17
intensivlashtirishning iqtisodiy mohiyati ochilgan bo’lar edi. Masalan, xarajatlar
10 foizga oshgan holda hosildorlik 12 foizga oshsa, demak, mahsulot birligining
tannarxi nisbatan pasaygan bo’ladi. Ana shu tarzda rivojlanish yo’li intensiv
rivojlanish yo’li deb yuritiladi. Intensiv rivojlanish yo’lining imkoniyatlari
cheklanmagan bo’lib, resurslar tanqisligi yoki cheklanganligi sharoitida juda
muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ham mamlakat
iqtisodiyoti tarmoqlarini,
jumladan, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish har bir davlat iqtisodiy
siyosatining asosini tashkil etadi.
Iqtisodiy fan ishlab chiqarishni rivojlantirishning ikki yo’lini bir-biridan
farq qiladi. Birinchi yo’l ekstensiv rivojlanish yo’li bo’lib, mahsulotlar ishlab
chiqarish hajmining ko’payishi ishlab chiqarish jarayoniga yangi va yangi
resurslar (yer, chorva mollarining soni va h.k.) jalb qilish hisobiga ta’minlanadi.
Bunda mahsulot hajmining ko’payishi asosan ishlab chiqarish omillarining
ko’payishi hisobiga yuz beradi. Masalan, o’tgan yili xo’jalik 500
gektar yerga
don ekib, har gektaridan 40 sentnerdan, jami 2000 tonna yalpi hosil olgan edi.
Joriy yilda esa donli ekinlardan
3000 tonna yalpi hosil oldi. Shu 3000 tonna hosilni olish uchun jami o’tgan
yildagidan 100 gektar ko’p yoki 600 gektarga don ekildi. Hosildorlik esa joriy
yilda ham 40 sentnerni tashkil qildi. Mahsulot ishlab chiqarishni bu yo’l bilan
ko’paytirish ekstensiv yo’l hisoblanadi. Albatta, 600 gektar yerga 500 gektar
yerga nisbatan ko’p urug’lik, ko’p mehnat resurslari va boshqa xarajatlar
sarflangan. Lekin bu xarajatlar bir gektar yerga oldingi yil darajasida qolgan.
Ishlab chiqarish resurslarini ko’proq jalb etish
natijasida rivojlantirishga
ekstensiv rivojlanish yo’li deb baho berish qabul qilingan. Bu yo’lning
imkoniyatlari cheklangan. Chunki barcha ishlab chiqarish resurslari - yer, suv,
mehnat resurslari, texnika, xomashyolar, barcha barchasi cheklangan.
Darhaqiqat, har bir davlatning hududi, yer resurslari cheklangan bo’lib, uni
xohlagancha ko’paytirish mumkin emas. Resurslar cheklangan holda
insonlarning, ishlab chiqarishning talab va ehtiyojlari o’sib boradi. Bunday holda
18
ishlab chiqarishni rivojlantirishning boshqa yo’lini topish zarurati tug’iladi. Bu
yo’l – intensiv rivojlanish yo’lidir.
Intensivlashtirish o’z mohiyatiga ko’ra, qishloq xo’jaligida ma’lum
chegaralarga ega. Masalan, qishloq xo’jaligi ekinlarini parvarishlashda har bir
texnologik jarayon uchun optimal agrotexnika muddatlari mavjud. Yer haydash
uchun yer haydovchi traktor, ekish uchun ma’lum
miqdordagi ekish agregati,
hosilni o’rish uchun (donchilikda) kombaynlar bo’lishi kerak.
Har bir ekin turi uchun zarur mineral o’g’it miqdori belgilangan. Agarda
meyordan ortiq mineral o’g’it solinadigan bo’lsa, ekinning hosildorligiga salbiy
ta’sir etib, uning kamayishiga ham olib kelishi mumkin. Bu, o’z navbatida,
intensivlashtirishning ma’lum darajada cheklanganligidan dalolat beradi. Bu
masalaning yechimi fan - texnika taraqqiyotidadir. Fan - texnika taraqqiyoti
deganda fanning, texnikaning va texnologiyaning barqaror rivojlanib borishi
tushiniladi. Boshqacha qilib aytganda, fan - texnika taraqqiyoti – mavjud bilimlar
natijasida ularning boyitilishi va boyitilgan
bilim asosida yangi unumli
texnikalar, progressiv texnologiyalarning yaratilishidir. Oldingisiga qaraganda
unumli texnika va texnologiyalar yaratilishi natijasidagina intensivlashtirish
cheksiz rivojlanitirilishi mumkin.
―Farg’ona Don maxsulotlariǁ OAJ 1994 yil 28 dekabr kuni Davlat mulk
qo’mitasining №784 K-PO sonli buyrug’iga asosan ta’sis etilgan.
―Farg’ona Don maxsulotlariǁ OAJ 635897,7 ming so’mlik Nizom
jamg’armasiga ega va unda 2119659 dona oddiy aktsiyasi bo’lib, har bir aktsiya
qiymati 300 so’mni tashkil qiladi. Jamiyatning mulkida Davlat ulushi 51 foiz,
mehnat jamoasi ulushi 5,13 foiz,
erkin sotuvdagi ulushi esa, 43.87 foizni tashkil
qiladi.
Jamiyatning asosiy ishlab chiqarish faoliyati un va omuxta yem maxsulotlari,
non va bulka maxsulotlari,qandolat maxsulotlari, makaron maxsulotlari ishlab
chiqarishga qaratilgan.
Jamiyatning boshqaruv organi – Aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi bo’lib,
uning vakolatlariga Nizomnm tasdiqlash, yillik hisobotlarni, olingan daromadlarni
19
taqsimlash kabi vakolatlar kiradi. Umumiy yig’ilishlar orasida Jamiyat Kuzatuv
Kengashi tomonidan boshqariladi.
Dostları ilə paylaş: