kiritiladi), kimdir texnikadan foydalanish faoliyatini birinchi darajali ahamiyatga ega deb hisoblaydi; ayni vaqtda, texnikaga faqat texnik qurilmalarni kirituvchi tadqiqotchilar ham yo‘q emas.
Texnikaning mohiyatini o‘rganishning asosiy muammosi, bir tomondan, texnikaning yuqorida ko‘rsatilgan to‘rt koordinatasini kategoriya sifatida tavsiflash bilan, boshqa tomondan esa, mazkur koordinatalarni texnikaning tabiatiga muvofiq keladigan tarzda birlashtirish bilan bog‘liq. Ushbu muammoni yechish jarayonida ta’riflash mumkin bo‘lgan birinchi qoida quyidagicha yangraydi: tex-nika (texnik harakat) texnika yaratish va texnikadan foydalanish faoliyatlari kesishgan, tutashgan joydagina mavjud bo‘ladi. Ikkinchi qoida texnikadan foydalanish faoliyatining ikki tomoni o‘rtasidagi aloqani tasdiqlaydi: bu aloqalarning biri sun’iy – faoliyatga doir, ikkinchisi esa – tabiiy. Uchinchi qoida birinchi qoidani to‘ldiradi: texnika (texnik harakat) texnik borliq sifatida, ya’ni texnika yaratish va texnikadan foydalanish faoliyatiga muvofiq keluvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan voqelik sifatida idrok etiladigan fenomen. To‘rtinchi qoida: texnika yara-tish faoliyati maxsus bilimlar va dunyo manzaralariga tayangan holda tashkil etiladi, ayni shu ramziy vosita va tasavvurlar bilan bilvosita belgilanadi. Nihoyat, beshinchi qoida: tabiatga, inson yashaydigan muhit va insonning o‘ziga texnikaning ta’siri mazkur fenomenning uzviy xossasi hisoblanadi.
Texnikaning ikki jihati (sun’iy va tabiiy) aloqasi ilk bor antik falsafada Aristotel tomonidan anglab yetilgan. Buyuk fayla-suf “tabiat” va “tabiiy o‘zgarish”ni, boshqa tomondan, “san’at” (antik talqinda – har qanday, shu jumladan, texnik yaratish) va “faoliyat”ni ajratgan. San’at va faoliyatni Aristotel maqsadga erishish va muayyan narsaga nisbatan harakat qilish qobiliyati bilan bog‘laydi. Uning fikricha, san’at tajriba va ilmiy bilimlarga (“sabablar” va “asoslar”ni bilishga) tayanadi5.
Yangi Yevropa tafakkuri namoyandasi F.Bekon yangicha amaliyot turi, ya’ni muhandislikni tavsiflab, o‘zining “Yangi organon” asari-da shunday deb yozadi: “Inson harakatida tabiat jismlarini birlash-tirish va ajratishdan boshqa ishni bajarishi mumkin emas. Qolgan ishni tabiat o‘z ichida o‘zi bajaradi”6. Rossiya texnika falsafasi asoschilaridan biri P.Engelmeyer esa shunday deb yozadi: “Tabiat so‘zning insoniy ma’nosida hech qanday maqsadni ko‘zlamaydi. Tabiat o‘z-o‘zidan ish ko‘radi. Tabiat hodisalari bir-biri bilan shunday bog‘langanki, faqat bir yo‘nalishda bir-biriga ergashadi: suv faqat tepadan pastga qarab oqishi mumkin, potensiallardagi tafovutlar faqat tenglashishi mumkin. Masalan, A-V-S-D-Ye qatori shunday tabiiy zanjirni o‘zida ifodalaydi, deb faraz qilaylik. Amalda A bo‘g‘ini paydo bo‘ladi va unga boshqa bo‘g‘inlar o‘z-o‘zidan ergashadi, zero tabiat daliliy xususiyatga ega. Inson esa, aksincha, gipotetik xusu-siyat kasb etadi va uning ustunligi ham shunda. Masalan, u Ye hodisa-si yuz berishini istaydi, lekin o‘z muskul kuchi bilan unga turtki bera olmaydi. Ammo u A-V-S-D-Ye zanjirini biladiki, unda o‘z mus-kul kuchi bilan harakatga keltira oladigan A hodisasini ko‘radi. Shunda u A hodisasiga turtki beradi, zanjir harakatga keladi va Ye hodisasi yuz beradi. Bunda texnikaning mohiyati namoyon bo‘ladi”7. Boshqa joyda P.Engelmeyer texnika tabiatga izchil ta’sir ko‘rsa-tish san’ati ekanligini, boshqacha qilib aytganda, u tabiat qonun-laridan foydalanib, hodisaga ongli ravishda turtki berish san’ati hisoblanishini qayd etadi. Ko‘rib turganimizdek, faylasuflar tabiiylik va sun’iylikning mohiyatini har xil tushunadilar, lekin, Aristoteldan boshlab, tabiiylikni “tabiat” tushunchasi bilan, sun’iylikni esa “insonning izchil harakati” tushunchasi bilan bog‘laydilar.
Endi uchinchi qoidaga batafsilroq to‘xtalamiz. Bir qarashda u soxta bo‘lib tuyulishi ham mumkin: texnika bo‘lish uchun texnik bor-liqni anglab yetish shartmi? Ilk texnika faylasuflaridan biri Fred Bon boshqaruvchi yo‘lga oydinlik kiritmasdan muvaffaqiyatga erishiladigan izchil faoliyat va oldingi mulohazada rahbarlik vositasini ko‘rsatish orqali muvaffaqiyatga erishiladigan izchil faoliyatni farqlashni taklif qiladi. Texnikaga F.Bon faqat ikkinchi faoliyatni kiritadi. Ammo Aristotel poetik san’atni tahlil qilar ekan, texnik faoliyat natijasining sifati yoki samaradorligini nazorat qilish imkoniyatini beruvchi usul va maxsus bilimga e’tibor qaratgan edi: “Biz umuman poetik san’at haqida ham, uning ayrim turlari haqida ham, chunonchi, ularning har biri taxminan qanday ahamiyatga ega ekanligi va poetik asar yaxshi bo‘lishi uchun fabula qanday tuzilishi lozimligi haqida gapira-miz”1. Ammo texnik borliqni tushunish refleksiyani, ta’bir joiz bo‘lsa, “harakatning texnik usuli” (ba’zan uni “texnologiya” deb ham ataydilar)nigina emas, balki texnikaning tabiiy va sun’iy tomon-lari o‘rtasidagi aloqani anglab yetishni ham nazarda tutadi. Bu yerda ham mazkur talab majburiy emasdek bo‘lib tuyulishi mumkin. Masa-lan, qadimgi texnikada ushbu tomonlarning aloqasi teran anglan-magan, lekin, shunga qaramay, texnika mavjud bo‘lgan. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, qadimgi madaniyatda texnika magiya bilan muvofiq kelgan (magiyaning o‘zi esa insonning mavjudligini belgi-lagan sakral mavjudotlarning ruhlariga insonning ta’siri sifati-da tushunilgan). Arxaik madaniyatda texnik borliqni anglab yetish hollariga ham duch kelish mumkin, lekin qadimgi dunyoda texnik borliq ayni vaqtda sehrli, ya’ni magik borliq sifatida ham tushunilgan. Darvoqe, “texnik-magik borliq” doirasida ruh va inson harakatlari, ya’ni o‘ziga xos tabiiylik va sun’iylik ham farqlangan. Garchi ruhlar harakati antropomorf xususiyat kasb etgan bo‘lsa-da, ular insonga bevosita bo‘ysunmagan, aksincha, ularga moslashish talab etilgan, bunga erishish uchun esa ularning tabiatini bilish lozim bo‘lgan. Hozirgi inson tabiat ustidan unga bo‘ysunib g‘alaba qozon-ganidek (F.Bekonning mashhur iborasi), qadimgi odam ruhlar va xudolar ustidan ularga bo‘ysunish yo‘li bilan g‘alaba qozongan. Hozirgi zamon madaniyatida “tabiiylik” fenomeni “tabiat” tushun-chasi bilan belgilanadi, qadimda bunga “ruh” haqidagi tasavvur muvofiq kelgan.
To‘rtinchi qoidaga sharh. Qadimgi dunyoda texnik harakat dunyo-ning “texnik-magik” manzarasi bilan belgilangan bo‘lsa, keyingi madaniyatlarda oqilona tasavvurlarni ham o‘z ichiga olgan dunyo manzaralari bilan belgilangan. Bu yerda dunyoning uch xil manzarasi: “texne” g‘oyasi va Aristotel tasavvurga tayanuvchi antik manzara, ilmiy-muhandislik manzarasi va texnologik manzara haqida so‘z yuritish mumkin. Hozirgi vaqtda texnogen sivilizatsiya-ning asosiy qarama-qarshiliklarini bartaraf etishga qaratilgan dunyoning yangi manzarasi va oqilonalik tipi shakllanmoqda. Dunyo manzaralarining to‘rtala tipida ham texnik harakatni belgilashda maxsus bilimlar va tasavvurlarga emas, balki tajribaga ham tayanilgan.
Texnik harakatni belgilovchi bilimlarning eng sodda tipi “yo‘l-yo‘riq bilimlar” hisoblanadi. Bunday bilimlarga bobillik-larning “matematik” bilimlari yoki Vitruviyning qurilish ishiga doir yo‘l-yo‘riqlari misol bo‘lishi mumkin. Texnik harakatni belgi-lovchi bilimlarning murakkabroq tiplari – antik madaniyatning falsafiy va ilmiy bilimlaridir. Bunday bilimlarga Arximedning texnik bilimlari misol bo‘lishi mumkin. Texnik harakatni tavsif-lovchi bilimlarning eng murakkab tipi dunyoning hozirgi ilmiy-muhandislik manzarasi bilan belgilanadi. Bugungi kunda u tanqid ostiga olinmoqda.
XX asrda muhandislik faoliyati va texnika ayrim sabablarga ko‘ra tabiat va insonga ta’sir ko‘rsatishi, ularni o‘zgartirishi aniq-landi. O‘z vaqtida (XVI-XVII asrlarda) tabiatning antik davr va o‘rta asrlardagi talqinidan voz kechilishi ulkan yutuq sifatida e’tirof etilgan edi. A.Koyre XVI asrdagi ilmiy inqilob va unda Galiley-ning rolini tahlil qilar ekan, Platonning metodik tamoyillariga murojaat etish va Demokritning ayrim g‘oyalarini o‘zlashtirish Galileyga tabiat hamda jismlar harakatiga butunlay o‘zgacha ko‘z bilan qarash imkoniyatini berganini ta’kidlaydi. Aristotel uchun tabiat, aniqroq aytganda, koinot ierarxiyaviy tartibga solingan, bunda har bir narsa va mohiyat o‘z “tabiiy o‘rni”ga ega bo‘lib, unga nisbatan barcha harakatlar bajariladi. Platon uchun esa koinot, tabiat shunday bir g‘oyalar to‘plami bilan belgilanadiki, ularni borliqda ro‘yobga chiqarish “matematikalashtirish” (sonlar va geomet-rik shakllar vositasida ideallashtirish)ni nazarda tutadi. Ammo borliqni darajalarga ajratib tasavvur qilish buni amalga oshirish imkoniyatini bermaydi, chunki matematik ontologiya o‘zida tavsif-lanuvchi va ifodalanuvchi hamma narsa va hodisalarga gomogen tus beradi. A.Koyre Galiley o‘z ijodida tayangan Demokrit, Arximed va Kopernik tabiat haqidagi yangicha tasavvurga asta-sekin zamin hozirlaganlarini ko‘rsatadi. Chunonchi, Demokrit koinotning sifat jihatidan tavsifini taklif qilgan, Arximed tabiatdan ajratib olingan (ya’ni, ideallashtirilgan) ob’ektlarni fizik-matematik tavsiflash qanday amalga oshirilishi mumkinligini ko‘rsatgan. Kopernik, keyinroq Kepler gomogen – bir vaqtning o‘zida ham fizik, ham matematik borliqning “yagona obrazi”ni yaratdi. Bu o‘rinda har qanday harakat (osmon jismlarining harakati ham, yerdagi jismlar-ning harakati ham) tabiat va matematika qonunlariga bo‘ysunadi.
An’anaviy ilmiy-muhandislik manzarasining inqirozi bizni tag‘in, lekin, tabiiyki, butunlay boshqa darajada tabiatni nogomo-gen tushunishga qaytaradi. Bu yerda umuman Tabiat va Planetar tabiatni farqlashga to‘g‘ri keladi. Planetar tabiat doirasida tabiat va insonning bilish, muhandislik faoliyati va texnikaga qaram emas-ligi tamoyili amal qilmaydi. Shuni qayd etish lozimki, planetar tabiatning hozirgi vaqtda yaratilayotgan yangi obrazi odatdagi tasavvurlarga zid. Bu endi inson faoliyatining oddiy ob’ekti emas, balki tirik organizmdir. Bunday tabiat qonunlari abadiy emas, balki tarixiy va madaniy omillar bilan belgilanadi. Insonning harakati (shu jumladan, ilmiy bilish, muhandislik va loyihalash) bu yerda tabiatning tadrijiy rivojlanish organidir. Tadrijiy rivojlanish jarayoni amalda bir necha maqsadni ko‘zlaydi. Tabiat inson faoliyati va taraqqiyot omiligina emas, balki ularning maq-sadi, shuningdek, o‘ziga xos ma’naviy mavjudot hamdir. U his qili-shi, javob berishi, uning kuch-g‘ayrati va faolligini assimilyatsiya qilishi mumkin. Hozirgi zamon odamining ehtiyojlari, asosan, ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan belgilanishi va ayni shu taraqqiyot insonni ishlab chiqarish omiliga aylantirishi (ya’ni, uni ozodlik-dan mahrum qilishi) bois, insonni texnika hukmi ostidan chiqarish masalasi kun tartibiga qo‘yiladi, shuningdek, u texnikaga ham, tabiatga ham o‘z munosabatini qayta ko‘rishi talab etiladi. Lo‘nda qilib aytganda, bugungi kunda dunyoning an’anaviy ilmiy-muhandis-lik manzarasining barcha asosiy elementlarini, shu jumladan, muhandislik g‘oyasini ham qayta ko‘rishga to‘g‘ri kelmoqda.
Nihoyat, beshinchi qoidaga qisqacha sharh. XX asrga qadar texnika yaratgan barcha asosiy ta’sir va omillar “texnika” tushunchasi bilan bog‘lanmagan. Nima uchun muhandis biron-bir mashinani loyihalar ekan, havo muhiti, inson ehtiyojlari, yo‘llar va hokazolar uchun javob berishi kerak, axir u bu sohalarda mutaxassis emas-ku? Va u javob bermagan, kengroq ma’noda tushuniladigan o‘z ilmiy-texnika faoliyatining oqibatlarini tahlil ham qilmagan. Ammo hozirgi vaqtda ushbu omilni e’tiborga olmaslik va tahlil qilmaslik mumkin emas, shu tufayli ham tabiat, inson va uni qurshagan sun’iy muhitga texnikaning barcha asosiy ta’sirlarini texnika haqidagi tasavvurga kiritishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu o‘rinda faylasuf o‘z yechimi-ni kutayotgan masalalarning ikki asosiy guruhiga duch keladi: inson-ning mavjudligi va mohiyati (uning ozodligi, xavfsizligi, turmush tarzi, dunyoqarashi, imkoniyatlari)ga texnika qanday ta’sir ko‘rsata-di va hozirgi texnogen sivilizatsiyaning mazmun-mohiyati nimada, uning taqdiri qanday kechadi, boshqa, xavfsizroq sivilizatsiya tipi bormi va uni yaratish uchun nima qilish kerak?
Texnologiya” tushunchasi. Bugungi kunda biz texnika haqida so‘z yuritar ekanmiz, odatda, “dehqonchilik texnikasi”, “qurilish tex-nikasi”, “shifokorlik texnikasi”, “boshqaruv texnikasi” kabi iboralarni ishlatamiz. Shu iboralari “texnologiya” tushunchasi bilan bog‘laymiz. XIX asr oxirida Alfred Espinas “Texnologiya-ning vujudga kelishi” kitobida san’at va texnikaning har xil tur-lari haqidagi ta’limotni yaratish, bunda ularga faoliyat turlari sifatida yondashishni taklif qilgan. A.Espinas fikriga ko‘ra, texno-logiya, inson amaliyotining asosiy qonunlarini o‘rganuvchi fan sifatida “umumiy prakseologiya”ni o‘zida ifodalashi va shu tariqa bilimlarning hozirgi “organoni”dagi bo‘shliq – “harakat falsafa-si” o‘rnini to‘ldirishi lozim edi9. Faoliyat turi sifatida qurilish texnikasi yoki shifokorlik texnikasi bir-biridan deyarli farq qilmaydi: u yerda ham, bu yerda ham biz faoliyat omillari, qoida va shartlari ketma-ketligini ajratishimiz mumkin.
Ammo “texnologiya” tushunchasida A.Espinas taklif qilgan konsepsiyada mavjud bo‘lmagan yana ikki ma’noni uqish mumkin. Darhaqiqat, texnologiya texnika bilan, u orqali esa sivilizatsiya erishgan yutuqlar bilan muayyan tarzda bog‘lanadi. Bugungi kunda biz, masalan, kompyuter va axborot texnologiyasi haqida gapirganda, maz-kur texnologiya yaratgan yangi imkoniyatlar, hatto, uning vositasida amalga oshirilayotgan ilmiy-texnika inqilobini nazarda tutamiz. Kuzatishlar texnologiya haqida odamlar ishlab chiqarish va texnika-ning rivojlanishini boshqarishni qisman o‘rganganlaridan, ishlab chiqarish va texnikaning rivojlanish jarayonini boshqarish xalq xo‘jaligining bir qator og‘ir muammolarini yoki harbiy muammo-larni yechish imkoniyatini berishini anglab yetganlaridan so‘ng gapira boshlaganlarini ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, “texnologiya” tushunchasi bilan texnikaning samaradorligini izchil oshirish imko-niyati uzviy bog‘liq. Keyingi tahlillar sivilizatsiya yutuqlari va mehnat samaradorligini yanada oshirish yangi texnika bilangina emas, balki kooperatsiya, ishlab chiqarish yoki faoliyatni tashkil etishning yangi shakllari bilan, resurslarni jamlash imkoniyatlari bilan, mehnat madaniyati bilan, to‘plangan ilmiy-texnikaviy va madaniy salohiyat bilan, jamiyat va davlatning kuch-g‘ayrat va shijoati bilan ham bog‘liq ekanligini namoyish etdi. Asta-sekin texnologiya degan-da, funksional jihatdan sivilizatsiyaning u yoki bu yutuqlarini ta’minlovchi, mohiyat-e’tibori bilan izchil harakatlar (siyosat, boshqaruv, modernizatsiya, intellektual jihatdan va resurslar bilan ta’minlash va h.k.) sohasi hisoblanuvchi, lekin amalda bir qancha ijtimoiy-madaniy omillar bilan belgilanuvchi murakkab voqelikni tushuna boshladilar. e
Ammo A.Espinas texnologiya va faoliyat haqidagi ta’limot ruhi va vazifasiga ko‘ra bir-biriga yaqin turadi, deganida, qisman haq bo‘lgan. Texnologiya haqidagi tasavvur “yangi texnika”dan kengroq darajada umumlashtirilganidan so‘ng texnologiya faoliyatni rivoj-lantirishning ixtisoslashtirilgan zamonaviy shakllaridan biri ekanligi, texnologiyaning rivojlanishi faoliyatni rivojlantirish-ning umumiy mexanizmlari bilan belgilanishi ayon bo‘ldi. Faoliyat texnologiyaga qaraganda kengroq tushuncha, degan fikrga qo‘shilish mumkin, lekin texnologiya yanada konkret, alohida kategoriya, chunki texnologiya bilan faoliyatni rivojlantirishning bir qator alohi-da, zamonaviy mexanizmlari, chunonchi: sivilizatsion jihatdan uning samaradorligini kuzatish, rivojlanishni boshqarish va nazorat qilish, ishning texnologik tomoniga e’tibor berish va hokazolar bog‘liq.
Ma’lumki, texnologiya haqidagi alohida tasavvur XIX asr oxiri – XX asr boshida vujudga kelgan, chunki texnologiyaning bu yerda ko‘rsatilgan jihatlari ayni shu davrda shakllangan. Ammo texnologiyaning “faol tabiati” texnologiya va texnologik inqilob-lar haqida neolit davridan boshlaboq so‘z yuritish imkoniyatini beradi. Albatta, g‘ildirak yoki kitob chop etish yoinki elektr mashina-lar ixtiro qilinayotganida yangi texnika yoki faoliyatning samara-dorlik darajasini hech kim kuzatmagan, shuningdek, faoliyatning rivojlanish jarayonini hech kim ongli ravishda boshqarmagan va nazorat ham qilmagan. Shunga qaramay, biz bugungi kunda yuqorida zikr etilgan kashfiyot va ixtirolar ta’sirida paydo bo‘lgan yangi texnologiya, hatto, yuz bergan texnologik inqiloblar haqida ma’lum ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin. Buning sababi shundaki, faoliyat texnologiyaning mohiyatini belgilovchi omillarga tabiatan yaqin bo‘lgan elementlarni o‘z ichiga oladi. Darhaqiqat, madaniyatda faoliyat izchil va funksional xususiyatga ega bo‘lib, ushbu omillar uning ijtimoiy samaradorligini belgilaydi. Bundan tashqari, faoliyat, odatda, rivojlanishning alohida mexanizmi hisoblanadi. Faoliyat tarixiy voqelikning rivojlanish omilidir. Nihoyat, faoliyat anglab yetish va nazorat qilishni ham nazarda tutadi (aks holda uning asosiy parametrlarini saqlab qolish va gavdalantirish mumkin emas). Albatta, odatdagi sharoitlarda anglash va nazorat qilishning faol usullari texnologik borliqqa xos bo‘lmagan tarzda amalga oshiriladi. Bu, eng avvalo, amaliy-uslubiy bilim (qoidalar, harakat tamoyillari, taqiqlar, faoliyat usullarining tavsiflari va h.k.)ga asoslangan kasbiy tajriba, uni boshqalar bilan o‘rtoqlashish, ya’ni ta’lim sohasidir. Ammo anglash va nazorat qilishning texnolo-giyaga xos bo‘lmagan bu usullari ayrim parametrlarga ko‘ra texno-logik usullarga o‘xshab ketadi. Shunday qilib, texnologiyaning faol tabiatini e’tiborga olgan holda, biz o‘tgan zamonlarda ham texnolo-giyani ajratishimiz va texnologik inqilob haqida gapirishimiz mumkin. Bunda mohiyat-e’tibori bilan faoliyat va uning rivojla-nishi tahlil qilinadi, tahlil jarayonida asosiy e’tibor siviliza-sion siljishlar va qo‘lga kiritilgan yutuqlar (ijtimoiy samarador-lik) hamda boshqarish va nazorat mexanizmlariga qaratiladi. Ammo bunda faoliyat va texnologiya ayniy emasligini tushunish zarur. Fao-liyat tamoyil va o‘rganish ob’ekti sifatida falsafiy-metodologik tafakkurning asoslari sohasiga kiradi. Texnologiya – faoliyatning alohida turlaridan biri, xolos. Falsafiy-metodologik tafakkurda texnologiya asoslarga emas, balki fan sohasiga kiradi, ya’ni uni “faoliyat”, “borliq”, “mavjudlik” kabi boshqa kategoriyalar yordami-da o‘rganadilar. Ammo texnika falsafasining o‘zida “texnika” va “texnologiya” tushunchalari asoslar sifatida amal qiladi. Faoliyatni texnologiya sifatida tavsiflash o‘rinli usul, lekin bunda tegishli kontekst – texnikaning mohiyati va texnikaning madaniyatdagi gene-zisi tahlilini e’tiborga olish talab etiladi. Bu kontekstdan tashqa-rida texnologiyani faoliyat bilan ayniylashtirish turli jumboq-larga olib kelishi mumkin. Quyida texnologiya va faoliyatni ayniy-lashtirganda biz ayni shu kontekstni nazarda tutamiz.
Dehqonchilik texnikasi”, “qurilish texnikasi”, “shifokorlik texnikasi”, “boshqaruv texnikasi” kabi iboralarning mazmuniga nazar tashlash sivilizatsion o‘zgarishlar va inqiloblarga birinchi tabiat effektlarini kashf etish va ulardan foydalanish (ya’ni, texnikaning rivojlanishi) hisobiga ham, yangi texnologik imko-niyatlar, ya’ni faoliyatning rivojlanishi hisobiga ham erishilishi mumkin, degan xulosaga kelish imkonini beradi. Ayrim hollarda aynan yangi texnikaning, ba’zan yangi texnologiyaning ixtiro qilini-shi (yaratilishi), ba’zi hollarda esa texnika va texnologiyaning birikmasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Muayyan sivilizatsion rivojlanish aynan nimaning hisobiga yuz berganini tushunish uchun har safar konkret tarixiy tahlilni amalga oshirish talab etiladi. Ko‘rsatilgan uch jihat va ob’ekt – texnika, texnologiya va faoliyatni farqlamasdan amalda biror narsani tushunish mumkin emas. Ayni shu uch jihat va o‘rganish ob’ekti texnikaning genezisini qaysi nuqtai nazardan amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘lishini belgilaydi. Aniqroq aytganda, madaniyat tarixida bizni quyidagilar qiziq-tiradi: a) texnika va texnologiyaning amaldagi tuzilishi; b) tex-nika va texnologiyani anglab yetish va tushunishning ularni nazorat qilish va boshqarish imkoniyatini belgilovchi shakllari; v) texnika va texnologiyaning tegishli tuzilmalari shakllanishini belgilagan ijtimoiy-madaniy omillar.
Endi “texnika” va “texnologiya” tushunchalari bir-biri bilan qanday bog‘langan, degan savolga javob berishga harakat qilamiz. Texnikaning mohiyat tavsifi texnika vositalari (ashyolari, qurilma-lari)ning yaratilishini ham o‘z ichiga olgani bois, texnologiya, agar uni artefaktlar yaratish faoliyatiga qadar toraytirsak, texnikaning bir jihati sifatida namoyon bo‘ladi. To‘g‘ri, biz yuqorida artefakt-lar tayyorlash borasidagi har qanday faoliyat ham texnologiya bo‘la-vermasligini ko‘rsatishga harakat qildik. Demak, mazmunan texno-logiya har qanday texnikaning emas, balki artefaktlar yaratish tex-nikani boshqarishni o‘z ichiga oluvchi, sivilizatsiyaning rivojlanishiga ko‘maklashuvchi, qator ijtimoiy-madaniy omillar bilan belgilangan zamonaviy texnikaning bir jihati hisoblanadi. Ammo “texnolo-giya” tushunchasi ham texnika haqidagi tasavvurni o‘z ichiga oladi: texnologiya – artefaktlar yaratiladigan faoliyat va borliq. Bu yer-da ham gap zamonaviy vaziyat haqida boradi, zero keng ma’nodagi “texnologiya” tushunchasi XX asrdagina paydo bo‘lgan.
Xulosa. Mazmunan faqat zamonaviy texnikagina texnologiya-ning jihati sifatida qaralishi mumkin. Ushbu xulosa texnika va texnologiya aksariyat hollarda farqlanmasligining sababini tushun-tiradi, shuningdek, texnika va texnologiyani bunday ayniylashtirish mazkur fenomenlar hozirgi davrga bog‘lab o‘rganilgan holdagina o‘rinli bo‘lishini ko‘rsatadi. Umuman olganda, “texnika” va “texno-logiya” tushunchalari bir-biri bilan bog‘liq bo‘lsa-da, ushbu hol ularni ayniylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qila olmaydi, deb aytish mumkin.

Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə