1. Kirish Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etish



Yüklə 140,31 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü140,31 Kb.
#166756
  1   2   3
1. Kirish Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va


Mavzu: Ishlab chiqarish jarayonini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash
Reja:
1.Kirish
2. Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etish
3.Korxonalarda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarish
4.Korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot sifatini oshirish
5.Xulosa
6.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Yurtimizda iqtisodiy islohotlar borgan sari chuqurlashib, bozor munosabatlariga asoslangan yangi mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish jarayonlari tezlashmoqda. Bu jarayonlarni tezlashtirishda ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va raqobatbardoshligini boshqarish o‘rni katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o’rinlarda turadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”1.
Shu nuqtai nazardan iqtisodiyotni modernizatsiyalash bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llabquvvatlash bo’yicha birinchi navbatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mustahkan hamkorlikni yo’lga qo’yish, mamlakatimizda ishlab chiqarigan mahsulotlarga ichki talabni rag’batlantirish masalalari alohida o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi keyingi 28 yil davomida iqtisodiyotni bosqichma-bosqich tarkibiy o’zgartirish bo’yicha islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu islohotlarning asosiy maqsadlari boshida yalpi milliy mahsulotni raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan iqtisodiyotni modernizatsiyalashdan iborat.
Mamlakatimizda o’z vaqtida tanlab olingan iqtisodiy taraqqiyot modelining asosiy tamoyillari asosida ishlab chiqilgan, chuqur va har tomonlama o’ylangan iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va modernizatsiyalash bo’yicha ishlar amalga oshirilishi natijasida 2019-yil yakunlariga ko’ra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti – 8,0 foizga, qishloq xo’jaligi – 6,8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 8,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi2.
Ushbu mavzuning dolzarbligi - respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo’l keladigan taklif va tavsiyalarni tahlil qilish va uni amalga qo’llay olish hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich aytganlaridek, “tadbirkorlik va ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, ularni zamonga mos holda diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ularning imkoniyatlardan to‘la foydalanish xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi va shunda biz qurayotgan jamiyat o’z-o’zidan rivojlanish yo’liga qadam qo’yadi”3.

Mavzuning maqsad va vazifalari. Respublikamizda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash hamda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishni takomillashtirish, rivojlangan mamlakatlar qatori zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va mahsulot raqobatbardishligiga erishish uchun uning sifatini oshirish jarayonida qo’l keladigan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqarish mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:

Rivojlangan chet davlatlarda sug‘urta munosabatlarining tashkil etilish parametrlarini tadqiq qilish.

Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari haqida atroflicha ma’lumot to’plash;

Korxonalarda mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish;

Korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot sifatini oshirish usullarini tadqiq qilish;

Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasini taqqoslash;

Korxonalarni modernizatsiyalash sharoitida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishning ustuvor yo’nalishlarini atroflicha o’rganish;

O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralarini tahlil qilish.

Ishlab chiqarish korxonalarini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash jarayonini tashkil etishning nazariy asoslari.


Diversifikatsiya (lot. diversifi catio — oʻzgarish, xilma-xil taraqqiyot) — korxona (birlashma)larning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Diversifikatsiya da yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Ilgari bir sohada ixtisoslashgan firmalarning (sanoat, qishloq xo’laligi, transport, moliya va h.k.) boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmat koʻrsatish sohalariga, birinchi navbatda, yuqori foyda beradigan sohalarga kirib borishi ularning xoʻjalik faoliyati sohalari va imkoniyatlarini kengaytiradi.
Diversifikatsiya natijasida turli-tuman tovarlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan hamda ishlab chiqarish va ishlanmalar bilan band boʻlgan keng tarmoqli, ammo hamisha ham texnologikjihatdan oʻzaro bogʻlan-magan majmualar (masalan, agrosanoat majmui, oʻrmonsanoat majmui) vujudga keladi va bu ishlab chiqarish diversifikatsiyasi deyiladi.
Bundan tashqari, uning kredit diversifikatsiya koʻrinishi ham bor (bunda kredit sifatida beriladigan kapital mablagʻlar xavf-xatarni kamaytirish va yuqori foyda olish maqsadida turli-tuman obyektlar oʻrtasida taqsimlanadi). Bunday diversifikatsiya tarmoqlararo kapital konsentratsiyasi jarayoni va korxonalararo ichki beqarorlikning kuchayishi bilan bogʻliq.
Dunyo mamlakatlarida diversifikatsiya jarayoni XX asrning 50-yillari oʻrtalaridan rivojlana boshladi. Dastlab AQSH, Yaponiya, Gʻarbiy Yevropa davlatlarida diversifikatsiya sanoat, transport, qurilish, moliya sohalarida vujudga keladi. Shu bois, diversifikatsiya xarakteri mazkur davlatlarning ijtimoiyiqtisodiy omillari, shuningdek, boshqa davlatlarga tegishli boʻlgan umumiy omillar (ilmiy-texnika inqilobi, yuqori foyda uchun kurash, raqobat kurashi, texnik taraqqiyotdan qolib ketmaslik va boshqalar) bilan belgilanadi.
Diversifikatsiyada firmalar, ayniqsa, monopol firmalar kup tarmoqlilik tusini oladi. Ular, avvalo, koʻp daromadli, tez rivojlanadigan sohalar (masalan, elektronika, kimyo)da faoliyat boshlaydi. Kompaniyalar mahsulot ishlab chiqarish bilan birga, shu mahsulot uchun zarur boʻlgan xom ashyoni ham oʻzlari tayyorlashga kirishadi. Mablagʻlarni kam daromadli sohadan tejab koʻp foyda beradigan tarmoklarga sarf etadilar. Masalan, AQSH konsernlari xizmat koʻrsatish, qurilish, yer maydonlari savdosi, nashr ishlari, savdo-sotiq axboroti, jihozlarni ijaraga berish va boshqalarda faoliyat yuritdi4.
Oʻzbekistan xalq xoʻjaligida yangi barpo etilgan sanoat korxonalarida asosiy mahsulot turidan tashqari qoʻshimcha mahsulotlar, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya′ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog`liq bo`lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo`ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma′lumki, bir vaqtning o`zida ikkala mahsulot turiga bo`lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga bo`lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko`p hollarda bir turdagi mahsulotga bo`lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo`lgan talab oshadi.
Firma o`z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yo`qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko`proq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo`qotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Ko`rinib turibdiki firma diversifikatsiya yo`li bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to`liq yo`qotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos5.

Modernizatsiya keng tushuncha bo’lib, uni ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga tadbiqan qo’llash mumkin. Bu, eng avvalo, modernizatsiyalash jarayonini turli jihatlarga ko’ra tasniflash orqali namoyon bo’ladi.


“Modernizatsiya, modernizatsiyalash (inglizcha modern - eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash unga zamoaviy tus berish, uni zamonaviy talablarga muvofiq o’zgartirish degan ma’noni bildiradi. Modernizatsiyalashda mashina, apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti talablriga muvofiq qayta ishlanadi”6.
Xususan, ular modernizatsiya tushunchasiga tor ma’nodagi yondashuv sifatida quyidagi mazmundagi ta’rifni berish mumkin: “Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan, mashina, asbob-uskunalar, texnologik jarayonlar modernizatsiyalanadi”. Bundan ko’rinadiki, tor ma’nodagi modernizatsiya atamasi asosan texnika, texnologiyaga oid tushuncha hisoblanadi.
Modernizatsiya – ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va xizmatlar) raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilgan texnologik yangilanish jarayonidir.
U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo’lib, mehnat, moddiy va xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab beradi7.
Keng ma’noli modernizatsiyani tavsiflovchi turli jihatlar9

uning majmuaviyligi, ya’ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olishi; uning tizimiyligi, ya’ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi yoki yaxlit sohasining o’zgarishi boshqalarining o’zgarishiga olib kelishi. Masalan, madaniy va siyosiy o’zgarishlar iqtisodiyotdagi o’zgarishlarga olib keladi va aksincha;

uning global tavsifi – u dastlab bir necha ilg’or mamlakatlarda boshlanib, keyinchalik butun dunyoga tarqalmoqda;

uning davomiylik tavsifi – modernizatsiya qisqa davrda ro’y bermaydi, balki u bosqichlarga bo’linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi yetakchi guruhning paydo bo’lishi, o’zgarishlarni ilgari surish, ular natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);

tabaqalashganlik tavsifi – modernizatsiya turli mamlakatlarda turlicha ro’y berib, u yoki bu xolda milliy madaniyat va ahloq an’analariga tayanadi (masalan, “yapon iqtisodiy mo’jizasi”), G’arb va Yevropa qadriyatlari foydasiga ulardan to’liq voz kechishni taqozo etmaydi.

Shu o’rinda, fikrimizcha, modernizatsiyalashning innovatsion tavsifi, ya’ni u orqali jamiyatning turli darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalariga yangi usul va vositalarni tatbiq etish nuqtai nazaridan yondashish tamoyilini kiritish ham mantiqiy, ham ilmiy jihatdan to’g’ri hisoblanadi.


2-rasm. Modernizatsiyaning tamoyillari.


Ba’zi manbalarda modernizatsiyaning alohida jihatlariga e’tibor qaratiladi. Masalan, an’anaviy jamiyatdan yoki industrial jamiyatga murakkab o’tish jarayonining tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy modernizatsiya ajratilib, uning mazmunini umumiy tizimiy o’tishning ajralmas tarkibiy qismi sifatidagi siyosiy tizimning o’zgarishi tashkil etishi ta’kidlanadi.
Umuman olganda, modernizatsiya juda jeng tushuncha bo’lib, bugungi kunda uni jamiyat hayotining turli jabhalarini tubdan o’zgartirish, yangilash, bu borada taraqqiyotni jahondagi ilg’or andozalar tomon yo’naltirish va takomillashtirish jarayonlarining majmui sifatida ifodalash mumkin. Zero, bu holat mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov tomonidan 2005-yil 28-yanvardagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida ko’rsatib o’tilgan mamlakatni modernizatsiyalash va isloh etishning ustuvor yo’nalishlari, xususan iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi dolzarb vazifalar orqali yaqqol namoyon bo’ladi:

mamlakatda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish;

iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;

bozor iqtisodiyoti sharoitida hozirgacha o’tmishdan meros sifatida saqlanib qolayotgan ma’muriy-taqsimot tizimi mezonlarinidan voz kechish;

xususiy sektorning yanada jadal rivojlantirilishini yanada ta’minlash;

davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko’proq cheklash;

kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratish;

xususiy tadbirkorlik va kichik biznes bilan shug’ullanuvchilar faoliyat ko’rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ularni rag’batlantirib borishni tashkil etish;

soliq tizimini yanada takomillashtirish;

soliqqa tortish borasida qo’shimcha imtiyozlar va pereferensiyalar berilishini ta’minlash va boshqalar10.

Umuman olganda, modernizatsiyalash jarayonlari ijtimoiy hayotning deyarli barcha jabhalarini qamrab olib, ayniqsa, mazkur yo’nalishlar orasida iqtisodiyotni modernizatsiyalash muhim o’rin tutadi. Zero, milliy iqtisodiyotning barqaror va samarali amal qilishini ta’minlash, uni jahonning rivojlangan mamlakatlari taraqqiyoti darajasiga olib chiqish, turli siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlar, jahon bozori kon’yunkturasidagi tebranishlar, inqiroz holatlariga nisbatan “chidamliligi”, mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan iqtisodiyotdagi tub islohotlar va ularning natijalariga bog’liqdir. Biroq, shu bilan birga iqtisodiyotni modernizatsiyalash jarayonlarining amalga oshirilishida izchillik va mantiqiy muvozanatni ta’minlashga harakat qilishi lozim.
Iqtisodiy fanda modernizatsiyalash jarayonlarini turkumlash katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, texnologik (K.Levi-Stross), funksional (N.Smelser) va global (P.Viner) modernizatsiyalar farqlanadi. Alohida mamlakatlarda modernizatsiya bosqichlarining turlicha talqini farqlanadi11.

Modernizatsiyalash jarayonlarining bosqichlari to’g’risida so’z ketganda, fikrimizcha, nazariy jihatdan, mazkur jarayonlarini qo’llashning turli darajalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir (3-rasm).



Birinchi (eng quyi) daraja – alohida texnika, texnologiyani modernizatsiyalash bo’lib, ko’proq tor ma’nodagi modernizatsiyalash tushuncha-siga to’g’ri keladi.
Ikkinchi daraja – ishlab chiqarishni modernizatsiyalash yaxlit ishlab chiqarish jarayonlarini namoyon etib, o’z ichiga funksional jihatdan o’zaro bog’liq bo’lgan texnika va texnologiyalar bilan bir qatorda ishlab chiqarishni tashkil etish jarayonlarini modernizatsiyalashni ham oladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta jihozlash kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon hisoblanadi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish vositalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

korxonalardan eskirgan asbos-uskunalarni chiqarish;

ishlab chiqarishni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash;

mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish;

ishlab chiqarish harajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash;

sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy qilish;

chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish12.

Uchinchi daraja – korxona faoliyatini modernizatsiyalash bo’lib, korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan, bir qatorda boshqaruv va boshqa tashkiliy-iqtisodiy jarayonlarni modernizatsiyalashni ham ko’zda tutadi.
To’rtinchi daraja – jamiyatning alohida jabhalarini modernizatsiyalash, keng ma’nodagi modernizatsiyalshning quyi bo’g’ini hisoblanadi. U iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa jabhalardagi modernizatsiyalash jarayonlaridan iborat.
Beshinchi (eng yuqori) daraja – yaxlit jamiyat (ijtimoiy tuzum)ni modernizatsiyalash keng ma’nodagi modernizatsiyalashning yuqori bo’g’ini. Umumiy holda jamiyatni barcha ko’rsatkichlar va yo’nalishlar bo’yicha bir sifat holatidan nisbatan yuqori bo’lgan sifat holatiga o’tkazilishini ko’zda tutadi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash serqirra va murakkab jarayon hisoblanadi. U eng avvalo korxonalarda uzoq vaqtlardan buyon foydalanib kelinayotgan, bugungi kunda ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni foydalanishdan chiqarilishini taqozo etadi. Chunki ishlab chiqarishga jismonan eskirgan asbob-uskunalarni qo’llash umumiy holda resurslar sarfining oshib ketishi, nuqsonli va yaroqsiz mahsulotlarning ishlab chiqarilishi, ularning sifati hamda iste’mol xususiyatlarining pasayishiga olib kelsa, ma’naviy eskirgan asbob-uskunalar ko’proq mahsulotlar tannarxining nisbatan yuqori bo’lishi yoki iste’molning zamonaviy darajasiga javob bermasligi orqali jiddiy muommolarni keltirib chiqaradi.
Biroq, shuni ham hisobga olish kerakki, hozirda korxonalrda mavjud bo’lgan va ishlatilib kelayotgan asbob-uskunalarni zamonaviy jihatlar bilan qisqa muddatda va yalpi xolda almashtirib bo’lmaydi. Bu, birinchidan, juda katta moliyaviy mablag’larni taqozo etsa, ikkinchi tomondan, amaldagi ishlab chiqarish jarayonining to’xtatib qo’yilishiga olib keladi. Shunga ko’ra, korxonaning ko’lami mahsulotning ahamiyati, texnik-texnologik va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda ushbu jarayonni bosqichma-bosqich, izchil ravishda amalga oshirilishi muhim hisoblanadi.
Eskirgan asbob-uskunalardan voz kechish o’z o’rnida ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash vazifasini ko’ndalang qo’llanilishi quyidagi imkoniyatlarni keltirib chiqaradi:

jahon miqyosida talablarga javob beruvchi, raqobatbardosh mahsulotlarning ishlab chiqarilishi;

mahsulot tannarxining ahamiyatli darajada pasaytirilishi hisobiga korxona moliyaviy natija va imkoniyatlarining kengayishi;

xomashyo va resurslarning tejalishi;

mahsulot va xizmatlar yangi turlarini ishlab chiqishni yo’lga qo’yish orqali ishlab chiqarish diversifikatsiyasining amalga oshirilishi.

Agar mazkur texnika va texnologiyalar ilgari amalda qo’llanilmagan ishlanma va g’oyalarga asoslangan bo’lsa, u xolda ulardan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yanada yuqoriroq bo’ladi. Innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqarishga tatbiq etilishi ushbu sohada qo’llanib kelinayotgan texnologiyalarga nisbatan yuqoriroq samaraga erishish imkonini beradi.


Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish – modernizatsiyalash jarayonining zarur shartlaridan biridir. Chunki bu tadbir ham korxonadagi mavjud texnika va texnologiyalarni sifat jihatdan takomillashtirish, ishlab chiqarishni yangi, qo’shimcha jiholarni tatbiq etish orqli amalga oshiriladi. Mahsulot assortimentini kengaytirish, bir tomondan, chiqitsiz texnologiyalarni qo’lash yoki mavjud chiqindilardan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga, amalga oshirilishi mumkin.
Raqobat, raqobatbardoshlik va raqobatda ustunlik borasidagi turli nazariy konsepsiyalar va amaliy yondashuvlar mavjud. Mazkur tushunchalarga xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan berilgan ta’riflar qiyosiy tahlil etilib, quyidagicha ta’rif berish mumkin: “Raqobat – bu, subyektning o’zi uchun maqbul sharoitga intilishida tovar yoki xizmatlarning narxi va sifati muvofiqligiga erishish yo’li bilan iste’molchilarning ishonchini qozonishi, ko’zlangan pul manlag’lariga ega bo’lishi uchun bozor subyektlari o’rtasida yuzga keladigan bahs, musobaqa kurashidir”13.
Raqobatbardoshlik – bu, o’ziga o’xshash raqobatchilar bilan olib boriladigan bahs, musobaqa kurashida tenglikni saqlab turish, ba’zi holatlarda ustunlikka erishish qobiliyatidir.
Raqobatdagi ustunlik – bu, bozor subyektining raqobatchilar bilan bo’ladigan narx, sifat hamda ularningmuvofiqligi bo’yicha tafovutning, naflilikning xaridor va iste’molchilar uchun farqli ko’rinishidir.
Raqobat va raqobatbardoshlik o’rtasida aloqadorlik mavjud bo’lib , biri ikkinchisidan kelib chiqadi. Raqobat korxona (firma) larni raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko’rsatishga undaydi.
Raqobatbardoshlik nisbiy o’lchov bo’lib, xususiyati, shundan iboratki, uni raqobat predmeti (mahsulot raqobatbardoshligi)ga nisbatan ham qo’llash mumkin. Raqobatdoshlik deganda, odatda, tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal rentabellikni ta’minlaydigan narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab chiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Raqobatbardosh tovarlar bozori cheklanib qolmaydi, makroqitisodiy mazmunga ega bo’ladi.

Mahsulotning raqobatbardoshligi deganda, iste’molchining aniq ehtiyojlarini qondirish va uni xarid qilish hamda keyinchalik undan foydalanish uchun sarflanadigan harajatlar darajalari bo’yicha uni, ya’ni mahsulot boshqa shunday tovarlardan ajralib turadigan tavsiflar yig’indisi tushuniladi.


Mahsulot raqobatbardoshligi – biror bir firma tomonidan ishlab chiqarilgan, raqobatchi firmalarning xuddi shunday tovarlariga qaraganda yaxshiroq iste’mol xususiyatlari va texnik-iqtisodiy parametrlariga ega bo’lgan tovarlarning iste’molchilar tomonidan ajratib olinish “qobiliyati”dir.
Raqobatbardoshlik aynan bozorda kuzatiladi va tovarlarning iste’molchi ehtiyojlariga muvofiq kelishi solishtirib va tekshirib ko’riladi. Ana shunda tovarning raqobatbardoshligi real xaridni amalga oshirayotgan xaridor uchun jozibadorlik darjasini ko’rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kuchli raqobat bozorda tanlanganini olish mumkin bo’lgan turli tovarlar, ular nomenklaturasining tez yangilanishi firma oldidagi muntazam ishlab chiqariladigan mahsulotni xaridor qanday qarshi oladi, tovar muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligining sababi nimada, degan savollar qo’yadi. Bunday muammolarni tahlil qilish zaruriyatiga yangi buyumlarni ishlab chiqish narxi, ularni yaratish bilan bog’liq tavakkalchilikning oshishi sabab bo’ladi. Bularning hammasi korxonani ishlab chiqarilayotgan tovarlar raqobatbardoshligini diqqat bilan o’rganishga majbur qiladi14.
Bizga amaliyotdan ma’lumki, raqobat o’zaro musobaqa shakli bo’lgan va bo’lib qoladi. Boshqacha aytganda, zamonaviy bozorda raqobat “g’alaba emas, muhimi qatnashish” , degan musobaqa emasdir.
Ma’lumki “raqobatbardoshlik” tushunchasi “raqobat” tushunchasining bir qismidir. Agar korxona bozorda muvaffaqiyatsiz raqobat qilayotgan bo’lsa, uning mahsuloti raqobatbardosh emas.
Raqobatbardoshlik – mazkur bozorda mavjud eng yaxshi o’xshash obyektlariga nisbatan aniq ehtiyojni qondirish darajasini tavsiflovchi obyekt xususiyatidir.
Shu bilan birga raqobatbardoshlik – aniq bozor sharoitlarida boshqalar bilan musobaqada chidash imkoniyati hisoblanadi. Raqobatbardoshlik marketing tadqiqotlari natijalari bo’yicha aniqlanadi. U tovarning ham aniq ijtimoiy ehtiyojga moslik darajasi, ham uni qondirishga sarflangan harajatlar bo’yicha uning raqib tovaridan farqini ifodalovchi tavsifidir.
O’zbekiston amaliyotida tovarlarga nisbatan “mahsulot raqobatbardoshligi” tushunchasi bilan amalda bir xil ma’noga ega “mahsulot sifati” tushunchasi ko’proq qo’llanadi, chunki mahsulot sifati deb kamroq harajat qilib, xaridorni maqbul xolda qondirish xususiyati tushuniladi.
Mahsulotning raqobatdoshligi uning sifati va narxiga ko’ra shu turdagi boshqa ishlab chiqaruvchilarning mahsulotidan ustunligi bilan belgilanadi. Firmalarning raqobatdoshligi esa turdosh, raqobatlashuvchi korxonalarga nisbatan bir xil yoki o’rnini bosuvchi mahsulotlarni iste’mol xarakteristikalari bo’yicha sifatli va pastroq narxlarda ishlab chiqarish hamda yetkazib berish imkoniyati bilan bog’liq.
Firmaning raqobatdagi ustunliklarini bir qator omillar belgilab beradi. Bularni ikki guruhga ajratish mumkin:

milliy kompaniyalarning rivojlanish darajasi;

makroiqtisodiy biznes muhitning sifati15.

Shvetsariyaning Davos shahrida har yili bo’lib o’tadigan Jahon iqtisodiy forumining ishtirokchilari ma’ruzalarida firmalar darajasidagi raqobatdoshlik to’rtta asosiy omil bilan bog’liq ekani ta’kidlanadi:

resurslar (mamlakatda korxona mahsulot ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi uchun resurslarning mavjudligi, hajmi va sifati);

tashqi raqobat;

talab;

tarmoqlararo aloqalar.



Iste’molchi nazarida yuqoriroq sifati bilan ajralib turgan buyumlar raqobat ustunligiga egadir. Ammo, bunday yondashishda mazkur mahsulotni tayyorlash mehnat sig’imliligini material sig’imliligi, konstruksiyasining muhim xususiyatlari chekkada qolib ketadi.
Tovar raqobatbardoshligining asosiy tashkil etuvchisi uning iste’mol xususiyatlari va narxidir. Lekin tovarning bozor istiqbollari faqat sifat va ishlab chiqarish xarajatlariga bog’liq emas. Tovarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsizligi sabablari ta’minlovchining reklama faoliyati, nufuzi, texnikaviy xizmatning taklif etilayotgan darajasi kabi boshqa notovar omillar bo’lishi mumkin.
Lekin raqobatbardoshligini ta’minlash bo’yicha korxona faoliyatining ishlab chiqarishga oid bo’lmagan jihatlari qanchalik muhim bo’lmasin, asos – sifat, narx va texnikaviy xizmatdir.
Tovar raqobatbardoshligini oshirish uchun raqobatbardoshlikni miqdoriy o’lchash imkonini ta’minlash kerak, bu esa uning darajasini oshirish imkonini beradi, iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi shaklida shunday miqdoriy ma’lumotni yig’ish mahsulot raqobatbardoshligini yaxshilash jarayonining muhim bosqichidir.
Miqdoriy ko’rsatkichlar tahlili joriy davrda raqobatbardoshlik darajasi, uni oshirish zarurati darajasi, bu maqsadga erishish potensial usullari haqida fikr yuritish imkonini beradi. Undan tashqari, aytib o’tilgan ko’rsatkichlardan foydalanib, boshlang’ich davrda ko’rilgan chora-tadbirlar samarasiga baho berish mumkin. Tahlil qilinayotgan tovar raqobatbardoshligini o’lchash uchun mazkur va raqib tovarlar xizmatining me’yoriy muddatda foydali samarasini tavsiflovchi sifat ma’lumotini hamda obyektlar hayotiy sikllari davomidagi jami sarflarni bilish zarur.
Menejer o’z firmasi buyumlari raqobatbardoshligini o’rgangandan keyin, ular raqobatbardoshligini oshirish va erishilgan darajada ushlab qolish uchun zarur bo’lgan aniq chora-tadbirlarni bajarishga kirishishi lozim. Bu yo’nalishda ish tovar raqobatbardoshligini boshqarishga yondashish jihatlarini tanlashdan boshlanadi. Bunday yondashishlardan bir nechtasi ma’lum: tizimli, majmuiy, funksional.
Tizimli yondashish – asosida obyektlarni yaxlit tizim sifatida o’rganish yoki maxsus ilmiy bilish va ijtimoiy amaliyot uslubidir. Tizimli yondashishning eng muhim tamoyillari quyidagilar:

qarorlar qabul qilish jarayoni oxirgi maqsadlarni aniq belgilash va ravshan ifodalashdan boshlandi;

doirasida har bir xususiy yechimning barcha oqibatlari va o’zaro bog’lanishlari aniqlanadigan butun muammo bir butunlik, yagona tizimdek ko’riladi;

maqsadga erishishning imkoni bo’lgan muqobil yo’llarini aniqlash va tahlil qilishning xosligi;

ayrim kichik tizimlarning maqsadlari butun tizim maqsadlari bilan to’qnashish mumkin emas.

Tizim – ma’lum yaxlitlik, birlikni hosil qiladigan munosabat va aloqalarda bo’lgan elementlar majmuasi. Tizimli tahlil tamoyillaridan kelib chiqib, marketing tadqiqotlari asosida avval tovar yoki xizmatlar parametrlari shakllantiriladi: nima chiqarmoq, qanday sifat ko’rsatkichlari va qanday sarflar bilan, kim uchun qaysi muddatda, kimga va qanday narxda sotmoq kerak?


Eng avvalo, tovar me’yorlari bo’yicha raqobatbardosh bo’lishi kerak. Undan keyin resurslar va ma’lumotnoma kerakligi, ishlab chiqarishning tashkiliy-texnikaviy darajasi (texnika, texnologiya, ishlab chiqarish, mehnat va boshqarishni tashkil qilish) va tashqi muhit parametrlari (siyosiy, iqtisodiy, texnologik, ijtimoiydemografik, mamlakatlar madaniy muhiti va mazkur mintaqa infratuzilmasi) ni o’rganib, nimalarni oldindan ko’rish mumkinligi aniqlanadi.
Tovar raqobatbardoshligini ta’minlash uchun tovar iste’molchiga uchun tovar iste’molchiga yetkazilib beradigan paytgacha marketing tadqiqotlari natijalari jahon yutuqlari darajasida bo’lishi, muhit tizim ichida jarayonlar me’yorida kechikishiga ko’maklashishi kerak.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, oldin tizimning chiqishiga, keyin chiqishiga va faqat undan keyin jarayonga bo’lgan talablar shakllantiriladi. Boshqacha aytganda, oldin tashqi muhit bilan bo’lgan munosabatlarni aniqlash kerak va faqat undan keyin jarayon sifatini oshirish ustida ishlash lozim.
Mahsulot raqobatbardoshligini boshqarishga bunday yondashish tovarni bozorga tatbiq qilish paytiga uni ishlab chiqarish eng yaxshi jahon namunalari darajasida ta’minlashiga da’vat qiladi. Mahsulotni yangilash rejalashtirilganda raqiblardan o’zib ketish uchun tovarga qo’yiladigan bo’lajak talablar muhim ko’rsatkichlari rivojlanishining tendensiyalarini oldindan ko’rish uchun sifatli ma’lumotdan foydalanish kerak.

Majmuiy yondashish boshqarishning texnikaviy, iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa jihatlari o’zaro bog’lanishda ko’rishni nazarda tutadi.

Funksional yondashishda bitta ehtiyojni qondirish uchun yangi muqobil tuzilmalar va usullar qurish yo’lidan boriladi. Tovar hayotiy siklidagi yig’indi xarajatlar birligiga maksimal foydali samara beradigan obyekt tanlanadi. Mazkur yondashishning asli – yangi yoki mavjud ehtiyojlarni qondirish uchun butunlay yangi tovarlarni yaratishdir.
Korxona mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishning o’z-o’zidan ko’rinib turgan usullari ishlab chiqarish harajatlari darajasini iste’molchi xarajatlari darajasidan pasaytirish, mahsulot sifatni oshirish yokiiste’molchi sotib olgandan keyin tovarga qilinadigan xizmat sifatini oshirishdir. Lekin raqibidan ustunroq chiqishning boshqa usuli ham bor. U firma bozorda qandaydir jabhada aniq ifodalangan kompetensiyaga erishishga harakat qilishidan iboratdir.
Aniq ifodalangan kompetensiyaning ma’nosi shundaki, firma mahsulot ishlab chiqarishda yoki uni tarqatishda nimanidir o’z raqiblaridan yaxshirioq qiladi, bu esa mijozlarni o’ziga jalb qilish va saqlab qolish imkonini beradi.
Ba’zan mahsulot narxi raqib firmalarnikidan yuqoriroq bo’lsa ham, lekin kompaniya, masalan, eng mustahkam soatlar yoki eng kam raqiblarnikiga nisbatan raqobatdoshliroq bo’ladi. Raqobatdoshlikni oshirish maqsadida xarajatlarni kamaytirish yoki chora-tadbirlarni baravariga amalga oshirishga harakat qilish shart hisoblanmaydi. Ayrim hollarda raqobatbardoshlik janhasida firma tovariga nufuz yoki kompetensiya beradigan qandaydir o’rnini tanlash samaraliroq bo’ladi. Iste’molchilar o’rtasida kompaniya obro’ga ega bo’lishi mumkin bo’lgan o’rinlardan bir nechtasini aytsh mumkin:

mahsulotning texnikaviy tavsiflari bo’yicha peshqadamlik;

buyumning ishonchliligi bo’yicha peshqadamlik;

buyumlarning baland narxidan iste’molchilarni qaytmaslikka undaydigan buyum mustahkamligi bo’yicha peshqadamlik;

yetkazib berish bo’yicha peshqadamlik;

buyurtmachilar talablariga binoan buyumlarni “induallashtirish”.

mahsulotni bozorga tatbiq etish;

ishlab chiqarish hajmini maslashuvchan boshqarish.

Bizning bozorimiz raqobat nimaligini anglab bo’lgan. O’zbekistonda sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqaruvchi firma va korxonalar yildan-yilga ko’payib bormoqda. Bozorimiz mahsulotlar bilan to’yingan, ular chet davlatlarga eksport qilinmoqda. Bizning ichki bozorimizda xorijiy mahsulot bilan muvaffaqiyatli raqobat qilish uchun korxona qanday chora-tadbirlar ko’rishi kerak, bozorda tovar muvaffaqiyatini oldindan qanday bilishi kerak, tovarga talab yo’qligining oldini qanday olishi kerak, firma mahsulotiga iste’molchilar diqqatini qanday jalb qilish mumkin – shu va boshqa ko’p savollarga javobni aynan tovar menejmenti beradi.
Agar firma menejeri bozordagi vaziyatni o’z ichki hissiyoti bilan oldindan bilsa, to’g’ri yechimlarni mohirona tanlashdan holi bo’lmasa va raqobatbardoshlikni boshqarish san’atini bilib olgan bo’lsa, korxona bozorda muvaffaqiyat qozonishi aniqroq bo’ladi.
Firma ishlab chiqarayotgan tovar raqobatbardosh bo’lsa, kompaniyaning asosiy maqsadi – yetarli darajada foyda ko’rish va bozor munosabatlari sharoitlarida yuqori cho’qqilarga chiqishini ta’minlashdir. Tovarlar raqobatbardoshligini samarali boshqarish ayniqsa, o’z mahsuloti bilan tashqi bozorga chiqmoqchi bo’lgan korxonalar uchun muhimdir. Bu masalani amalga oshirish ulardan iste’molchilarga peshqadam firmalar taklif etayotganlardan yaxshiroq tovarni, ularni sotish va xizmat qilish shartlarini taqdim etishni talab qiladi. Bu faqat raqobatbardoshlik mexanizmlarini, o’z tovarlari raqobatbardoshligini ko’tarish usul va yo’llarini sinchkovlik bilan o’rganish asosida amalga oshirilishi mumkin.
1.3. Korxonalarda ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot sifatini oshirish usullari.
Diversifikatsiya usuli korxona yoki davlatning moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun ishlatiladi. Bitta kontragentga e'tibor qaratish bilan bir qator afzalliklarga ega:

tarmoqlararo bozor mavjud bo'lib, unda bitta xaridor (sotuvchi) hamkorlik qilishdan bosh tortsa, siz boshqasini topishingiz mumkin;

bankrotlik xavfini sezilarli darajada kamaytiradi;

korxonaning salohiyati kengroq ochib beriladi;

mahsulotga yoki mahsulot guruhiga talab kamaygan taqdirda biznesning hayotiyligi oshadi.

Shu bilan birga, usul kamchiliklarsiz emas. Bularga quyidagilar kiradi:

boshqaruv va rejalashtirish jarayonlarining murakkablashishi;

qoida tariqasida, eng daromadli yo'nalishda kapital kontsentratsiyasining pasayishi;

yangi faoliyatni rivojlantirishda to'g'ridan-to'g'ri va bilvosita yo'qotish ehtimoli. Dastlabki davrda ular deyarli muqarrar.

Ushbu yaqqol kamchiliklarga qaramay, faqat bitta etkazib beruvchiga yoki xaridorga qaratilgan maqsad ortiqcha tahdidlarga olib keladi. Kompaniyalarni bitta turdagi mahsulotdan boshlab diversifikatsiya qilish bo'yicha muvaffaqiyatli misollar ko'plab variantlarga ehtiyoj borligidan dalolat beradi.


Shved kompaniyasi SAAB samolyot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, ammo Ikkinchi Jahon urushidan so'ng aviatsiya texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillar ishlab chiqarishni o'zlashtirgan.
Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarini diversifikatsiyalash bilan tavsiflanadi. Faqat bitta ekinni tikish bilan ishlab chiqaruvchi hosilning etishmasligi bilan o'zini xavf ostiga qo'yadi.
Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi yangi quvurlar shaklida uglevodorodlarni yetkazib berish uchun infratuzilmani yaratib, ko'p tarmoqli eksport kanali bilan ta'minlaydi. Ulardan birini qoplash xavfi yetkazib berishda uzilishlarga olib kelmaydi.
Yuqoridagi misollardan biz barcha darajadagi diversifikatsiya shakllari va turlarining xilma-xilligi to'g'risida xulosa chiqarishimiz mumkin. Usul quyidagi faoliyat sohalarida qo'llaniladi:

Milliy iqtisodiyot. Kam miqdordagi moliyaviy daromad manbalariga ega davlatlarning suvereniteti xavf ostida. Iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish deganda bir tomonlama rivojlanish natijasida kelib chiqadigan nomutanosiblikni bartaraf etish tushuniladi. Bir (yoki bir nechta) sektorga tanqidiy qaramlik tashqi bosimni (ko'pincha siyosiy) kuchaytirish uchun sharoit yaratadi, bunga zamonaviy dunyoda ko'plab misollar mavjud.

Ishlab chiqarish. Korxonada ishlab chiqarilgan har qanday mahsulotga talabning pasayishi, agar u yagona bo'lsa, to'liq xarobaga olib kelishi mumkin.

Mamlakat tashqarisidagi tadbirlar. Jug'rofiy diversifikatsiyalashning mumkin bo'lgan foydalari, avvalambor, soliq qonunchiligidan foydalanish imkoniyatlarini o'z ichiga oladi. Arzon ishchi kuchi resurslari ko'plab firmalarni chet elda ishlab chiqarish ochishga undaydi. Boshqa afzalliklar xom ashyo bazasi, energiya manbalari va boshqalarning yaqinligi bo'lishi mumkin.

Qarzlarni sug'urtalash. To'lovlarning kafolati qimmatli qog'ozlar ko'rinishidagi aktivlar tomonidan ta'minlanadi. Sug'urtalovchi zaxira turlari qancha ko'p bo'lsa, amortizatsiya xavfi kamayadi.

Valyuta sarmoyalari. Oddiy fuqarolar ham, butun davlatlar valyuta rezervlarini yaratishda stavkalarning o'zgarishini hisobga olishadi, ammo ularni mutlaq aniqlik bilan oldindan aytib bo'lmaydi. Katta zaxiralar ko'pincha turli xil pul birliklarida va boshqa turdagi qiymatlarda saqlanadi.

Mehnat zaxiralari. Ish beruvchilar ham, xodimlar ham xodimlarning malakasini universallashtirishdan manfaatdor. Birinchisi o'zaro almashish imkoniyatiga ega, ikkinchisi esa mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshiradi.

Investitsiya. Turli rentabelli korxonalarning qimmatli qog'ozlariga sarmoyalash uning egasining moliyaviy barqarorligini oshiradi.

Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish - diversifikatsiyaning eng keng tarqalgan turlaridan biridir. Korxonada ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish yangi sohalarni o'z ichiga olgan holda korxona doirasini kengaytirishni anglatadi. Bunga yapon zayatsu yoki koreys shaybollari (ko'p tarmoqli korporatsiyalar) misol bo'la oladi, ularning assortimenti juda keng - yirik kemalardan miniatyurali radio jihozlariga qadar.
Ishlab chiqarishni bunday kombinatsiyasi va diversifikatsiyasi umumiy va yordamchi liniyalarning mavjudligini nazarda tutadi, ularning ba'zilari mutlaq ko'rinishda katta foyda keltiradi, boshqalari nisbatan past tezlikda yuqori rentabellik bilan ajralib turadi.
Albatta, bunday strategiya kam rentabelli va hattoki sarguzashtli dasturlarni ishlab chiqishga aktivlarni majburiy ravishda ajratishda aks ettirilgan salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, biznes faoliyatini diversifikatsiya qilish bu kompaniyaning ichidagi raqobatdir: moliyalashtirish uchun loyiha o'z va'dasini tasdiqlashi kerak. Korxonaning iqtisodiy faoliyati jarayonida resurslarni eng tejamli mahsulot turlari foydasiga qayta taqsimlash mavjud.
Diversifikatsiya strategiyasining turlari (uchta) va uning turlari (shuningdek, uchta) mavjud. Ular batafsil ko'rib chiqilishi kerak:



Diversifikatsiya strategiyasining

turlari


Qisqacha tavsif

Misollar

Konsentrik


Shuningdek, markazlashtirilgan deb ham nomlanadi. Texnologik baza o'zgarishsiz qolmoqda. Yangi mahsulotlar ishlab chiqarish va bozorlarni kengaytirish.


Muhandislik kompaniyasi ixtisoslashgan mahsulotlar ishlab chiqaradi, kosmik agentlik bilan hamkorlik qiladi va mudofaa buyurtmalarini bajaradi.



Gorizontal





Zotan zabt etilgan bozorning imkoniyatlari va mavjud texnologiyalar qo'llaniladi. Kompaniya an'anaviy iste'molchilarga mo'ljallangan yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqaradi.


Faqatgina televizorlar ishlab chiqargan kompaniya bir-birini to'ldirish asosida sun'iy yo'ldosh qabul qilish tizimlari, DVD pleerlar, audio moslamalar va boshqa iste'molchi elektron qurilmalar bilan o'z doirasini kengaytirmoqda.


Konglomerat


Amalga oshirish nuqtai nazaridan eng qiyin deb hisoblanadi. Markazlashtirilgan va gorizontal diversifikatsiyadan farqli o'laroq, ilgari ushbu kompaniyaga xos bo'lmagan tubdan yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Buning uchun katta resurslar, malakali mutaxassislarni jalb qilish, qo'shimcha tadqiqotlar, reklama, boshqaruvni qayta qurish va boshqa zarur choralar talab etiladi.


Neft kompaniyasining media-guruhi tomonidan so'rilishi.


Korxona faoliyatini modernizatsiyalashning asosiy maqsadi – moddiytexnika bazasini takomillashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishda zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo’llash orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishdan iborat. Biroq, e’tibor qaratish lozimki, modernizatsiyalash jarayoni ko’p qirrali va turli natijalarni keltirib chiqarish imkoniyatga ega.


Shu bilan birga modernizatsiyalash chora-tadbirlari turlituman bo’lib, ularni qo’llashning muqobil yo’llari mavjud. Muayyan choratadbirni ustun ravishda qo’llash imkoniyati va zarurligi uni qo’llashdan olinadigan natijaga bog’liq. Bu natijalarni oldindan hisob-kitob qilish, ularni o’zaro taqqoslash va shu asosda eng ahamiyatlisi tanlab olish pirovardida modernizatsiyalashning muvaffaqiyatini belgilab beradi. Bundan ko’rinadiki, modernizatsiyalash chora-tadbirlarining muqobilligi va natijalarining turlichaligi mazkur jarayon samaradorligini baholash zaruratini keltirib chiqaradi.
Modernizatsiyalash jarayonlarni samaradorligini baholash zarurligi, shuningdek, tarmoq modernizаtsiyalash dasturlarining to’g’ri shakllantirilganligi va ilmiy asoslanganligini aniqlash orqali ham namoyon bo’ladi. Odatda, modernizatsiyalash dasturlari tarmoq va soha mutasaddi idoralari tomonian shakllantirilib, u o’z ichiga tarmoq, korxona va tashkilotlarda amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarni oladi. Biroq, muayyan sharoit va davrda tuzilgan dasturlar vaqt o’tishi bilan o’zgarish xususiyatiga ega.
Ayniqsa, uzoq muddatli dasturlarga oraliq o’zgartirish va tuzatishlarni kiritib boorish ularning yanada takomillashuviga hamda samaradorligining oshishiga olib keladi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan asosiy vazifasi – korxona faoliyatini uni moliyaviy resurslar bilan ta’minlovchi aksionerlar manfaatlarini amalga oshiradigan tarzda tashkil etish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish korxonalarida modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish samaradorligini baholashda mazkur jarayonni amalga oshirishning mantiqiy jihatdan ketma-ketligini aniqlash va uslubiy asoslarini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish korxonalarni modernizatsiyalash jarayonlari boshqaruv samaradorligini baholash ketma-ketligida dastlabki bosqichni ishlab chiqarish korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish siklini belgilab olish va ularning to’g’ri yo’lga qo’yilganligini baholash tashkil etadi. Shunga ko’ra, ishlab chiqarish korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish siklining quyidagi ko’rinishini tavsiya etamiz
Tahlillardan shu ko’rinadiki, korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlarini boshqarish siklini 6 fazadan iborat deb belgilab olingan. O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, ushbu bosqichlar soni va ularning mazmuni mazkur jarayonni tahlil etish murakkablik darajasiga qarab o’zgarishi mumkin. Bu borada eng muhimi – fazalar orqali ifodalanuvchi jarayonlarning boshqaruv mazmunini to’liq qamrab olishi va namoyon etishidadir:
1-faza: Korxonalarni moderniztsiyalash imkoniyatlarining tahlili. Bunda asosan quyidagi ikkita jihatga e’tibor qaratiladi:

  • korxona bo’yicha modernizatsiyalash imkoniyatlarini baholash;

  • mahsulot tayyorlash yaxlit texnologik jarayoni bo’yicha korxonaning modernizatsiyalash imkoniyatlarini baholash

2-faza: Modernizatsiyalash jarayolarini rejalashtirish. Rejalashtirishdan maqsad – modernizatsiyalash jarayonlarini uzilishlarsiz va o’zaro muvofiq holda amalga oshirish.
3-faza: Modernizatsiyalash jarayonini tashkil etish. Tashkil etish - rejalashtirgan vazifalarning amaliy harakatini ta’minlashga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar majmuidir.
4-faza: Modernizatsiyalash jarayonlarini motivatsiyalash. Bu bosqichda motivatsiyalash dividend siyosati, moliyaviy natijalarda ishtirok etish, mukofotlash tizimi va boshqa iqtisodiy vosita hamda dastaklardan foydalaniladi.
5-faza: Modernizatsiyalash jarayonlarini nazorat qilish. Nazorat – boshqaruvning tarkibiy elementlaridan biri hisoblanadi. Umumiy nazoratni korxonaning boshqaruvi amalga oshiradi. Joriy nazorat esa asosan texnik va texnologik jarayonlar nazoratidan iborat bo’lganligi sababli, asosan korxonaning modernizatsiyalash bo’yicha ma’sul bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
6-faza: Modernizatsiya jarayonlarini tartibga solish. Bu o’rinda tartibga solish mazkur jarayonlarning boshqarish nuqtai nazaridan qaraladi. Modernizatsiyalash jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko’rilishiga (masalan, korxonada modernizatsiyalash dasturining ishlab chiqilishi, ekpertizadan o’tkazilishi va qabul qilinishi, korxona va korxonalararo darajada modernizatsiyalash bo’yicha aniq vazifalarning belgilab berilishi va boshqalar) qaramay, uning murakkab tavsifi va xususiyatlaridan kelib chiqib, muayyan joriy tuzatish va o’zgartirishlarni kiritib boorish taqozo etiladi.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti ishlab chiqariladigan mahsulot sifatiga qat’iy talablar qo’yadi, chunki hozirgi zamonda har qanda korxonaning omon qolishi, uning tovarlar va xizmatlar borasidagi mustahkam mavqei raqobatbardoshlik darajasi bilan belgilanadi. Raqobatbardoshlik ikki ko’rsatkich - baho va mahsulot sifatining darajasi bilan bog’liqdir.
Ishlab chiqarishni erkinlashtirish ikkinchi omil birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Chunki sifat korxonaning obro’si va yanada gullashi hamda sifatni bshqarish -, barcha xodimlar, rahbardan tortib aniq ish bajaruvchi uchun ishning alfa va va omegasi, ya’ni avvali va oxiridir. Shu tufayli davlatning iqtisodiy, shu jumladan, ishlab chiqarish miqyosida sifat masalasi muhim o’rin egallaydi.
Mahsulot sifatini oshihrish – bu, oqibat-natijada uning miqdori, resurslarni tejash, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni to’laroq qondirish masalasi hisoblanadi. Ya’ni, har qanday mahsulot eng yuqori texnikaviy-iqtisodiy va estetik hamda boshqa bir qator talablarga muvofiq kelishi, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Agar sifat muammosi hal etilmasa, ijtimoiy ishlab chiqarish va aholining tovarlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirib bo’lmaydi.
Mahsulot (ish, xizmat) sifati – muayyan shu mahsulotning har tomondan foydalanishga mukammal ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
Mahsulot sifati – bu, shu mahsulotdan ma’lum maqsadda foydalanish uchun uning yaroqlilik darajasi, mahsulotning xalq xo’jaligi ehtiyojlarini, iste’molchilarning talab va didlarini qondirish qobiliyatidir.
Ishlab chiqarish mahsuloti sifati tarmoqning, korxona(firma)ning faoliyatini rejalashtirishda va uni aniqlashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatni tashkil qilishm uning jihozlanish darajasi, mutaxassisliklarining malakasi, ishlab chiqarishni boshqarishning holati ifodalanadi. Mahsulot sifati iqtisodiy jihatdan iste’mol qiymatining o’lchovi va foydalanish darajasi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Mahsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo’lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli mahsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda mahsulotga baho belgilash bo’yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, mahsulot sifati korxonalar o’rtasidagi sifatli mahsulot uchun moddiy rag’batlantirish va sifatsiz mahsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo’yicha munosabatlarni ifodalaydi.
Mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Mahsulot sifati uni yaratish jarayonida ta'minlanadi va unga bir necha omillar ta'sir o‘tkazadi. Bular 3 guruhga bo‘linadi:
- material-texnik omili.
- ma'muriy omil.
- inson omili.
Bu uch omil sifatni ta'minlashda kerakli shart deb hisoblanadi. Bularning ichida eng asosiysi inson omili va sifat muammosini yechishda avvalom bor inson omilidan - xodimlarni mehnat sifatiga bo‘lgan qizikishini oshirishdan boshlash kerak. Sabab shundaki qiziqishi yo‘k ishchi yaxshi, zamonaviy dastgoxlarda ham yaxshi ishlamaydi, qiziqishi bo‘lsa yomon sharoitlarda ham mahsulot sifatini oshirishga harakat qiladi.
Маhsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Mahsulot sifatni muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sharti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq faravonligini o’stirishning asosiy omillarida biri hisoblanadi.
Mahsulotning miqdori va sifati o’zaro dialektik bog’liqdir. Yuqori sifatli mahsulot sifatsiz tayyorlangan mahsulotga nisbatan jamiyat ehtiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, mahsulot sifatini oshirish ishlab chiqarish hajmini qo’shimcha harajatlarsiz oshirish, demakdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati, va miqdorining o’zaro bog’liqligi mahsulot sifatni oshirish, jamiyat ehtiyojlarini to’la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o’sishining muhim omili bo’lib xizmat qiladi.
Sifatli mahsulot doimo o’z xaridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandagina mahsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin. Bu esa, o’z navbatida, mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko’paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona(firma) o’z ishlab chiqarish salohiyatini yanada yulsaltirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Bunday subyektlarning ko’payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa, uning aholisini daromadlari va demak, turmush darajasining yuksalishiga olib keladi. Natijada sifatli mahsulot va yuqori darajada ko’rsatilgan xizmatlarga talab ko’payadi. Ya’ni, sifatli mahsulot o’zining sifatli iste’molchisini yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o’sish ta’minlanadi.
Mahsulot sifatni yaxshilashga oid vazifalar va tadbirlar tuzilayotganda ularni amalga oshirish imkoniyatlari va maqsadga muvofiqligi texnikaviyiqtisodiy jihatdan asoslanadi.
Buning uchun quyidagilar asos qilib olinadi:

ishlab chiqarilgan mahsulot sifatiga bo’lgan talablar va kelgusida uni takomillashtirish imkoniyatlari;

mahsulot sifat darajasini baholash;

ishlab chiqarilgan mahsulotga uchragan nuqsonlarni yuzaga chiqarish va tahlil qilish;

laboratoriyadan o’tkazilgan sinov natijalari, iste’molchilar tomonidan yuborilgan norozichilik hujjatlari, texnikaviy nazorat vama’lumotlar;

ilg’or korxonalarning mahsulotlari bilan taqqoslash.


Mahsulot sifatni yaxshilashga oid tadbirlar majmuasiga quyidagilar kiradi:
-mahsulotning sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan asosiy tajriba va loyihalashtirish ishlari hamda tashkiliy-texnikaviy tadbirlar;
-ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirishga oid tadbirlar;
-xomashyo va materiallar sifatni oshirish bo’yicha ta’minlovchilargf qo’yiladigan talablar;
-mahsulot sifatini oshirish bo’yicha o’tkaziladigan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyihalshtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot, tajriba va loyihalashtirish yuzasidan ilmiy-tekshirish, loyihalashtirish tashkilotlariga beriladigan topshiriqlar;
-texnikaviy hujjatlarni yaxshilash tadbirlari;
-rioya qilishni tekshirish sharoiti, ishlab chiqarishni o’lchov asboblari bilan taminlash, ularning aniq ishlashini kuzatib turish tadbirlari;
-standartlarni o’zlashitirish, ularga rioya qilish, buyumlarni unifikatsiyalashtirish, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish, nuqsonlarning oldini olish va iste’molchilar tomonidan bo’ladigan noroziliklarni kamaytirish bo’yicha tadbirlar.
Mahsulot sifat darajasini oshirish yo’llaridan biri uning texnikaviy darajasi va sifatini oshirishdir. Buning uchun:
-eng yangi jahon yutuqlari asosida mahsulotni ishlab chiqishda prinsip jihatdan yangi loyiha va konstruksiyalardan;
-mahsulotni ishlab chiqishda yangi texnologik, tashkiliy-texnologik, iqtisdoiy va ijtimoiy yechimlardan foydalanish zarur.
Mahsulot yuqori sifatining poydevori prinsipial jihatdan, yangi texnologiyalar, yuqori samarali va chiqindisiz jarayonlar, yangi konstruksion materiallar va boshqalardir. Mahsulot sifati qanchalik yaxshi bo’lsa boshqa teng sharoitlarda uning mavjud ehtiyojlarini to’laroq qondirish qobiliyati ham shunchalik to’laroq bo’ladi.
Mahsulot sifatiga va uning texnikaviy xususiyatlariga baho berish uchun quyidagi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi:
Iste’mol qilish xususiyatlari bo’yicha talabni qondirish ko’rsatkichlari. Bunday ko’rsatkichlar mahsulotdan tayinli, belgilangan ravishda foydalanish natijasida kerakli samarani tavsiflaydi. Ishlab chiqarish – texnik vazifani bajaruvchi mahsulot uchun mehnat unumdorligini ko’rsatkichi xizmat qilishi mumkin. U baholanayotgan mahsulot yordami bilan qanday hajmdagi mahsulotni tayyorlash yoki ma’lum davr ichida qanday hajmdagi ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatishi mumkinligini ifodalaydi.
Mustahkamlik ko’rsatkichlari – buyumlarning buzilmasligi, yaxshi saqlanishi, ta’mirlashga qulayligi, shuningdek, chidamliligidir. Mashina va o’lchov asboblarining sifati ularning mustahkamligiga va uzoq ishlash qobiliyatiga qarab aniqlanadi. Har bir buyumning mustahkamligi mo’ljallangan muddatda, o’z xizmat parametrlarini o’zgartirmay, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni boshqarish, vositaning, ya’ni qurolning ishlash muddati – mo’ljallangan vaqtda ishlash qobiliyatini o’zgartirmaslik xususiyatidir.
Техnologik ko’rsatkichlar mahsulotni tayyorlash va ta’mirlash jarayonida yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun konstruktor-texnologik yechimlar samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlardir. Aynan texnika va texnologiya yordamida mahsulot ishlab chiqarishning ommaviyligi, material xarajatlarini, mablag’lar, mehnat va vaqtni oqilona taqsimlash ta’minlanadi
Standartlashtirish va unifikatsiyalash ko’rsatkichlari – mahsulotning standartli, unifikatsiyalashgan va original, ya'ni ajoyib, ajralmas qismlar bilan qondirilganligi, to’ydirilganligi, shuningdek, boshqa buyumlarga nisbatan unifikatsiyalashganlik darajasi. Ular traktorni boshqarish uchun kerak bo’lgan kuchlar, muzlatgichda dastakning joylashishi, harorat, namlik, yorug’lik, shovqin, vibratsiya, nurlanish, yonuvchi maxsulotlarda uchar gazi va suv bug’ining yig’ilishi bo’lishi mumkin.
Ergonomik ko’rsatkichlar insonning buyum bilan munosabatini va bu buyumdan foydalanishda ro’y beradigan gigiyenik, fiziologik va ruhiy xususiyatlar majmuini aks ettiradi.
Estetik ko’rsatkichlar buyumlarning badiiy-konstruktorlik xususiyatlarini ifodalaydi. Ular buyumning tovar qiyofasi jonliligini, shaklining ma'qulligini, kompozitsiyaning butunliligini, mukammal bajarilganliligini va barqarorligini tavsiflaydilar.
Transportabellik kursatkichlari maxsulotning tashish uchun moslashganligini ifodalaydi.
Patent-huquqiy ko’rsatkichlar mahsulotning patentli himoyasini va patently sarxilligini (asilligini) tavsiflaydi va raqobatbordoshligini aniqlashda muhim omil hisoblanadi. Patent-xuquqiy ko’rsatkichlarni aniqlashda buyumlarda yangi texnik omillar borligini, shuningdek, mamlakatda patentlar bilan himoyalangan yechimlarni hisobga olish kerak bo’ladi.
Ekologik ko’rsatkichlar atrof-muhitga xavfli ta'sir ko’rsatish darajasi. U mahsulotni ekspluatatsiya qilish yoki iste'mol qilishda yuzaga keladi. Masalan, zararli qotishmalarning bo’lishi, mahsulotni saqlash, tashish va iste'mol qilishda zararli qismlar, gazlar va nurlarni chiqarish mumkinligi.
Xavfsizlik ko’rsatkichlari - xaridor va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning xavfsizligi uchun mahsulot xususiyatlarini tavsiflaydi, ya'ni maxsulotni montaj qilish, xizmat ko’rsatish, ta'mirlash, saqlash, tashish, iste'mol qilishda xavfsizlikni ta'minlaydilar.
Yuqorida qayd qilib o’tilgan ko’rsatkichlarning yig’indisi mahsulot sifatini tashkil etadi. Buyum mustahkam (pishiq), estetik jihatdan ko’zni qamashtiradigan, uz vazifasini yaxshi bajaradigan bo’lishi lozim. Lekin, yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlardan tashqari buyumning bahosi ham muhim.
Chunki iqtisodiy optimal sifat masalasi baho bilan chambarchas bog’liqdir. Xaridor buyum sotib olganda buyum bahosi u ega bo’lgan xossalar to’plamini qoplashini bilish uchun ularni doimo taqqoslaydi.
Mahsulot sifati muammosiga tegishli masalalardan biri standartlashtirishdir. Standartlashtirish - standartlarni belgilash va qo’llash jarayoni. U normal ijodiy faoliyat bulib, sifatning optimal ko’rsatkichlarini, maxsulotning parametrik qatorlarini, nazorat qilish, sinash usullari va hokazolarni ishlab chiqishni va qat'iy belgilashni o’z ichiga oladi.
Standartlashtirishning eng muhim ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarishning rivojlanish sur'ati va darajasiga zaruriy ta'sir ko’rsatadi. Buning uchun esa standartlash fan va texnika hamda amaliy tajribalarning oxirgi yutuqlariga tayanadi.
O’zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil etish bilan chambarchas bog’liq. Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi xalq xo’jaligi, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu hujjatdan to’g’ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash, modernizatsiyalash va mahsulot raqobatbardoshligini oshirishning xorij tajribasi.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2007-yil 24-martda PF-3860 sonli “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmoni qabul qilingan. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, uni yuqori sifatli, raqobatbardosh, eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradigan ilg‘or zamonaviy uskunalar bilan ta'minlashga qaratilgan samarali rag‘batlantirish tizimini yaratish maqsadida:
-xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga besh yil mobaynida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik uskunalar xarid qilish, yangi qurilish shaklida ishlab chiqarishni kengaytirish, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni qaytarishga, lizing ob'yekti qiymatini to‘lashga yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdorida, tegishli soliq davrida amortizatsiya ajratmalarini chiqarib tashlagan holda, ammo soliqqa tortiladigan daromadning 30 foizidan oshmaydigan miqdorda foydadan olinadigan soliq bazasini kamaytirish huquqi berilgan.
- soliqqa tortishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan yuridik shaxslar uchun besh yil davomida yagona soliq to‘lovi to‘lashda soliqqa tortiladigan bazani xarid qilingan yangi texnologik jihozlar qiymatiga teng, ammo soliqqa tortish bazasining 25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirgan holda soliq imtiyozlari joriy etilgan.
-texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan bo‘lsa, qayd etib o‘tilgan soliq imtiyozlarining amal qilishi bekor qilinadi, byudjetga tegishli soliqlar to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklanadi. Texnologik jihozlar xarid (import) qilingan paytdan boshlab uch yil ichida sotib yuborilgan yoki tekinga berilgan bo‘lsa, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinadi va byudjetga bojxona to‘lovlari to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklanadi. Ilmiy-tехnik tаrаqqiyotning hоzirgi rivоjlаnish bоsqichidа mаhsulоtning sifаti milliy iqtisоdiyotlаr rivоjlаnishining аsоsiy muаmmоlаrigа аylаnmоqdа.
Bаrchа sаnоаti rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа jаhоn bоzоridа mаhsulоtning sifаti, rаqоbаtbаrdоshligini оshirish muаmmоsini hаl qilish yo’llаri fаоl izlаnmоqdа. Jаhоnning uch yetаkchi mintаqаsi: АQSH, Yapоniya vа G’аrbiy Yevrоpа misоlidа mahsulot sifati uni raqobatbardoshligini oshirish yo’nalishlarini ko’rib chiqamiz
АQSH firmаlаrining dаdil fikrlоvchi bоshqаruvchilаri Аmеrikа mаhsulоtlаrining raqobatbardoshlikka erishish uchun uni sifatini оshirish zаrurligini аnglаb yetdilаr. Buning uchun quyidаgilаrni rivоjlаntirishgа qаrоr qilingаn:
-ishchilаrni mоtivаtsiyalаsh;
-sifаt to’gаrаklаri;
-stаtistik nаzоrаt qilish usullаri;
-хizmаtchilаr vа bоshqаruvchilаrning tаfаkkurini yuksаltirish;
-sifаt hаrаjаtlаrini hisоbgа оlish;
-sifаtni оshirish dаsturlаri;
-mоddiy rаg’bаtlаntirish.
Oxirgi vaqtda ko‘p AQSH firmalari sifatni boshqarish jarayonlarini takomillashtirishda quyidagi tamoyillarni qo‘llaydilar. Firmaning oliy boshqaruv bo‘g‘inlarining sifatni ta'minlash tizimida oddiy qatnashishdan tizimni bevosita boshqarishga o‘tishi, barcha toifali kadrlar malakasini oshirishga diqqatni keskin oshishi AQSH korxonalariga xosdir.
Sifatni nafaqat texnikaviy ko‘rsatkichlar orqali, balki narx ko‘rsatkichlari orqali o‘lchash, natijada “sifat narxi” tushunchasi kiritiladi, u o‘z ichiga “nomuvofiqlik narxi” va “muvofiqlik narxi” ni oladi.
“Yapоn mo’jizаsi”ning аsоsiy g’оyasi – hаr qаndаy sоhаdа ilg’оr tехnоlоgiyalаrni qo’llаsh. Firmаlаrdа hisоblаsh vа mikrоprоtsеssоr tехnikаsi, yangi mаtеriаllаr, lоyihаlаshning аvtоmаtlаshtirilgаn tizimlаri, to’liq kоmpyutеrlаshtirilgаn stаtistik usullаr kеng tаtbiq qilinmоqdа.
Yapоniya kоrхоnаlаridа хоdimlаr uchun “bеshtа nоl” nоmini оlgаn sifаtni tа’minlаshdа qаtnаshish dаsturi ishlаb chiqilgаn. U qisqа qоidаlаr –mаqоllаr ko’rinishidа shаkllаntirilgаn:
- yarаtmаslik (nuqsоnlаrning yuzаgа kеlishi uchun shаrоit);
- yubоrmаslik (nuqsоnli mаhsulоtni kеyingi bоsqichgа);
- qаbul qilmаslik (nuqsоnli mаhsulоtni аvvаlgi bоsqichdаn);
- o’zgаrtirmаslik (tехnоlоgik tаrtiblаrni);
- tаkrоrlаmаslik (хаtоlаrni)18.
Bu qоidаlаr ishlаb chiqаrishni tаyyorlаsh vа ishlаb chiqаrish bоsqichlаri uchun dеtаllаshtirilgаn hаmdа hаr bir ishchigа yetkаzilgаn.
Yevropadа stаndаrtlashtirish bo’yicha ISО 9000 vа EN 29000 stаndаrtlаrigа аsоslаnilаdi. Mаhsulоtlаrni SЕ bеlgisi bilаn tаmg’аlаsh jоriy qilingаn. Sinоvlаr vа sеrtifikаtlаshtirish bo’yichа Yevrоpа muvоfiqlаshtirish kеngаshi vа sifаt tizimlаrini bаhоlаsh vа sеrtifikаtlаshtirish bo’yichа Yevrоpа qo’mitаsi tаshkil qilingаn. Buyuk Britаniya, SHvеtsаriya, GFR, Аvstriya, Dаniya, Shvеtsiya, Frаntsiya, Ispаniya, Pоrtugаliya, Yunоnistоn, Gоllаndiya, Bеlgiya,Finlyandiya, Nоrvеgiya, Irlаndiya vа Itаliyaning sеrtifikаtlаshtirish bo’yichа tаshkilоtlаri ushbu qo’mitаgа а’zо bo’lgаn. 1988-yilning sеntabridа G’аrbiy Yevrоpаning 14 yirik firmаlаrining prеzidеntlаri sifаtni bоshqаrishning Yevrоpа fоndi (SBЕF) ni tuzish to’g’risidа shаrtnоmа imzоlаdilаr19. SBЕF ning fаоliyat sоhаsi:
Umumiy rаqоbаtdа ustunlikkа erishish uchun sifаtni yarаtish jаrаyonini tеzlаshtirishdа G’аrbiy Yevrоpа kоmpаniyalаrining rаhbаriyatlаrini qo’llаb – quvvаtlаsh.
Sifаtni yaхshilаsh vа Yevrоpаning sifаt mаdаniyatini fаоliyatidа qаtnаshishdа G’аrbiy Yevrоpа hаmjаmiyatining bаrchа sеgmеntlаrini rаg’bаtlаntirsh vа ulаrgа ko’mаklаshish.

Yüklə 140,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə