Labaratoriya ishi almashlab ekish



Yüklə 18,38 Kb.
səhifə1/2
tarix13.10.2023
ölçüsü18,38 Kb.
#127339
  1   2
13-labaratoriya


13-LABARATORIYA ISHI
ALMASHLAB EKISH
Mashg‘ulot maqsadi Almashlab ekishning ahamiyati, mazmuni, almashlab ekish rotatsiyasi, tizimlari bilan tanishishdan iborat.
Kerakli jihoz va materiallar: Almashlab ekish tizimlari, hisoblash mashinalari, ma’lumotnomalar, almashlab ekishga doir jadvallar, plakatlar.
Mashg‘ulot mazmuni. Almashlab ekish tizimlarini belgilashda asosiy ko‘rsatkich xo‘jalikning yo‘nalishi, mahsulot yetishtirish shartnomaviy rejasidan tashqari, tuproqning sho‘rlanish darajasi ko‘proq e’tiborga olinadi. Bundan tashqari, tuproq unumdorligi, maydonning meliorativ va sanitariya holati, chorvachilikni mustahkam yem-xashak bilan ta’minlash kabi ko‘rsatkichlar ham hisobga olinishi kerak.
Ishni bajarish tartibi. Almashlab ekish deb ekinlarning ilmiy asosda dalalar va yillar bo‘yicha navbatlab ekilishiga aytiladi. Rotatsiya yoki almashlab ekish davri deb har qaysi ekin navbati bilan barcha dalalarda ekilib o‘tilishiga aytiladi. Almashlab ekishning samaradorligi o‘tmishdosh ekinni to‘g‘ri tanlashiga bog‘liq. Respublikamizda uzoq yillar almashlab ekish, asosan, beda va g‘o‘za asosida olib borildi. Chunki beda o‘simligi katta agrotexnik va xo‘jalik ahamiyatiga egadir. U hatto sho‘rlangan yerlarning meliorativ holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Paxta-beda almashlab ekishda tuproq-iqlim sharoitiga qarab quyidagi tizimlari qo‘llanilgan: 3:7 (10 dalali); 3:6 (9 dalali); 3:5 (8 dalali); 3:3 (6 dalali) va hokazo. Bunda birinchi raqam beda, ikkinchi raqam g‘o‘zani 72 ifodalaydi. Hozirgi vaqtda paxta-g‘alla almashlab ekish joriy qilinmoqda. Bunda 1:1 (2 dalali); 1:2 (3 dalali); 1:3 (4 dalali) tizimlari qo‘llanilmoqda (1-jadval). Bu tizimda birinchi raqam g‘alla, ikkinchi raqam g‘o‘zani bildiradi. Tizimda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda qo‘shimcha mahsulot yetishtirish uchun donli ekinlardan keyin takroriy ekinlar kiritilishi shart. Takroriy ekin sifatida dondukkakli, qator orasi ishlanadigan makkajo‘xori, kartoshka va sabzavot hamda siderat ekinlaridan (R.Oripov, Yu.Ch.Kenjayev, A.L.Sanaqulov, 2011; K.M.Mo‘minov, K.F.Haydarov, 2012) foydalaniladi. Paxta-g‘alla almashlab ekishda yozda g‘alladan bo‘shagan maydonlarda raps, gorox, soya, arpa, no‘xat va ularning aralashmalarini ekib, yetishtirilgan massani kuzda tuproqqa haydab yuborish orqali tuproq unumdorligi va g‘o‘za hosildorligini oshirishning ilmiy-amaliy asoslari ishlab chiqilgan (B.Xolikov, R.Tillayev, 2007; R.Oripov, Yu.Ch.Kenjayev, A.L.Sanaqulov, 2012).



Yüklə 18,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə